Yagona maktab formasiga qanday talablar qo‘yilgan?

DO`STLARGA ULASHING:

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartibda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
❗️Yagona maktab formalarining shakllari quyidagicha bo‘lishi lozim:

 

❕1-6 SINFLAR UCHUN:
👉Ko‘ylak oq, 100% paxtadan oddiy klassik bichimda, yengi kalta variantda ham tikiladi.
👉Nimcha ko‘k, ko‘k katak 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. O‘g‘il bolalar nimchasining old tarafida ko‘k katak matodan foydalaniladi. Qiz bolalar nimchasining yonida yolg‘on cho‘ntak tikiladi.
👉Shim ko‘k, 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida cho‘ntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
👉Yubka ko‘k katak 65% paxta, 35% poliesterdan trapetsiya shaklida tikiladi va yon qismida to‘rtta yig‘ma bo‘ladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
👉Yengil kurtka ko‘k, 65% paxta, 35% poliesterdan erkin bichimda tikilib, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida cho‘ntaklari bo‘lishi lozim.

 

❕7-11 SINFLAR UCHUN
👉Ko‘ylak oq, 70% paxta, 30% poliesterdan klassik uslubda tikilib, yengi uzun va kalta variantlarda ham tikiladi.
👉Nimcha to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. O‘g‘il bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud bo‘lishi kerak.
👉Shim to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida cho‘ntaklari bo‘lishi lozim. Shim kiyib yurilganda oyoqning to‘pig‘i yopiq holatda bo‘lishi ta’minlanishi shart.
👉Yubka to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan, tizzadan yuqori bo‘lmagan, klassik uslubda tikiladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini to‘liq yopishi va tizzadan pastga ko‘pi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
👉Pidjak to‘q ko‘k, 45% paxta, 55% poliesterdan, klassik uslubda tikilib, relef vitochkalari va cho‘ntaklari bo‘lishi lozim.

Оставьте комментарий