Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari tushuncha, hukm

DO`STLARGA ULASHING:

Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari: tushuncha, hukm
Reja:
1. Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning o‘zaro aloqasi.
2. Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
3. Xukm tarkibi va uning asosiy turlari.
4. Xukmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
1. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab xam belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, obyektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Nihoyat, predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun, vaqt o‘tishi bilan uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamza Hakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‘lmaydi. ×unki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spetsifik beliglar bo‘lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqoza qiladi. ×unki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir.
Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «tarix fakulteti», «O‘zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
Shuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi.
Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo‘lish» belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
2. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Yer planetasi», «O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo‘lmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o‘rganmoqda» degan fikr O‘zMUning har bir talabasiga tegishli. Demak, «O‘zMU talabalari» tushunchasi bu yerda ayiruvchi tushunchadir.»O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «O‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to‘plamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» — ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» — esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to‘plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
Obyektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish . Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«I.A. Karimov», «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko‘rsatish mumkin.
A-I.A. Karimov.
V-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A-Sportchi .
V-Talaba.
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.
Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy harakterga egadir. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «Foya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jixatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V-Mantiq.
S-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A-Odam A
V-Baland bo‘yli odam.
S-Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan,
A A
A-Odam.
V-Baland bo‘yli odam.
S-Baland bo‘yli emas o dam.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin
Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar quyidagilardan iborat:
1. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish.
2. Tushunchalarni bo‘lish. Klassifikatsiya (turkumlash).
3. Tushunchalarni ta’riflash. Ta’riflashga o‘xshash usullar.
4. Sinflar ustida amallar.

3. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot-bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.

Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega-subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini vantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir»-tasdiq hukm, «Matematika ijtimoiy fan emas»-inkor hukm. Miqdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo‘linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
Yakka hukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har bir inson baxtli bo‘lishni hohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. ×unki har ikki hukmda ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S-P emas»bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko‘ra o‘zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va P) to‘liq yoki to‘liqsiz hajmda olingan bo‘ladi. Termin to‘liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo‘ladi:
1. A — Umumiy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik mavjudotdir».
Bu hukmning subyekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma»-umumiylik kvantori. Bu hukmning subyekti to‘liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm).
P
S S P
1-rasm 2-rasm
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm).
2. Ye – Umumiy inkor hukmlarning subyekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
S P 3-rasm
3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).
4-rasm S P
Yana bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik kvantoridir. Hukmda subyekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi subyektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-rasm).
S
P
5-rasm.
4. O – Juz’iy inkor hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning subyekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).
P
6-rasm
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz’iy hukmlarning subyekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R  S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi sxema orqali yaqqol ifodalash mumkin. Bunda «+» – to‘liq hajmni, « » to‘liqsiz hajmni bildiradi.
Hukm turlari
Bel-gisi Hukmning formulasi Terminlar hajmi Terminlarning munosabati
Formal mantiqda Matematik mantiqda S P
Umumiy tasdiq hukm A Hamma S-P
S a P x(S(x)P(x)) +  SP
Umumiy inkor hukm Ye Hech bir S–P emas
S e P x(S(x)
+ + SP
Juz’iy tasdiq hukm I Ba’zi S–R
S i P x(S(x)  P(x)) —  SP
Juz’iy inkor hukm O Ba’zi S–P emas
S o R x(S(x) 
— + SP
Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.
Masalan: «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik xayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining o‘zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi.
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o‘qituvchisi gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim ba’zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini o‘rganadilar» (juz’iy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar.
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi) ni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin.
Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir.
3. Murakkab hukmlar. Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar… unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1.»Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi». 2.»A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan. Ikkinchi hukmda bir xil subyektga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. O‘zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «biroq», kabi bog‘lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar kon’yunksiya belgisi, «« orqali ifodalanadi.
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm»pq formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa, xato bo‘ladi. Masalan, «Yolg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy gap «Yolg‘on gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmaganligi uchun, bu hukm chin bo‘lmaydi.
p q p  q
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
xato
xato
Ayiruvchi (dizyunktiv) xukm deb «yo», «yoki», «yohud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» — dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm (pq) formulasi bilan, qat’iy dizyuktiv hukm for-mulasi bilan belgilanadi. Diz’yunktiv hukmlarning chin bo‘lish shartlari quyidagicha:
p q r  q p q
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
chin
chin
xato chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato xato
chin
chin
xato
«H.H. Niyoziy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy dizyunktiv hukm. «Abdullayev musobaqada yo yutadi, yutmaydi». Bu qat’iy dizyunktiv hukm.
Shartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar… unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Hodisa uchun yetarli bo‘lgan shart deb, har safar shu shart bo‘lganda, o‘sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan: «Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi». Shartlar «yetarli, lekin zaruriy bo‘lmagan», «zaruriy lekin yetarli bo‘lmagan», «zaruriy va yetarli» bo‘lishi mumkin. Masalan: N sonining ikki va uchga bo‘linishi uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy va yetarli shart hisoblanadi. N sonining ikkiga bo‘linishi, uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan shartdir. N sonining o‘nga bo‘linishi, uning ikkiga bo‘linishi uchun yetarli, lekin zaruriy bo‘lmagan shartdir.
Shartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli hukmning «Agar» va «unda» so‘zlari oralig‘idagi qismi – asos, «Unda» so‘zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. «Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmida «Yomg‘ir yog‘sa» hukmi asos, «uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi
Shartli (implikativ) hukmlar «agar … unda» mantiqiy bog‘lamasi () belgi bilan ifodalanadi. Xozirgi zamon mantiq ilmida esa () simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Shartli hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi — antetsedent, natijasi-konsekvent deyiladi. Implikativ hukm antetsedent-chin, konsekvent-xato bo‘lgan holatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi:
p q pq
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
chin
chin
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar … unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. Masalan:» Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog‘lovchisi () simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent hukmning chin bo‘lish shartlari quyidagicha:
p q pq
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
xato
chin
4. Hukmlar (mulohazalar) o‘rtasidagi munosabatlar
Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalr kabi taqqoslanadigan (umumiy subyekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontra-diktorlik) munosabatida bo‘ladi. Mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi munosa-batlarning sxematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi.
A kontrar Ye kontradiktor
b b
o‘ o‘
y y
s s
i i
n n
i i
sh sh
I subkontrar O
Masalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq mulohaza (hukm). Ye, I, O ko‘rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:
Ye. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega.
O. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan mulohaza (hukm) lar bo‘lib, ular o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjuddir.
Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm)lar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza (hukm) chin, Ye – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohaza (hukm) lar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, Ye – mulohaza (hukm) xatodir.
Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysinish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo‘ysindiruvchi, juz’iy mulohaza (hukm) lar bo‘ysinuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysinuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo‘ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo‘lsa ularga bo‘ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda Ye – mulohaza (hukm) xato bo‘lgani uchun, O – mulohaza (hukm) ham xato bo‘ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz’iy hukmlar chin bo‘ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta chin bo‘ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo‘lgani uchun, I – mulohaza (hukm) chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni» mulohaza (hukm) lari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohaza (hukm) lardir.
Hukmlarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega.
Tayanch tushunchalar
1. Tushuncha – buyumlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli.
2. Analiz – tadqiq etiluvchi obyektni fikran tarkibiy qismlarga ajratish usuli.
3. Sintez – narsa va hodisalarni yaxlit, butun holda olib, ularning tarikibiy qismlarini o‘zaro bir-bir bilan bog‘lab tekshirish usuli.
4. Kategoriya – tushunchaning maxsus turi. Kategoriya buyumlar munosabati va bog‘lanishlarini inson ongida eng umumiy tarzda in’kos ettiradigan ilmiy tushunchadir.
5. Definitsiya – tushunchalarni ta’riflash.
6. Klassifikatsiya – tasnif, turkumlash, bu bo‘lishning eng mukammal shaklidir.
7. Subyekt – hukmning egasi. (S), hukmning birinchi tushunchasidir.
8. Predikat – hukmning kesimi (R), hukmning ikkinchi tushunchasidir.
9. Kon’yunktiv hukm – birlashtiruvchi hukmlardir.
10. Diz’yunktiv hukm – ayiruvchi hukmlar.
11. Implikativ hukm – shartli hukmlar.
Takrorlash uchun savollar
1. Tushuncha qanday mantiqiy usullar yordamida hosil qilinadi?
2. Tushunchalar o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud?
3. Tushunchalar bilan olib boriladigan qanday mantiqiy amallarni bilasiz?
4. Hukm nima va u qanday strukturaga ega?
5. A, E,I,O hukmlarda terminlar qanday hajmlarda bo‘ladi ?
6. Murakkab hukm deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari mavjud?
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar va tavsiyalar
1. Tafakkurning asosiy shakllarining strukturasi va turlariga oid materi-allarni puxta o‘zlashtiring Ularning har biriga misollar keltiring.
2. Tushuncha, hukm, xulosa chiqarishning asosiy turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro aloqadorligini tushunib oling.
3. Tushuncha, xukm, xulosa chiqarishning har bir turiga misollar keltiring.
4. Xulosa chikarishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang va ilmiy induksiyaning mohiyatini tushunib oling.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2003.
2. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident Islom Karimovning 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2010 yil 30 yanvar.
3. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi to‘g‘risida to‘g‘risida Axborot. 2010 yil 28 yanvar.
4. O‘zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. «Xalq so‘zi», 2009 yil 6 dekabr.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T.: O‘zbekiston, 2009.
6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T., «Ma’naviyat», 2008.
7. Karimov I.A. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. T., «O‘zbekiston», 2007.
8. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston, 2005.
9. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T., «O‘zbekiston», 2005.
10. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T., «O‘zbekiston», 2005.
11. Aflotun. Qonunlar. -T.: Yangi asr avlodi, 2002.
12. Bor M.Z. Osnovi ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizatsiya metodika. M., «DIS», 1998. 144 s.
13. Bocharov V.A., Markil V.I. Osnovi logiki: Uchebnik. -M.: FORUM: INFRA. 2005. -336 s.
14. Voyshvilo Ye.K., Degtyarev M.G. Logika. -M.: Vlados, 1998.
15. Gorskiy D.P., Ivin A.A., Nikiforov A.A. Kratkiy slovar po logike. -M.: Vlados, 2000.
16. Getmanova A.D. Logika (slovar i zadachnik) — M.: Vlados, 1998.
17. Degtyarov M.G., Xmelevskaya S.A. Logika. -M.: «PЕRse», 2003.
18. Djek Traut. «Novoye pozitsitonirovaniye. Seriya «Teoriya i praktika menedjmenta». Spb. «Piter», 2000. 192 s.
19. Yerina Ye.B. “Logika: Uchebnoye posobiye. -M.: Izd-va, RIOR, 2006. -112 s.
20. Ivin A.A., Nikifirov A.L. Slovar po logike. -M.: Vlados, 1998.
21. Ivlev Yu.V. Logika: Uchebnik. 3-ye izd. Pererab. i dop. M.: TK Velbi, Izd-vo. Prospekt. 2006. -288 s.
22. Kurbatov V.I. Logika. -Rostov-na-Donu. Feniks, 1997, II razdel “Teoriya i praktika argumentatsii”.
23. Nikifirov A.L. Logika. –M.: Ves mir, 2001.
24. Mahkamov J., Qudratova U., Bahodirov O. Mantiq. –T., 2005.
25. Minto V. «Deduktivnaya i induktivnaya logika». SPb. TIT «Kometa», 1995. 464 s.
26. Svetlov V.A. Prakticheskaya logika. SPb. «MIM», 1997. 576 s.
27. Skorik U.D. Logika v sxemax. –M.: Prometey, 2004.
28. Skirbekk G., Gils N. Falsafa tarixi. -T.: Sharq, 2002.
29. Troyanovskiy V.M. Logika v menedjmente. -M.: Izd. RDL, 2001, 240 str.
30. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq. Ma’ruzalar matni. -T., 2000.
31. Sharifxo‘jayev M., Abdullayev Yo. Menejment: 100 savol va javob. -T.: Mehnat, 2000.
32. Falsafa qomusiy lug‘at. -T.: Sharq, 2004.
33. Qudratova U. «Mantiq» fani bo‘yicha testlar va mustaqil ishlash uchun mashqlar to‘plami. T., TDIU, 2009.
34. «Haqiqat manzaralari» 96 mumtoz faylasuf. -T.: Yangi asr avlodi, 2002.
35. www.gov.uz.
36. www.press-service.uz.
37. www.bilim.uz.
38. www.philosophy.ru.
39. www.filosofiya.ru.
40. www.philosophy.nsc.ru.
41. http//philosophy.albertina.ru.
42. www.history.ru.
43. www.philosophy.com.

Оставьте комментарий