Vetnamda dam olish

DO`STLARGA ULASHING:

VETNАM
Vetnam – qoyalar toʼgʼridan-toʼgʼri okeandan oʼsib chiquvchi ajoyib tabiatga ega, tropik orollar soni esa oʼndan oshiq boʼlgan davlat. Dengiz yoqalab uzun chiziq boʼylab choʼzilgan (3000 km dan ortiq) Vetnam ushbu mintaqaning eng yaxshi plyajlarini oʼzida jamlagan. Ularning baʼzilari, misol uchun Fantet oʼzining toʼlqinlari va ajib manzaralari bilan dong taratgan. Nyachang esa rivojlangan infratuzilma va yuqori darajali servis xizmatiga ega oilaviy kurortni oʼzida mujassam etadi. Shuningdek, togʼli Danang, Fukuok tropik oroli va Xoshimin megapolisi – janubi-sharqiy ekzotikani xush koʼruvchilar uchun gʼoyat keng tanlov. Vetnam iqlimi harorat koʼrsatkichlari boʼyicha subtropik va tropik. Bu yerda yorqin ajralib turuvchi yoz yoki kuz fasllari yoʼq, oʼrtacha harorat +25 +27 °S atrofida boʼlib, mavsumlar shamol yoʼnalishi va u tomonidan olib kelinuvchi havo massalari orqali aniqlanadi. Shuning bilan birga Vьetnam uch iqlim rayonlariga boʼlinishini yodda tutish zarur: Shimoliy, Markaziy va Janubiy.

Janubda yomgʼirlar mavsumi maydan oktyabrgacha boʼlgan muddatga toʼgʼri keladi, quruq mavsum esa – noyabr-aprel. Janubiy Vetnamda yomgʼirlar mavsumi nisbiy tushuncha boʼlsa ham, yogʼingarchilik bor-yoʼgʼi 20–30 daqiqa davom etishi mumkin, boshqa vaqtlarda esa quyosh charaqlab turadi. Shu sababli janubiy kurortlarda (xaritada Danangdan pastda boʼlgan barcha hududlar) yil boʼyi hordiq chiqarish mumkin.

Shimol va Markazda vaziyat biroz oʼzgacharoq. Markaziy Vetnam ob-havosiga mussonlar kuchli taʼsir oʼtkazadi: oktyabrdan noyabrga qadar kuchli yomgʼir yogʼadi, qishda havo ancha sovib ketadi, shunga koʼra bu mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay muddat apreldan sentyabrgacha. Shimoliy kurortlarda dam olishni mavsumlar tutashuvi – bahor yoki kuz fasllariga moʼljallagan maʼqul, boisi yozda yomgʼirlar mavsumi boshlanadi, qishda esa ob-havo +15 °S dan pasayadi. Shunday qilib, Vetnamda yil boʼyi dam olish mumkin. Аsosiysi, toʼgʼri yoʼnalishni tanlash!

12 комментариев к “Vetnamda dam olish”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  3. Уведомление: garage door repair

  4. Уведомление: website

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  7. Уведомление: my latest blog post

  8. Уведомление: Buy Albino Penis Envy Mushrooms For sale Maryland,

  9. Уведомление: cannabis dispensary mississauga

  10. Уведомление: 토렌트

  11. Уведомление: Psilocybin mushroom

  12. Уведомление: https://www.grebgreb.rs/Culture/ChangeCulture?lang=sr-Cyrl-RS&returnUrl=https://boikhuco.co.za/

Комментарии закрыты.