Hayit namozi vaqtida ado etish tavsiya qilingan Zuho namozini o’qish tartibi

DO`STLARGA ULASHING:

Hanafiy mazhabining mo»tabar fiqhiy manbalaridan biri bo’lmish “Majma’ul anhur” kitobida shunday deyiladi:
اعْلَمْ أَنَّ صَلَاةَ الْعِيدِ قَائِمَةٌ مَقَامَ الضُّحَى فَإِذَا فَاتَتْ بِعُذْرٍ يُسْتَحَبُّ
أَنْ يُصَلِّيَ رَكْعَتَيْنِ أَوْ أَرْبَعًا وَهُوَ أَفْضَلُ
ya’ni: “Ma’lum bo’lsinki, hayit namozi Zuho (choshgoh) namozining o’rniga qo’yilgan. Qachonki, hayit namozi biror uzr sababli o’qilmay qolsa, ikki yoki to’rt rakat nafl namoz o’qish mustahab bo’ladi. To’rt rakat o’qigan afzal”.
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020 yil Ramazon hayitini nishonlash to’g’risidagi bayonotida yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak bo’yi ko’tarilgandan keyin o’z xonadonlarida to’rt rakatli nafl namozi o’qishlari tavsiya qilindi.
Shundan so’ng musulmonlar idorasining rasmiy saytida zuho (choshgoh) namozi va uni o’qish tartibi bayon qilindi.
Quyida 24 may kuni ertalab hayit namozi o’rniga uyda o’qiladigan nafl (zuho) namozi qanday o’qilishi ko’rsatilgan.
Nomlanishi: Zuho namozi manbalarda turli nomlar bilan zikr qilingan bo’lib, ko’proq “Ishroq namozi”, “Shuruq namozi”, “Avvobiyn namozi” va “Choshgoh namozi” deb yurtiladi.
Hukmi: Zuho namozini ado etish nafl amal sanaladi. Nafl deb, kishini o’z ixtiyori bilan farzga qo’shimcha tarzda bajaradigan amaliga aytiladi. Ya’ni, Zuho namozi – bir kunda besh mahal ado etilishi majburiy bo’lgan farz namozlarini to’ldiruvchi, ixtiyoriy suratda ado etilsa, ulkan savob bo’ladigan namoz hisoblanadi.
Vaqti:
– Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo’yi ko’tarilganda, ya’ni quyosh chiqqandan taxminan 20 daqiqa keyin boshlanadi.
– Oxirgi vaqti esa kun tikkaga kelgan vaqtdan bir soat avvalgi vaqtgacha hisoblanadi. Ushbu ikki vaqt oralig’ida Zuho namozini ado etish mumkin.
Rakatlari soni: Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgacha o’qish mumkin. Eng afzali to’rt rakatdan o’qishdir. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ko’proq to’rt rakatdan o’qiganlari Oisha raziyallohu anhodan naql qilingan. Zuho namozida ma’lum suralarni o’qish shart qilinmagan. Ushbu namoz ovoz chiqarmasdan maxfiy, yolg’iz holatda o’qiladi
FazilatiZuho namozining fazilatiga doir ko’plab hadisi shariflar vorid bo’lgan. Jumladan, Muoz ibn Anas al-Juhaniy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod namozini o’qib bo’lganidan keyin namoz o’qigan joyida to zuho namozini o’qiguncha o’tirsa, faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo’lsa, uning xatolari, agar dengiz ko’pigidan ko’p bo’lsa ham mag’firat qilinadi”, deganlar” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim zuho namozini bardavom o’qisa, uning gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham mag’firat qilinadi”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyatlari).
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Sizlarning har bir a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz – sadaqa, har bir hamd aytishingiz – sadaqa, har bir tahlilingiz (“La ilaha illalloh”, deyishingiz) – sadaqa, har bir takbiringiz – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat zuho namozini o’qishingiz kifoyadir”, – dedilar (Imom Muslim rivoyatlari) 
Zuho namozini o’qish tartibi:
Namozga kirishish:
– Namozni boshlashdan avval quyidagicha niyat qilinadi: “To’rt rakat zuho namozini xolis Alloh uchun o’qishni niyat qildim”.
– Keyin ikki qo’lni quloqning yumshoq joyiga olib borib, “Allohu akbar” deb namozga kiriladi.
– Keyin qo’llar tushirilib, kindik ostida bog’lanadi.
Birinchi rakat:
– Qo’llar bog’langandan keyin quyidagi “Sano” duosini o’qiydi: “Subhaanakallohumma vabihamdika vatabaaro kasmuka vata’aalaa jadduka valaa ilaaha g’oyruk”.
– So’ng “A’uzu” va “Bismillah”ni aytib, “Fotiha” surasini o’qiydi.
– Keyin “omiyn” deydi.
– So’ngra o’zi yaxshi bilgan bir surani zam sura sifatida o’qiydi.
– Keyin “Allohu akbar” deb, ruku qiladi.
– Rukuda uch marta “Subhaana robbiyal ‘azim”, deyiladi.
– So’ngra “Sami’allohu liman hamidah”, deb boshini rukudan ko’tarib, yana tik turiladi.
– Keyin “Robbanaa lakal hamd”, deb biroz tik turadi
– Keyin “Allohu akbar” deb sajdaga boradi. Sajdada uch marta “Subhana robbiyal a’laa”, deydi.
– Sajdadan “Allohu akbar” deb qaytib, xotirjam holatda, qo’llarini sonini ustiga qo’yib o’tiradi
– Keyin yana “Allohu akbar” deb yana bir marta sajda qiladi. Unda ham uch marta “Subhana robbiyal a’laa”ni aytadi.
Keyin “Allohu akbar” deb ikkinchi rakatga turadi.
Ikkinchi rakat:
– Ikkinchi rakat ham birinchisi kabi bo’ladi. Faqatgina ikkinchi rakatda “Sano” o’qilmaydi, “A’uzu” aytilmaydi.
– Namozxon ikkinchi rakatda ikki marta sajda qilib bo’lgandan keyin o’tiradi va “Attahiyyat” duosini o’qiydi.
– Keyin “Allohu akbar” deb uchinchi rakatga turadi.
Uchinchi rakat:
– Uchinchi rakatda ikkinchi rakatda nima qilgan bo’lsa shuni bajaradi.
– Uchinchi rakatning ikki marta sajdasidan keyin o’tirmasdan to’rtinchi rakatga turadi.
To’rtinchi rakat:
– To’rtinchi rakatda uchinchi rakatda nima qilgan bo’lsa, shuni qiladi.
– To’rtinchi rakatning ikki sajdasini bajargandan keyin o’tiradi va “Attahiyyat” duosini o’qiydi.
– Keyin “Allohumma soli ‘alo…” va “Allohumma borik ‘alo…” salavotlarini o’qiydi.
– Mazkur ikki salavotdan keyin “Allohumma mag’firli…” yoki “Robbanaa aatinaa fid dunya…” duolaridan birini o’qiydi.
– Keyin avval o’ng yelkasiga qarab, “Assalamu alaykum va rohmatulloh” deb salom beradi.
– Keyin chap yelkasiga qarab “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, deb salom beradi.
Shu bilan to’rt rakatli zuho namozi ado etilgan hisoblanadi.
2020 yil Ramazon hayiti kunidagi zuho namozini o’qish vaqti
O’zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda Ramazon hayitining birinchi kuni 2020 yil 24 may, yakshanba kuniga to’g’ri kelishi haqida xulosa qilindi.
Shunga ko’ra, 2020 yil 24 may yakshanba kuni Zuho namozi Toshkent vaqti bilan 05:20 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o’qiladi.
Alloh taolo Ramazon hayiti kunidagi Zuho namozimizni barchamizdan qabul aylab, bu kunning sharofati bilan yurtimizni fayzu barakotga to’ldirsin!
Zuho namozining viloyatlarda o’qiladigan vaqtlari
Viloyat
Namoz vaqtlari
1.     
Namangan viloyati
05:10
2.     
Andijon viloyati
05:10
3.     
Farg’ona viloyati
05:10
4.     
Toshkent shahri
05:20
5.     
Toshkent viloyati
05:25
6.     
Sirdaryo viloyati
05:25
7.     
Jizzax viloyati
05:30
8.     
Samarqand viloyati
05:30
9.     
Surxondaryo viloyati
05:30
10. 
Qashqadaryo viloyati
05:35
11. 
Buxoro viloyati
05:40
12. 
Navoiy viloyati
05:40
13. 
Xorazm viloyati
05:55
14. 
Qoraqolpog’iston Respublikasi
06:30
Eslatma: Ushbu jadvalda ko’rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
 
O’zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
Zuxo namozi va uning fazilati
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki oʼn ikki rakaat zuho namozi oʼqisa, Аlloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir».
(Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Tabaroniy, Bazzor va Ibn Аbu Osim rivoyat qilishgan.)
Yuqoridagi hadis quyidagi koʼrinishda ham rivoyat qilingan:
«Kim ikki rakaat zuho namozi oʼqisa, gʼofillardan deb yozilmaydi. Kim toʼrt rakaat zuho namozi oʼqisa, qanoatlilardan deb yoziladi. Kim olti rakaat zuho namozi oʼqisa, u oʼsha kun uchun unga kifoya qiladi. Kim sakkiz rakaat zuho namozi oʼqisa, Аlloh taolo uni obidlardan deb yozib qoʼyadi. Kim oʼn ikki rakaat zuho namozi oʼqisa, u odam uchun Аlloh jannatda bir uy barpo qiladi».
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Menga Xalilim sallollohu alayhi vasallam uch narsani vasiyat qilganlar; har oyda uch kun roʼza tutmoqni, ikki rakaat choshgoh–zuho namoz va uxlashimdan oldin vitr oʼqimogʼimni».
(Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyat qilishgan. Xuddi shu hadisni Аbu Dardoʼ ham rivoyat qilgan.)
Аbu Saʼid al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallollohu alayhi va sallam zuho namozini (baʼzi kunlar) shunday (uzluksiz) oʼqir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Baʼzan esa shunday oʼqimay tashlab qoʼyar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz oʼqimaydilar, derdik».
(Termiziy va Аhmad rivoyat qilganlar. Termiziy hasan-gʼarib deganlar.)
Zuho namozi necha rakaat?
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki ikki rakaat zuho namozini muntazam oʼqisa,
gunohi dengiz koʼpiklaricha boʼlsa ham, kechirilgaydir».
(Termiziy, Ibn Moja, Аhmad va Ishoq rivoyat qilganlar.)
Аbu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bir aʼzoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz– sadaqa, har bir hamd aytishingiz–sadaqa, har bir tahlilingiz («La ilaha illalloh», deyishingiz)–sadaqa, har bir takbiringiz–sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz–sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz–sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namoz oʼqishingiz kifoyadir», — dedilar.
(Imom Muslim rivoyatlari.)
Zuho namozi bu namoz 360 sadaqaga tengdir.
Insonning jisimi 360 boʼgʼindan iborat boʼlib, insonga bu neʼmatlarning shukronasi oʼlaroq har kuni 360 sadaqa qilish lozim boʼladi.
Choshgoh namozi ana oʼsha shukronani ado etishga kifoya qiladi.
Zuho namozining vaqti quyosh toʼla chiqqandan taxminan 3 soat oʼtgach boshlanadi va peshin vaqtidan 10-15 daqiqa avval (bu vaqtda quyosh tikkaga keladi va namoz oʼqish makruh sanaladi) tugaydi. Eng afzal vaqti – peshin vaqti kirishidan 30-45 daqiqa avvalgi vaqtdir.
«Kulla» jomeʼ masjidi Imom-xatibi: M. Аshurov
masjid.uz/imomlar-ijodidan/2412-zuxo-namozi.html

16 комментариев к “Hayit namozi vaqtida ado etish tavsiya qilingan Zuho namozini o’qish tartibi”

  1. Уведомление: Renatinha Mello Camera Prive Tv

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: psilocybe cubensis ohio​

  4. Уведомление: Rust cheats

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: edible weed gummy bears

  7. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  8. Уведомление: Devops development consulting

  9. Уведомление: remanufactured ammo for sale online​

  10. Уведомление: PDP

  11. Уведомление: Alexa Nikolas lies

  12. Уведомление: buy stoeger guns

  13. Уведомление: ufabet911

  14. Уведомление: hop over to this website

  15. Уведомление: mooie blote borsten

  16. Уведомление: Tankless Water Heater Installation Plumbers Near Me

Комментарии закрыты.