9-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari

DO`STLARGA ULASHING:

Xalq  ta’limi  vazirligi
Respublika  ta’lim  markazi
 
 
 
 
 
 
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING 9-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT” MASHG`ULOTLARINI TASHKIL
ETISH BO`YICHA METODIK QO`LLANMA
(SINF RAHBARLARI UCHUN)
  
 
 
Toshkent -2013
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:           Qurbonova Marhabo – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Tarix, milliy istiqlol g`oyasi fanlari o`qituvchisi
M.Omonova Respublika Ta`lim markazi bosh metodisti
Taqrizchilar:     
Z.Arinova – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “Rus tili” fani o`qituvchisi
D.Norqobilova – Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 48-sonli umumta’lim maktabi “Ona tili va adabiyoti” fani o`qituvchisi
 Tushuntirish xati
Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam  insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining  zamirida tarbiya yotadi.
                                                                                                      Islom Karimov
O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori  asosida o`quv rеjada o`quv yuklama  5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib,  intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.
Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf rahbari — Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch
pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining
amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan  “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlari va milliy qadriyatlarimizga hurmat, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, so‘zlashuv va muomala odobi, kitobni sevish, yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini  o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish bilan bir qatorda, kasb tanlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, maqsad bitiruvchilarni kasb tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
  1. Kirish;
  2. Asosiy sism: ma’ruza, guruhlar ishi
  • Yakuniy qism.
Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mymkin.
Beruniyning ma’rifiy qarashlari.
Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan, odatlangan  va ko`pchilikka ma’qul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar.
 Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida:
   Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z  aksini topadi deb tushungan.
 Ibn Sino ona-Vatani Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi  deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan.
Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida:
  Tarbiya jarayoni,  tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo`naltirilishi lozim, chunki “har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.
   “Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo`lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi”.
  Yusuf Xos Hojib  ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib, ularni ogohlantiradi.
Mirzo Ulug`bek  mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning  madrasasida o`qigan shogirdlar bu yerdagi har bir tadbirda, binoni tozalash, ko`kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar.
Alisher Navoiy  o`qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi kishigina deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo`lishi kerak, deb hisoblardi. U ilm bilan odobning birga olib borilishini  va o`qituv protsessida odob berilishini ta’kidlab o`tadi.
Abdulla Avloniy  badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.
                                                                  9-sinf
O`tiladigan mavzular
Soati
O`tish vaqti
1.
 Mustaqil  O`zbekiston farzandlarimiz
1
2.
Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir (Iqtisod fani oyligi doirasida)
1
3.
9-sinf bitiruvchisi AL haqida ma’limotga egami?
1
4.
Mobil etiketi. Telefonda so`zlashuv madaniyati
1
5.
Kasblar ichida eng ulug`i… (1 oktyabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
1
6.
 Shirin so`z jon ozig`i (filologiya fanlari oyligi doirasida). O`qituvchilik kasbi haqia
1
7.
 Kasb-hunar kollejining qaysi yo`nalishini  tanlasam ekan?
1
8.
Til fikr libosidir (O`z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
1
9.
 O`quvchilar bilan “Men orzu qilgan kasb” mavzusida davra suhbatlari
1
10.
Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida)
1
11.
Globallashuv va uning oqibatlari
1
12.
 Birinchi so`rovnoma AL va KHK (9-sinf bitiruvchilari uchun)
1
13.
Huquqshunos bo`lmoqchiman. (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
1
14.
Xalqimiz buyuk – ma’naviyat egasi. (MIG` fani oyligi doirasida)
1
15.
Kasbim-faxrim
1
16.
 “Oilada o`g`il va qiz bolani biron bir kasb-hunarning egasi bo`lishi shartmi?”
1
17.
 Harbiy bo`lish mening orzuim (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
1
18.
Ulug` ajdodlarimiz merosini chuqurroq o`zlashtirish (Tarix fani oyligi doirasida)
1
19.
Kasb ila elda e’zoz topganlar
1
20.
Buyuklarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
2
21.
Fan-texnika taraqqiyoti va biz (matematika, informatika  fanlari oyligi doirasida)
1
22.
Ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish bo`yicha tavsiyalar
1
23.
Mehrim sizga atalgan! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
1
24.
Tabiiy fanlarni o`rganamiz  (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida)
1
25.
Milliy urf-odatlarimiz va zamonaviy an’analarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan)
1
26.
Xalq yaratgan daho (Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)
1
27.
Hunarli kishi xor bo‘lmas
1
28.
Ogohlik davr talabi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan)
1
29.
Chekmasdan hayot gashtini sur!
1
30.
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan)
1
31.
Tarjimonlik kasbi haqida (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida)
1
32.
Kutubxonalar – insoniyat barcha ruhiy boyliklarining durdonasi
1
33.
 Oq yo`l, аziz bitiruvchilar!
1
Jami:
34 soat
 
1-mavzu: Mustaqil O`zbekiston farzandlarimiz.
Kun shiori: “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, O`zbekiston yagona Vatan ekanligini, O`zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Mustaqil O`zbekistonim, ozodlik va obodlik senga yarashur! ”.
 
   O`qituvchi:
   Ona zamin og`li, oddiy insonman,
   Ojiz bandasiman Qodir egamning,
   Siz kabi olamda bir tirik jonman,
   Mehnatdan topganman rizq – nasibamni.
                         Birlik deb yashadim, hurlikni istab,
                         Haqiqat yo`lida tikkanman jonni!
                         Yurmadim begona yurtlarni qo`msab,
                         Ka’bam deb atadim tug`ilgan joyni!
Shukur, jon tanim bor – o`z Vatanim bor,
Alishmam hech mulkka qadr, erkimni,
Qaniydi bir umr bo`lsaydim baxtiyor,
Ozod ko’rgim kelar mangu xalqimni.
                                              O’zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev
O’z kindik qoni to’kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g’urur va iftixori yuksak bo’ladi.
         Bu dunyoda har bir odam to’q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxt-u kamolini ko’rish orzusi bilan yashaydi.
         Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning pirovard maqsadi — odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo’q, deb o’ylayman.
    Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar — tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayotni o’z kuchi, o’z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo’lgan mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning  ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash  egalari qilib tarbiyalashdan iborat.
                                                                      (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
           Buyuk eding buyuk bo`lib qol.
      Seni kutar baxtli istiqbol,
      Yuksaklarni quchganingda ham.
       Sharqda mash’al, suyuk bo`lib qol,
                          Jahon uzra noming yoyilsin.
                          Qardoshlaring qatori to`liq,
                          Dushmanlaring ko`zi o`yilsin.
                          O`zing mening jonu jahonim,
                          Ona yurtim – O`zbekistonim.
                          *    *         * *            *     *
       Porlayversin ko`kda quyoshing,
       Omon bo`lsin shu aziz boshing.
       Tinchlik, mehnat bo’lsin shioring,
       Yuz minglardan oshganda yoshing.
                          Gulla, yashna, iqboling kulsin,
                          Xirmonlaring hosilga to`lsin.
                          Shu muqaddas, go`zal zaminga,
                          Faqat fayzu-barokat kelsin.
                          Balqir mening davru-davronim,
                              Ona yurtim – O`zbekistonim
                                                                          Komil Sindarov
Topshiriq: 
20 yildan so’ng
Ertaga
Bugun
Kecha
Mustaqil O`zbekiston
farzandlari
 
2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir (Iqtisod fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Islohat – islohat uchun emas, avvalo inson uchun ,uning farovon hayoti uchun
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, taraqqiyotimiz rivojlanishiga har birimiz mas’ul ekanligimizni  uqtirish .
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari”.
O`qituvchi:
      Ozodlik va mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat boshqa rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash uchun o`ziga xos tiklanish yo`lini bosib o`tishi lozim. Bu yo`l odatda o`sha davlatning milliy tiklanish yoki taraqqiyot yo`li deb ataladi. O`zbekiston ham davlat mustaqilligiga erishgandan so`ng hayotning barcha sohalarida tiklanish va islohat jarayonlarini amalga oshirish zaruratiga duch keldi. Prezident Islom Karimov ana shunday zaruratni his qilib, mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyat hayotini isloh etish tamoyillarini ishlab chiqdi. Bu tamoyillar hamma sohalarni tubdan yangilash va bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, demokratik davlat qurishning strategik yo`li sifatida o`zini oqladi va taraqqiyotning o`zbek modeli degan nom bilan butun dunyoda tan olindi. Strategik yo`l degani uzoqqa mo`ljallangan umumiy maqsadni bildiradi.
           O`zbekistonnig strategik yo`li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Mamlakatimiz o`zining ana shu maqsadlariga erishish uchun taraqqiyotning o`ziga xos yo`lini tanladi.
      Taraqqiyot modeli deb, muayyan davlat tomonidan bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiy tuzumga o`tish yoki biron-bir jamiyatdagi umrini o`tab bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish borasida tanlab olingan rivojlanish yo`liga aytiladi.
           O`zbekiston tanlab olingan taraqqiyot yo`li bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o`tishni ta’minlab beradigan taraqqiyot modeliga misol bo`la oladi. Yaponlarning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraqqiyot yo`li esa davlat tuzumi – monarxiyani saqlab qolgan holda, jamiyatdagi hukmron munosabatlarni zamonaviy talablar asosida isloh etish modeliga misol bo`la oladi.
           O`zbek modelining asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya’ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so`ng, umrini o`tab bo`lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kеchib, “o`zbеk modеli” dеb nom olgan taraqqiyot  yo`li ishlab chiqildi.
      Prezident Islom Karimov asoslab bergan jamiyatni isloh etishning quyidagi tamoyili o`zbek modelining mag`zini tashkil etadi.
  1. Iqtisodiyotni mafkuradan holi etish va siyosatdan ustuligini ta’minlash;
  2. Davlat bosh islohotchi;
  3. Qonun ustuvorligini ta’minlash;
  4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
  5. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
        Qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O`zbеkistonda yalpi ichki maxsulotning o`sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining rеal daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo`naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko`paygani, turmush darajasining sеzilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o`limi 2 barobardan ko`pro`, bolalar  o`limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o`rtacha umr ko`rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o`rtacha umr ko`rishi 75 yoshga еtgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
    2008-2010 yillarda dunyoning aksariyat mamlakatlarida ishlab chiqarish pasaygan bir paytda O`zbеkistonda yalpi ichki mahsulotlarning o`sish sur’atlari 2008 yilda 9 % ni, 2009 yilda 8,1 % ni, 2010 yilda 8,3 % ni tashkil etgani, bu yilda ham  8,3%ga еtishi kutilayotganligi xalqaro ekspеrtlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko`payib borayotgani jiddiy xavotir tug`dirayotgan bir paytda O`zbеkistonning tashqi qarzi 10% dan oshmaydi, davlat byudjеti esa so`nggi bеsh yilda profitsit bilan bajarilmoqda. Erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq dеmokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan.
Bu yo`lda biz duch kеlishimiz mumkin bo`lgan shunday bir xavf borki, u ham bo`lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga  mahliyo bo`lib, xotirjamlik kayfiyatiga bеrilish, rеal voqеlikdan uzilib qolish xavfidir. Shunday ekan, bunda barcha soha vakillari oldida turgan asosiy vazifa izlanishda bo`lish va kеchayotgan jarayonlarga doimiy ijobiy ta’sir ko`rsata olishdir.
Topshiriq: “G`oyalar bahsi” mashqi. Bunda o`quvchilar ikki guruhga bo`linadilar. “Eng yaxshi g`oya” tanlovi bo`ladi. Savol esa quyidagicha: Oilada yuksalish va tejamkorlikni kim qanday amalga oshiriladi?
 
3-mavzu: Akademik litsey va kasb-hunar kolleji haqida (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “ O`zbekistonimiz taraqqiyoti va tinchligi uchun birga hamjihat bo`laylik!”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, akademik litsey va kasb-hunar kolleji haqida tasavvurga ega bo`lishligini uqtirish O`zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligini his eta olishini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak”.
                                                                                                        Islom Karimov
O`qituvchi:
     Shu aziz Vatan barchamizniki. Demak, hammamiz aziz Vatanimizni asrab, avaylab yashaylik va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda hammamiz fidoyi bo`laylik.
O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi haqida tushuncha
O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko’nikmalarni talab qiluvchi  ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi.
O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda  kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan.
Bo’lajak mutaxassislarga ta`lim muassasasi va o’zlariga ma`qul kasbni tanlashda yordam berish uchun e`tiboringizga quyidagi kasb-hunar tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini havola qilmoqdamiz.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi
Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib, umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham kasb-hunar ta`limini beradi.
Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni tanlashi mumkin.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta maxsus ta`lim ham berib, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish, yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi.
Akademiyak litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda — gumanitar, tabiiy fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar.
Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o’quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi.
Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni gallashlari mumkin.
Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi.
O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasb-hunar ta`limi berishdir
Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi.
Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi:
  • Uchta bosqichda.
  • Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.
  • O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.
  • O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.
  • Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olganligi haqidagi quyidagi namunada diplom beriladi:
  • Akademiyak litseylar uchun fanlar o’qitilganligini yo’nalishini ko’rsatilgani holda.
  • Kasb-hunar kollejlari uchun mutaxassisligi buyicha gallagan malakasini ko’rsatilgan holda.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari haqida qisqacha statistik ma`lumot
                                                                                        (Internet materiallari)
Topshiriq: O`quvchilardan o`zingiz yashayotgan tumandagi qanday AL va KHK larini bilasiz?
 
4-mavzu: Mobil etiketi, telefonda so`zlashuv madaniyati.
Kun shiori: “Qo`l tеlеfonidan foydalanganda chiqadigan elеktromagnit nurlanishlar foydalanuvchilarning organizmiga salbiy ta’sir ko`rsatishi ma’lum”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, mobil etiketi haqida chiqqan qaror va qonunlarni hurmat qilishni, telefonda gaplashganda milliy tarbiyamizdan kelib chiqib rioya etishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIDA MOBIL TЕLЕFONLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA”
(O`zbеkiston Rеspublikasi Qonun hujjatlari to`plami, 2012 y., 21-son, 229-modda)
O`qituvchi:
Mobil tеlеfonidan foydalanish.
O`quvchilarda mobil etikеtini shakllantirish.
Mobil tеlеfoni haqida nima bilamiz?
Qo`l tеlеfonidan foydalanganda chiqadigan elеktromagnit nurlanishlar foydalanuvchilarning organizmiga salbiy ta’sir ko`rsatishi ma’lum. Bu borada «Qo`l tеlеfonidan foydalanishning sanitar norma va qoidalari» mavjud.
      Mazkur qoidalarda (SanPiN № 0189-05)da uyali alo`a vositalari faqat sanitar-epidеmiologik stantsiyalarning xulosasi asosida muomalaga chiqarilishi ta’kidlanib, undan foydalanish vaqti 3-4 daqiqadan oshmasligi, 18 yoshga to`lmaganlar va homilador ayollarning foydalanishi chеgaralangan.
     Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta’minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
  1. O`zbеkiston Rеspublikasi ta’lim muassasalarida mobil tеlеfonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat ta’lim muassasalari bilan birgalikda:
         ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining izchil bajarilishini;
         ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar o`rtasida kеng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
  1. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O`zbеkiston Rеspublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev
Toshkеnt sh. 2012 yil 21 may. 139-son
Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida tеlеfonlardan foydalanish tartibi:
    Ta’lim muassasasiga kirib kеlishda har bir ta’lim oluvchi, xodim, kеluvchi va boshqa shaxslar o`z tеlеfoni abonеntining chaqiruv ovozini to`liq  o`chirib qo`yishi (tеlеfonni «ovozsiz» rеjimga o`tkazishi) shart.
     Ta’lim muassasalarida o`tkaziladigan  o`quv mashhulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:
tеlеfonini o`chirib qo`yishi;
tеlеfonini portfеli, sumkasi va shu kabilarga solib qo`yishi shart.
Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
tеlеfonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
tеlеfon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elеktr tarmog`lariga ulash;
tеlеfoni yordamida:
atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi vidеo va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va kеyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar еtkazish o`quv mashg`ulotlari vaqtida:
tеlеfon orqali so`zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni  jo`natish;
tеlеfonni stol ustiga qo`yish;
musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
surat va vidеo tasvirlarni ko`rsatishda tеlеfondan foydalanish (o`yinlar bilan shug`ullanish), tasvir (matn, rasm, vidеoyozuv va fotosuratlar) ko`rish, diktofon, kalkulyator, kalеndar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va vidеo tasvirga tushirish;
tеlеfon (GPRS, Bluetooth, Intеrnеt va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kеchiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida tеlеfonlardan foydalanishga (qo`nqiroq qilishga, SMS, MMS, GPRS  jo`natishga, Bluetooth, Intеrnеt va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida tеlеfonlardan foydalanish tartibi:
Mashhulotlar va turli tadbirlar oralig`ida tеlеfon orqali so`zlashish uchun xonadan yo`lakka yoki foyеga chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.
Favqulodda vaziyatlar vujudga kеlgan taqdirda ta’lim muassasalarida tеlеfondan foydalanish chеklanmaydi.
Ta’lim muassasasining  o`qituvchilari va boshqa xodimlari:
O`quv mashg`ulotlari vaqtida tеlеfondan foydalanish huquqiga ega emas;
darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida tеlеfondan foydalanishni imkoni boricha chеklashlari shart.
Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko`rsatish choralari qo`llanadi:
ogohlantirish;
ularning kundalik daftariga yozib qo`yish;
ota-onalarini (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o`tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko`riladi.
Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining dirеktori (fakultеt dеkani) va uning o`rinbosarlari nazorat qiladi.
Topshiriq: “Telefonda so`zlashuv madaniyati” haqida.  Davra suhbati.
 
5-mavzu: Kasblar ichida eng ulug`i… (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori:
            Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila.
            Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz tanj ila.
                                                                                    Alisher Navoiy
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ustozlarga bo`lgan chuqur hurmatni ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo`ygan damlarini, qo`liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi”
                                                                                         Abdulla Oripov
O`qituvchi:
       Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
          Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
         Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i  maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
         Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.
                                                                (Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
        Ta’lim tizimiga o`zlarining beqiyos xizmatlarini qo`shgan, maktabni ulug` dargoh deb,  hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o`qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo`lsin.
 Mahmudxo’ja  Behbudiy
  Turkistonda   jadidchilik harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. 1874 yil 10 martda Samarqandning                                                                                                                             Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan. 1919 yil Qarshi shahrida Buxoro  amiri  tomonidan  o`ldirilgan.
     Behbudiy Samarqandda  birinchilardan bo`lib 1904 yil usuli jadid maktabini tashkil qildi va shu maktab uchun “Muntaxabi jug`rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitob ul-atvol” (“Bolalar uchun kitob”), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha  tarixi”), “Amaliyoti islom” va boshqa darsliklar, shuningdek maktab va ta’lim-tarbiya to`g`risida bir necha maqolalar yozdi. Samarqanddagi xususiy nashriyotida darsliklardan  tashqari  “Turkiston, Buxoro va Xiva xaritasi”ni  bosib chiqardi.Gazeta va jurnallar nashr etdi. 1911 yil yozilgan “Padarkush” p’esasida  u barchani ilm-ma’rifatli bo`lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g`oyasini ilgari surdi.
 Abdurashidxonov   Munavvarqori  — siyosat va ma’rifat arbobi.
    Turkistonda jadidchilik haralkati namoyandalaridan                                                                              biri, pedagog. “Sho`roi Islom” tashkiloti (1917-18) ideologi va rahbari.1878 yil Toshkent shahrida tug`ilgan.
   1929 yil nohaq    millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida ta’lim olgan.1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan.
   Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib”, 1907) alifbe kitobi, “Adibi soniy” (“Ikkinchi adib”1907) o`qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.
   1908 yil uning “Sabzazor” (to`plam), “Yer yuzi” (geografiyadan), “Tajvid” (Qur’onni o`qish usulini o`rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo`llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan.
 Abdulla Avloniy (1878-1934), shoir, dramatrug, davlat va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1925), professor (1930). Eski maktab va madrasada o`qigan (1884-1890). Toshkentda yangi usuldagi maktablar ochgan (1904); “Turon” (1913; 1914 yildan “Turkiston”) teatr truppasini, “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil qildi; “Shuhrat” (1907), “Turon” (1917) gazetalarni nashr etdi. “Ishtirokiyun” gazetasining tashkilotchisi va muharriri (1918).  “Kasabachilik harakati” jurnali muharriri (1921). Eski shahardagi  xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlarida mudir (1922-29), Maorif xodimlari eski shahar soyuzi raisi (1923), Turkfront huzuridagi milliy harbiy maktab (1924-29), O`rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU; 1925-29), O`rta Osiyo davlat universiteti (1930-34) o`qituvchisi. Avloniy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozgan; uning she’riy to`plamlari, dramatik  asarlari nashr etilgan.
      Ilm deb o`qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o`rganmakni aytilur. Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur.Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, tog`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda  mas’ud (baxtli, saodatli) bo`lishimizga sabab bo`lur degan edi buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy ilm nimalarga qodir ekanligini bizga anglatganiday, Sergeli  tumandagi 300-maktabning fizika fani oliy toifali  o`qituvchisi Shodiyeva Maqsuda, kimyo  fani birinchi toifali o`qituvchisi Rizayeva Shoxista, boshlang`ich ta’lim o`qituvchilari  Karimova Oysuluv va Xolboyeva Marhabo kabi pedagog  kadrlarimiz ham shunday ilmning qadriga yetib, barkamol avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko`rsatmoqdalar.
   Respublikamizdagi jamiki, barcha o`qituvchi va murabbiylarga sog`lik, kuch-quvvat va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan omadlar tilab qolamiz.
Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.
  
6-mavzu: Shirin so`z jon ozig`i (Filologiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga e’tibor”
                                                                                                    Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)
O`qituvchi:
         Insoniyat odobining  va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:
                            Har kishi gapirmay turgani zamon,
                            Ayb ila hunari bo`ladi nihon!
                                                                             Barxurdor ibn Mahmud
 Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:
    Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,
    Masihning nafasidan guvohlik berar elga!
                                                                       Abulbarakot Qodiriy
                                                              Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni
“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”
                                                             Tursunoy Sodiqova
Topshiriq: “So`zlardan guldasta tuzish” mashqi. Adabiyot va ona tilidan so`zlar topadi va so`zlarni shodaday tizib guldasta yaratadilar.
 
7-mavzu: Kasb-hunar kollejining qaysi yo`nalishini  tanlasam ekan.
 (9-sinf bitiruvchilari bo`lganligi uchun)
Kun shiori: “Barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarni tayyorlash ishiga alohida ahamiyat berishimiz kerak”
                                                                                                            Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, kasbga to`g`ri yo`naltirish, har bir kasbni ardoqlash lozim ekanligini ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  “Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda o`quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi  va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo`lishi shart”
                                                                                                     Islom Karimov
O`qituvchi:
        O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi O`rta maxsus kasb — hunar ta`limi Markazi tomonidan tasdiqlangan o`quv  reja va dasturlarga muvofiq kollejda kasbiy fanlar, o`quv amaliyotlari,  ishlab chiqarish  amaliyoti mashgulotlari o`tkazilib kelinmoqda.
    KOLLEJNING TAYYORLOV YO’NALISHLARI
Тikuvchilik ishlab chiqarishi
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Тikuvchilik ishlab chiqarish texnologi
2.     Keng assortimentdagi kiyimlar tikuvchisi
3.     Keng assortimentdagi kiyimlar bichuvchisi
4.     Yakka buyurtma buyumlari tikuvchisi
5.     Тikuv jihozlarini sozlovchisi
Radiotexnika va teleapparaturalarni ta’mirlash
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Radioelektron jihozlarni ta’mirlash radiomexanigi
2.     Radiotelevizion apparatlarni ishlatish va ta’mirlashradiotelemexanigi
3.     Uyali va telekommunikatsion jihozlarni ta’mirlash mutaxassisi
Umumiy ovqatlanishni tashkil etish
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Milliy taomlar oshpazi
2.     Хorijiy taomlar oshpazi
3.     Qandolatchi
4.     Nonvoy
Sartaroshlik san’ati va dekorativ kosmetika
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Keng-profilli sartarosh – ustasi
2.     Kosmetolog-vizajist
Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularning dasturiy ta’minoti
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Тexnik-dasturchi
2.     Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish texnigi
Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Тexnik-mexanik
2.     Avtotransport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish chilangari
3.     «B» yoki «BS» toifali haydovchi
Buxgalter ishi
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Buxgalter
2.     Buxgalter -iqtisodchi
3.     Fermer xo`jalik buxgalteri
4.     Dasturchi-buxgalter
Qandolat, non-bulka va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi
2.     Non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi
3.     Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik texnologi
4.     Тexno-kimyoviy tahlil laboranti
Sport
Тayyorlov yo`nalishida beriladigan kasblar:
1.     Milliy sport turlari bo`yicha murabbiy
2.     Olimpiada sport turlari bo`yicha murabbiy
3.     Sportning amaliy va texnik turlari bo`yicha murabbiy
4.     Ommaviy sport turlari bo`yicha murabbiy
 
Topshiriq: “Savol-javob” mashqi. Bunda bitiruvchi o`quvchilardan kasb-hunar kollejlarining qaysi yo`nalishlari yoqqanligi va  nima sababdan?
 
 
8-mavzu: Til fikr libosidir (O`zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligi munosabati bilan)
Kun shiori: Til shirinligi – ko`ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.
                     Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo`lur”
                                                                                                    Alisher Navoiy
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, o`z ona tiliga bo`lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro`sini ko`tarishni ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
 Doskada: Tilingga ehtiyot bo`l.
                   Rost yo`lda yengiltaklik qilma.
                                                                                              Motrudiy
O`qituvchi:
    O`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi.
   Lekin ona tilimizni bilish yo`lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo`yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto`g`ri bo`lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do`st bo`lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
  Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi. O`zbeklar o`zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo`lishiga qaramay, o`z ona tilini hurmat qiladi.
(O`zbekiston SSR Oliy Sovetining o`n birinchi sessiyasida so`zlangan nutqdan  1989 yil 25 oktabr)
   Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.
   O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
  Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega.
   Topshiriq: “Til dil ko`zgusi”, “Til fikr libosi”, “Til achchiq ham shirin” so`zlarini sharhlash.
   
 
9-mavzu: Men orzu qilgan kasb (9-sinf bitiruvchilari bo`lganligi munosabati bilan)
Kun shiori: “Orzusiz inson bo`lmaydi, orzusiz yashab bo`lmaydi”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o`z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini  ular ongiga singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”
O`qituvchi:
    Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z  qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o’tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o’rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo’lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar.
      Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o’tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o’rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo’lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta’limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o’z o’rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo’naltiruvchi o’qituvchilar va psixologlar o’z vazifalarini sidqidildan ado etib, o’quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to’liq va aniq ma’lumotlar berib borishlari zarur.
      Kasbiy axborot berish o’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo’jalik majmuasining malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo’yiladigan talablardan iboratdir.
         Hademay siz  uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni  bitirib, har biringiz o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va  kelajakda o`zingiz  sevgan kasb egasi bo`lasiz.
Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi. Siz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishingiz kerak. Siz tanlagan kasb-hunar kolleji, o`zingizga qulay hududda  joylashgan bo`lsa, yana ham yaxshi. kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga  o’zimga so’z beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga  keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va faqat ziyolilarni  dunyoga keltiradi.
Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb va tanlagan akademik-litseyi yoki kasb-hunar kolleji haqida ma’lumot beradilar.
 
10-mavzu: Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “Rivojlanib borayotgan yurtimizda, ma’rifatli har bir shaxs zamon bilan hamnafas yashaydi ”.
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir tilni hurmat qilishni, zamon bilan hamnafaslikda qadam tashlashlikni uqtirish
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”
                                                                                              Shayx Sa’diy Sheroziy
O`qituvchi:
      N.G. Chernishevskiy  Beruniy nomini faqat bir joyda tilga oladi. Ammo shu kichik faktning o`zi ulug` rus demokratining O`rta osiyolik buyuk mutafakkir ijodiga katta hurmat bilan qarab, uning asarlarini eng mo`tabar manba deb bilganidan dalolat beradi. Bu fakt yana shu fikrni ham aytishga asos bo`ladiki, Chernishevskiy Beruniy asarlaridan yaxshigina xabardor bo`lgan, uning arab madaniyati olamidagi mavqeini his qilgan.
       N.G. Chernishevskiy  Beruniy vatani- ko`hna Sharqning ajralmas bo`lagi O`rta Osiyo tarixi, bu yerda yashaydigan xalqlarning hayoti bilan ham qiziqadi. Ma’limki,   N.G. Chernishevskiy  ijodi O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi davriga to`g`ri keladi. Chor hukumatining mustamlaka qilingan aholiga munosabati, bu o`lkaning o`rganilishi, adib e’tiboridan chetda qolmagan. Uning asarlarida O`rta Osiyoning iqtisodiy – ijtimoiy ahvoli, tarixi va madaniyati to`g`risidagi materiallar va bu asosdagi fikrlarni anchagina uchratish mumkin. O`rta Osiyoni  u qadimiy madaniyat markazlaridan biri deb hisoblab, Misr, hindiston, Suriya bilan yonma-yon qo`yadi; Boxtar, Sug`d, Xorazm haqida arab va mo`g`ul istilosi oqibatlari, Temur va temuriylar, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining ishlari xususida mulohazalar yuritadi.
  V.V.Vilyaminov – Zernov rus sharqshunoslari orasida birinchilardan bo`lib Markaziy Osiyo tarixini o`rgangan kishidir. V.V.Vilyaminov – Zernovning katta xizmatlaridan biri Alisher Navoiy asarlari asosida XVI asrda tuzilgan “Abushka” lug`atini nashr ettirganidir. Bundan tashqari, u bir qancha qo`lyozmalarni to`plab tasnif etgan, Navoiy, Mashrab asarlari haqida ma’lumot bergan turkshunos olim edi.
  Demak, umumbashariy taraqqiyot tarixi Sharqu G`arb o`rtasidagi har xil davriy, siyosiy devorlarni surib tashladi. Zero, Shayx Sa’diy Sheroziy aytganidek: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”. Sharq bilan G`arb ana shu muazzam organizmning o`zaro ajralmas a’zolari sifatida, tobora yaqinlashib, madaniy – adabiy aloqalarda birlashib bormoqda. Insoniyat taraqqiyotining talabi ham ana shunday.
                            (Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari 313-314-315 betlar)
   Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik chiqish rus tilida.
 
11-mavzu: Globallashuv  va uning oqibatlari
Kun shiori: “Globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi”.
                                                                   (Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, odob-axloq xislatlarini milliyligimiz darajasida uqtirish..
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bugungi zamonda  mafkura  poligonlari yadro poligonlaridan  ham  ko`proq kuchga ega”
                                                                                         Islom Karimov
O`qituvchi:
        Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Globallashuv- bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko`rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda- ezgulik va yovuzlik yo`lida foydalanish mumkin.
    Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi.
 Globallashuv jarayoning yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Ta’bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo`lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo`lsa, buni sezish, ko`rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg`ab yetish nihoyatda qiyin. Barchamizga ayon bo`lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilsa, o`sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha- qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo`lsa, o`sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog`liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko`pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
 Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg’u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi.
                                                                 (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Komil Sindarovning quyidagi to`rtligi bilan mavzuga xulosa yasaladi:
                                                Magar topsin desang ishlarim rivoj
                                                Yaxshi-yomon kunda duoga qo`l och.
                                                Ezgu tilaklarni shamchiroq etib,
                                                Nurli manzillarga o`zingga yo`l och.
Topshiriq: Guruhlar bugun yoshlarimiz orasidagi ba’zi bir kamchiliklarni qanday qilib bartaraf qilish kerakligini har biri o`z dunyoqarashlaridan kelib chiqib xulosa qiladilar. O`zbek maqollaridan misollar keltiradilar. Ba’zi bir o`quvchilar mavzuga oid hikoya va rivoyatlarni so`zlab beradilar va tahlil qiladilar.
12-mavzu: Birinchi so`rovnoma AL va KHK  (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “Har bir o`quvchi tanlash huquqiga ega”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, birinchi so`rovnoma haqida ma’lumotga ega bo`lishi, o`zi tanlagan akademik – litsey, kasb-hunar kollejlariga hujjatlarini topshirishni  uqtirish..
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Barkamol avlod orzusi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi!”
                                                                                             G`afur G`ulom
O`qituvchi:
        Mana siz bitiruvchi sinfsiz, albatta, keyingi jarayon kollejlar, akademik-litseylarga tayyorgarlik ko`rasiz.
  Va, sizning oldigizda bitta yo`l bo`lishi kerakki, siz o`zingiz qiziqqan, bilimingiz va kelajagingizni o`zingiz tanlayotgan kasbda ko`rayotganligingizni his etishingiz kerak.
     Kasblar juda ko`p, ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda jahon talablariga javob beradigan kollejlar, akademik-litseylar esa yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida ham bunyod etilayapti. Bu hammasi kelajagimiz bo`lgan yoshlar uchun. Hozirdan siz ota-onangiz bilan  o`zingiz boradigan kollej, akademik-litseyga borib ko`rib, tanishib kelishingiz ham mumkin. Chunki, ertaga  shoshilib qolmaslik uchun.     Tanlagan kasbingiz orqali ertaga xalqqa, yurtga foydasi tegadigan kasb egasi bo`lib chiqishingiz  kerak.
     Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ham,  erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g`oyalariga sodiq bo`lgan ongli fuqaroni, o`z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko`rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish, siz yoshlarning kelajakda o`z o`rningiz, o`z so`zingiz va davlatimiz, shaxsan yurtboshimiz tomonidan sizga berilayotgan ishonch va umidni oqlash.
   Sizga beriladigan so`rovnomada avval siz o`zingiz tanlagan birinchi yo`nalish, ya’ni o`zingiz xohlagan akademik – litsey yoki kasb – hunar kollejini tanlaysiz va yo`nalishini belgilaysiz. Agar birinchi yo`nalish bo`yicha kira olmasangiz, ikkinchi kasb-hunar kollejini tanlaysiz. Ikkinchi yo`nalishni imkon darajada o`zingiz yashaydigan hududdagi birorta kasb-hunar kollejini tanlang .
Topshiriq: Har bir guruh bu mavzu bo`yicha ochiq muloqot olib boradi. Fikrlar tinglanib, sinf rahbari tomonidan, qo`shimcha fikrlar va ko`rsatmalar beriladi.
13-mavzu: Huquqshunos bo`lmoqchiman AL va KHK (8  dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan,  9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “Har kim bilim olish huquqiga ega”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, mustaqil fikrlashni, konstitutsiyamizda belgilangan qonunlarga rioya etishligini, o`zlarining kasb tanlash huquqiga ega ekanligini  uqtirish..
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Har bir shaxsning o`z tanlagan kasbi bo`ladi”
O`qituvchi:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI
O`zbekiston Respublikasining               Konstitutsiyasi
Amaldagi qonunlarning huquqiy asosidir
Amaldagi qonun normalaridagi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega
O`z normalarining amaldagi qonunlar normalaridagi nisbatan barqarorligi bilan ajralib turadi
Joriy qonunlarga xos bo`lgan aniq mazmun bilan boyib boradi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI:
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
 
BELGILARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Belgilari
Rivojlanish bosqichlari
Ta’sis etuvchi va asos bo`luvchi xususiyati
Oliy yuridik kuchga egaligi
Huquqning asosiy manbai, amaldagi qonunlar uchun asos ekanligi
Barqarorligi
Turkiston ASSR, Buxoro va Xiva respublikalarining 1918 – 1920 yillardagi konstitutsiyalari
O`zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi
O`zbekiston SSRning 1937-yilgi Konstitutsiyasi
O`zbekiston 1992-yilgi         Konstitutsiyasi
O`zbekiston SSRning 1978-yilgi Konstitutsiyasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING ASOSLARI
Ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor xo`jaligi – iqtisodiyot asosi
Inson va fuqaro huquq va erkinliklarining ustunligi
Siyosiy va mafkuraviy plyuralizm
Fuqarolarning teng huquqliligi
Jamoat birlashmalarining qonun oldida tengligi                                                                             Mahalliy o`zini o`zi boshqarish faoliyatini tan olish va ta’minlash
Davlatning vazifasi – inson va fuqaroning ajralmas huquqlari va erkinliklarini tan olish, ularga rioya etish va ularni himoya qilish                                                                         Davlat suvereniteti
O`zbekiston xalqi – suverenitet egasi va davlat hokimiyatining yagona manbai
Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi
 
 
 
 
 
 
 
                     Davlat suvereniteti .                                                   1. O`zbekiston Respublikasining suvereniteti uning butun hududida amal qiladi.                                                                   2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasining butun hududida ustinlikka ega.                                                                                                 3.  O`zbekiston Respublikasi o`z hududining yaxlitligi va daxlsizligini ta’minlaydi
DAVLAT SUVERENITETI
                         
 
 
 
 
O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining sifatlari
O`z ichki va tashqi siyosatini mustaqil belgilaydi
O`z hududining yaxlitligi va daxlsizligini ta’minlaydi
Butun hududda amal qiladi
Butun hududda ustinlikka ega bo`lgan konstitutsiya va qonunlarni qabul qiladi
 
 
Topshiriq: „Bahs-munozara“ mashqi. O`quvchilar orasida huquqshunos bo`ladiganlar bormi? Huquqshunoslik kasbi haqida ma’lumotga egamisiz?
14-mavzu: Xalqimiz buyuk —  ma’naviyat egasi  (Milliy g`oya va ma’naviyat asoslari fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “Bu dunyoda  yengilmas kuch, – ma’naviyatdir
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, xalqimiz buyuk ma’naviyat egasi ekanligini his ettirish, insoniylik, mehr-oqibatni yanada rivojlantirish ekanligini  uqtirish..
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi va ajdodlar o`giti bilan birga singadi”
                                                                                                       Islom Karimov
O`qituvchi:
       Ma`naviyatning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz darkorki, ma`naviy yuksalishga erishish— bu bir yillik yoki besh-o`n yillik ish emas. Xalq, millat o`z milliy ma`naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma`naviyat qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo`lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma`naviy hayot oldiga qo`iiladigan talablar ham muttasil paydo bo`laveradi.
           Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlardan albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.
    Chunki xalq — bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalgatishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — ma`naviyat bor.
                                                              (Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Topshiriq: „Fikrlar kurashi“ mashqi. „Ma’naviyat nima?“
15-mavzu: Kasbim-faxrim (9-sinflar bitiruvchilar uchun)
Kun shiori: “Hayotdagi insonning o`rni o`zining halol va sharafli kasbi bilan”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga  ekanligini  uqtirish, kasbi bilan elda e’zoz topganlar bilan faxrlanish tuyg`usini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bizning dasturxonimizni non bilan to`ldirishga xizmat ko`rsatayotgan dehqonlarimiz mehnati tahsinga loyiq”
O`qituvchi:
           Darhaqiqat, bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, insoniyat o`z davrini boshlagan davrlardan boshlab, insonlar nima bilandir shug`ullanishni o`zlarining kasbi deb bilganlar. Azaldan ma’lumki, insonlarni yer boqadi. Demak, birinchi bo`lib, ziroatchilik ya’ni dehqonchilik kasbi boshlangan. Dehqonchilik kasbi, kasblarning shohi bo`lib kelmoqda. Butun insoniyat dehqonlarning mehnati bilan yetishtirilayotgan mahsulotlarni iste’mol qilishadi.
         Dehqonlarimizning mehnati juda ham tahsinga sazovar. Ayniqsa, mustaqillik tufayli dehqonlarimizning mehnati qadrlanmoqda.    Ularga  shaxsan Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan juda katta sharoit va imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Har yili dehqonlarimiz g`alla hosildorligidan tonnalab bug`doy olmoqdalar. Ayniqsa, bu yil ya’ni, 2013 yil “Obod turmush yili” ga dehqonlarimiz qariyb sakkiz million tonna g`allani zabt etishdi. Bunday kasb egalariga Ollohdan uzoq-umr, kuch-quvvat, yurtimizning g`allasi bundan ziyoda bo`lishini so`rab qolamiz. Bunday kasb egalaridan doimo faxrlanib yuramiz.
     Har biringiz ertaga qanday kasb egasi bo`lishingizdan qat’iy nazar yurt uchun, xalqimiz va mustaqil O`zbekistonimiz uchun foyda keltiradigan uning tinchligi, taraqqiyoti va mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun xizmat qilsin.
Topshiriq: “Kasbim-faxrim” mavzusida kichik insho yozish.
 
 
 
16-mavzu:  Oilada o`g`il va qiz bolani biron bir kasb-hunarning egasi bo`lishi shartmi  (9-sinflar bitiruvchilar uchun)
Kun shiori: “ Hunar hunardan unar”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga  ekanligini  uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Hunarli kishi xor bo`lmas”
O`qituvchi:
      Bordi-yu kishining uchta farzandi bo`lsa, har uchchoviga ham ilm o`rgatgani yaxshi. Agar bunday imkoniyatga ega bo`lmasa, bittasiga ilm o`rgatsin, bittasiga hunar va yana bittasiga ziroat yoki tijorat o`rgatsin. Umuman, ularni biror foydali ish bilan mashg`ul qilish, nobakor va qabih kishilar bilan ulfat, hamsuhbat bo`lishidan qaytarish kerak.
                                                                      Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy
Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam! Hunarni qadrlamagan och qoladi. Insonning hunari uning boshlig’i, pul tugaydi, biroq hunar tugamaydi.
  Mashriqzamin Hikmatlar Bo`stonida  Muhammad Javhar Zamindor shunday deyiladi:
   Ey o`g`il! Bu nasihatlarga quloq sol, kasbu hunar o`rganishdan or qilma, mehnat qilishni o`rgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bog`liq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil bo`ladi. Hunar – yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir.
  Haqiqatan, har bir o`g`ili bola yoki qiz bola bo`lmasin oilada ularga albatta, birorta bir hunar o`rgatiladi. Masalan, o`g`il bolalarga  qishloq joylarda bo`lsa kemon chopish, suvoq qilish, chorvador bo`lsa, qo`ylarni qirqish, buzilgan narsalarni tuzatish, qiz bolalarga esa kashta tikish, gilam to`qish, ovqat qilish, turli xil pishiriqlar, salatlar o`rgatiladi.
         Ayniqsa, hozirgi vaqtda shaharlarimizda hunar o`rgatish bo`yicha juda ko`plab, o`quv markazlari ochilganki, bularni ko`rib demak, farzandlarimizni bo`sh vaqtini hunar bilan shug`ullantirishni ma’qul ko`rmoqdalar. Dono xalqimiz juda topib aytganlarki, hunarli kishi xor bo`lmas.
      Bugungi yoshlarimizni ko`rib havasingiz keladi, ularning qo`lidan kelmaydigan hunarning o`zi yo`q. O`g`il bolalarimiz texnika asboblaridan tortib, kompyutergacha tuzatishni, qizlarimiz esa pishiriqdan tortib, sartorashlikkacha har bir hunarni egallab olmoqdalar.                 Bularning hammasi yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.
Topshiriq:  Har bir o`quvchi qanday hunarni bilishi haqida davra suhbati o`tkaziladi.
 
17-mavzu:  Harbiy bo`lish mening orzuim (14 yanvar  –  Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, 9-sinflar bitiruvchilar uchun)
Kun shiori: “Harbiylik – mardlar kasbi”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga  ekanligini  uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”
O`qituvchi:
         Demak, harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir.
      Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab, qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni oldidan mudofaa ishlari bo`limlari joylardagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida turli uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda.    Uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Topshiriq:  “Orzuga ayb yo`q” mashqi.  Harbiy bo`lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo`shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O`qituvchi  jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka  undab boradi.
 
18-mavzu: Ulug` ajdodlarimiz merosini chuqurroq o`zlashtirish (Tarix fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q”.
                                                                                               Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, fan oylikka puxta tayyorgalik ko`rishni tavsiya etish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
 Doskada: “Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”
Islom Karimov
 
O`qituvchi: Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
          Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, «Avesto» deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o’rin tutadi. Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlaridan, qanchadan qancha og’ir sinovlardan o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganining o’zida katta ma’no mujassam. Bunday o’lmas osori atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi.Ana shunday tarixiy yodgorlik namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, hayot falsafasi bizni bugun ham hayratda qoldirishiga yana bir karra amin bo’lamiz. Misol uchun, «Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.  «Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog’liq holda ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi.
            Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o’z afsonaviy qahramonlari, o’zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo’ladi. Xalqimiz azaldan o’z vujudi, o’z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo’lmoqqa intilib, o’z o’g’lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda, xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to’g’ri bo’ladi. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.
(Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch)
Topshiriq:  “O`yla, izla, top!” o`yini. Guruhlarga quyidagicha savollar beriladi.
I-guruh: Tarixiy shaxslarimiz.
II-guruh: Tarixiy obidalarimiz.
 
 
19-mavzu: Kasbi ila elda e’zoz topganlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori:   Kishikim qilsa olimlarga ta’zim,
                      Andoqki qilur payg`ambarga ta’zim.
                                                                                                     Alisher Navoiy
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar”
Abdulla Avloniy
O`qituvchi:
    Agar biz tarixga nazar tashlasak, xalqimizning bilim darajasini yuqori ko`tarish uchun harakat qilishgan. Inson paydo bo`libdiki, ilm olishga qiziqishi hosil bo`lgan va bunga kimlardir asos solishi lozim bo`lgan. Shuning uchun biz siz bilan insonlarning ongu-tafakkurini rivojlantirishga harakat qilganlar haqida qisqacha bayon qilamiz.
Jadid maktablari- musulmon maktabxonalarini isloh qilib yangicha usulda ta’lim bergan va jadidlik  g`oyalarini ilgari surgan maktablar.
   19-asr oxirlariga kelib dunyodagi hech bir mamlakat boshqa davlatlar ta’siriga berilmasdan yashashi mumkin emasligi ayon bo`lib qoldi. Bir qancha mamlakatlarda hayot tarzining yuksakligi, ijtimoiy tartibotlarning inson tabiatiga muvofiqligi, ilm-fan taraqqiyotining yuqoriligi turkistonlik tafakkur egalarini ham sergaklantirdi va bezovta qildi. Shu tariqa jamiyatning turli qatlamlarida hayot tarzini isloh qilish kayfiyati paydo bo`la boshladi. Turkiston ziyolilari xalq hayotini  yaxshilash uchun unga ma’rifat berish, uning madaniyat darajasini ko`tarish kerak, deb hisobladilar. Ta’lim tizimini yangilash, uning samardorligini ko`tarish ehtiyoji paydo bo`ldi.
      Dastlab 1884 yilda Qrimning Bog`chasaroy shahrida Ismoilbey G`aspirali tomonidan birinchi jadid maktabi tashkil etildi. Jadid maktablari amaldagi ta’lim tizimini butunlay inkor etmas edi. Musulmoncha  ta’lim tizimining mohiyatiga dahl qilmagan holda ta’limning mazmunini boyitish, chuqurlashtirish va uni dunyoviy ruh bilan sug`orish, yoshlarni tezkor sur’atlar bilan hayotga tayyorlash, ularni zamona ilm-fanini qiynalmay o`zlashtira oladigan darajaga yetkazish jadid maktablarining oldidagi asosiy vazifa edi.
Jadidlik harakati turkiy millatlarning uyg`onishiga, ma’rifatga intilishiga turtki bo`ldi. Turkiston o`lkasida ham jadid maktablari ochildi. Jadidlar ta’lim mazmunini tubdan yangilash lozimligini, faqat ish uslubini o`zgartirish bilan masala hal bo`lmasligini yaxshi bilardilar. Shu bois mamlakatning yetuk ma’rifatparvarlari, aql egalari, millatning jonkuyar pedagoglari bir qator darslik  va qo`llanmalar tayyorladilar. Ta’limdagi bu o`zgarish tez orada o`z samarasini ko`rsatdi va o`lkada ilmga bo`lgan intilish, ma’rifiy ko`tarilish yaqqol sezildi.Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza, Isoqjon Ibrat, Saidrasul Saidazizov, Saidahmad Siddiqiy va boshqa jadid  namoyandalarining tuzgan darslik va o`quv qo`llanmalari saviyasi jihatidan zamonasining eng ilg`or pedagogik asarlari darajasida edi.
O`zingizga ma’lum bo`lgan bo`lgan bo`lsa kerakki, ma’rifatparvar boblarimiz nomi bir umr xalqimiz qalbida yashab kelmoqda. Demakki, inson halol va zahmatkashlik bilan qilgan mehnati asrlar davomida hurmatga sazovar bo`ladi va ular doimo faxr-iftixor bilan esga olinadi.
Topshiriq: O`quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:  Bugun O`zbekistonda ta’lim tizimi qanday yo`lga qo`yilgan va bu soha vakillariga e’tibor qanday?
 
20-mavzu: Buyuklarni yod etib (Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori:   Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch,
                      G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.
                      Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni,
                     Axir nonga musulmonu kofir birday och.
                                                                                            Halima Xudoyberdiyeva
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Navoiy bobomizga  va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “ 9 fevral — Nazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun”.
O`qituvchi:
     Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida  akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy tadqiqotlarini kuzatamiz.
   Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz adabiyotining  asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she’riyat homiysi, ustoz-murabbiy va hokazo.
 Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti an’analari bilan forsiy she’riyat an’analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste’dod egasi, ammo uni hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug` asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib, Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.
Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: “Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs sifatida gavdalanadi”.
 (Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan muhtasham haykalni eslash joiz.
                                                                   (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Topshiriq: O`quvchilar Hazrat Alisher Navoiy bobomizning “Xamsa” dostonidan namunalar ijro etadilar.
Izoh: O`qituvchi  jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka  undab boradi.
 
 
21-mavzu: Buyuklarni yod etib ( Z.M. Bobur tavalludi
 munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral O`zbekiston Respublikasida unutilmas sana- Z.M.Bobur tavalludi kuni” 
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Bobur bobomizga  va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
  Doskada: “Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir”
                                                                                                       S.P.Tolstov
O`qituvchi:
         Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi.
   Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan.
     Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan.
Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan.
Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.
           Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir.
Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.
           Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan.
 Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.
Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:
      *1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.
  • Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.
  • Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.
  • “Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli muzey tashkil etildi.
  • Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.
Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:
             Yana mahrumi xonumon qilding,
              Yana ovorayi jahon qilding.
              Tole  yo`qi  jonimg`a  balolig`  bo`ldi,
              Har ishniki ayladim,  xatolig`  bo`ldi.
             O`z yerni qo`yub  Hind sori yuzlandim,
              Yorab  netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
Topshiriq: O`quvchilar  Z.M.Bobur bobomizning “Boburnoma”  asarini tahlil qiladilar.
 
22-mavzu: Fan-texnika taraqqiyoti va biz  (Matematika, informatika fanlari doirasida)
Kun shiori: “Fan-texnikaning rivojlanishi insoniyatning ko`pgina ishlarini yengillashtirdi” 
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, zamonaviy fan-texnika sirlaridan o`quvchilarni voqif etish va ularga  bo`lgan  qiziqish va hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi”
O`qituvchi:
      XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
  Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.
   Keyingi chorak asr davomida ilmiy-texnik taraqqiyotiga nazar tashlasak, bu davr ichida ko`pincha, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo`lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligining shohidi bo`lamiz. Fanlarning o`zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo`la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko`rsatdi va  bular o`z navbatida texnika-texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo`jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan-texnika yutuqlarini o`z  navbatida yoshlarga yetkazib boorish, hozirgi zamon darslariga qo`yilgan talablardan biridir.
  Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borishi bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo`lishlari lozim.
   Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o`rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg`or fan va texnika-texnologiyalar tufayli inson atrof-muhit bilan faol hamkorlikda bo`ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko`rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo`ldi.
  Hozirgi kunda kompyuterlar qo`llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko`maklashmoqda. Kompyuterlarning  ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqishi bilan juda ko`p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Topshiriq: O`quvchilardan quyidagi savolga javob berish so`raladi: Fan-texnikaga nisbatan qanday tarbiyaviy ahamiyat talab etiladi?
 
 
23-mavzu: Ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish bo`yicha tavsiyalar
 (9 –sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “O`quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish dolzarb vazifa” 
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish bo`yicha tavsiyalar berish va tushuntirish ishlarini olib boorish, ularda  bo`lgan  qiziqishni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “O`n ikki yillik ta’lim majburiydir”
O`qituvchi: Bizning mamlakatimizda majburiy ta’lim o`n ikki yillikni tashkil etadi. Maktab davrida 9 yil o`qib, keyin ta’limning ikki bosqichi uch yillik akademik-litsey va kasb – hunar kollejlariga. Yurtimizda o`n ikki yillik majburiy ta’limning yo`lga qo`yilishi o`quvchilarning birorta bir kasb egasi bo`lishiga, hunar o`rganishiga zamin yaratmoqda.
  Ta’limning keyingi bosqichida albatta, har bir o`quvchi o`zi xohlagan yo`nalishi bo`yicha boradi.Akademik-litsey va kasb – hunar kollejlariga hujjatlarni topshirishda albatta, ota-ona hamkorligida amalga oshiriladi. Ota-onalar kafolat xati yozib beradiki, keyingi bosqichda darslarga muntazam borishligi, akademik-litsey va kasb – hunar kollejlaridagi ichki qonunlariga rioya eishligi to`g`risida. Hech qachon keyingi bosqichda sustkashlik va bee’tiborlikka yo`l qo`yilmasligi kerak. Yoshlarimiz kelajagi va yetuk kadlar bo`lib yetishliklari uchun mamlakatimizda Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilgan. Bu dasturning maqsad va vazifalari quyidagicha: 1) ta’lim sohasini tubdan isloh qilish; 2) uni o`tmishdan  qolgan  mafkuraviy qarashlar  va sarqitlardan to`la xalos etish; 3) rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish kabilardir.
        Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, yangi ta’lim modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat etib belgilandi: 1) shaxs  — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmat -larning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 2) davlat va jamiyat  —  ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; 3) uzluksiz ta’lim – malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta’limning barcha turlari va standartlarini o`z ichiga oladi; 4) fan – yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlovchisi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarining ishlab chiquvchisi; 5) ishlab chiqarish – kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, ular sifatiga qo`yilgan talablarni  belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliyalashtiruvchi va moddiy-texnik baza bilan ta’minlash qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash bilan bog`liq joriy va istiqboldagi vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g`oyalariga sodiq bo`lgan ongli fuqaroni, o`z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko`rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog`i kerak;           Uchinchidan, yosh avlod milliy istiqlol g`oyasini anglab olishi, bu g`oyaning har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo`lishi uchun hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo`naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ro`yobga chiqarish lozim.
Xo`sh, kasb-hunarga yo`naltirish kimning zimmasida? Bu vazifani kim bajaradi?
   Bu vazifalar maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
Tashxis markazlari bizning mamlakatimizda birinchi marotaba tashkil etildi.
Ular –o`quvchilarning qobiliyatlari va moyilliklarini aniqlashda; sog`liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda har yili tibbiy-pedagogik ko`riklardan o`tkazishda; o`quvchilarga va ularning ota-onalariga psixologik-pedagogik yordam ko`rsatishda; maktab o`quvchilariga ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlari va ko`nikmalarini hisobga olgan holda akademik -litseyda yoki kasb-hunar kollejida ma’lum yo`nalish tanlashda ko`maklashadi va tavsiyalar beradi.
Topshiriq: “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan akademik -litseyda yoki kasb-hunar kollejlariga borganlarida olgan tassurotlari haqida suhbatlasahadi.
 
24-mavzu: Mehrim sizga atalgan (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Mehringiz ila bu dunyoni his etamiz, Onajon! ” 
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda onadan mehribonroq, aziz inson yo`qligi, ularga mehrimiz bir dunyo ekanligi uqtirish, onajonlarga yanada mehribonlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ayol dunyoni tebratadi”
O`qituvchi:
  • MART  Bahorning  ilk kuni, yosharish va yangilanish demak, yana bu kun o`zbek xalqining qizi, vafo va sadoqat  timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan kun sifatida, biz yurtimizda  bu sanani nishonlaymiz.
Zulfiyaxonim nafaqat o`z she’rlari , balki butun hayoti  bilan o`zbek ayolining  ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramizdir.
   Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining  yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan.
   Lekin bu murakkab hayot qalbi o`z xalqi va Vataniga mehr-muhabbat bilan to`lib-toshgan, dunyodan ezgulik va go`zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo`q. Aslida, bu dunyoda ayriliq  va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir.
                  (Islom Karimov  “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”).
Darhaqiqat, bugun  Zulfiyaxonim izdoshlari ko`paygandan ko`payib bormoqda. Ilohim, Zulfiyaxonim ruhlari shod bo`lsin, joylari jannatda bo`lsin va doim  shogirdlarining ishlarida ruhlari madadkor bo`lsin.
   Hech qachon o`zbek qiz-u, ayollarini sadoqat va vafo tark etmasin.
Mart  oyi  bayramlarga boy bo`lgan oylardandir. Bu oyda yurtimizda 8-MART  butun jahon xotin-qizlarning bayrami bo`lsa, 21-MART  musulmon olamida “Navro’z” bayrami sifatida  keng miqyosda  bayram qilinadi.
    8-MART bugun  onajonlar bayrami
    Yo`llariga  poyondoz dasta gullar bog`lami!
Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona  ertadan kechgacha  farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning.To`qqiz oy seni vujudida saqlagan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi.Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o`zidan keyin Onani berdi. Ollohim, Onajonlar umrini ziyoda qil, ular har doim o`zlari tilagan niyatlarini ijobat qil, hech qachon onajonlar bu dunyoda g`am ko`rmasin, ko`rgani yaxshi kunlar farzandlarining kamoli bo`lsin.
Hech qachon eskirmaydigan bu qo`shiq jamiki, farzandlar kalomi bo`lsin:
Men bolangman, tilagingman, jigaringman onajon.
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Ko`zlaringda nur kamaysa, nur bo`lurman begumon.
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon,
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Qayda bo`lmay chaqir meni, suyan menga begumon,
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon,
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon,
Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon.
Bu dunyo shunday buyuk daho ayollarni ko`rdi va bular nomlari bir umr tarixda qoldi. Ular bilan tanishtirishni lozim topdik. Chunki shunday go`zal ayyomda ularni eslab o`tish insoniylik burchimiz va faxr-g`ururni uyg`otish va ulardek bo`lishga harakat qilishni orzu qilar.
Dunyo Malikalari :
To`maris; (Masaggetlar malikasi)
Xadicha onamiz; (Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) rafiqalari)
To`rabek Xonim; (Qadim Urganchda Odilshoh podshoning yakkayu yagona qizi bo`lgan)
Malika Tamara; (Gruzinlar milliy qahramoni)
Go`zal Kleopatra; Misrning ilohiy malikasi.
Janna d* Ark; (fransuz, yuz yillik urush)
Simonetta-Ilhom Parisi;(abadiy sohibjamol bo`lish baxti nasib etgan)
Go`zal Malika Nefertit; (Misr)
Yekaterina II;(asl ismi Sofiya- Avgusta- Fredarika; Yevropaning Shtiten shahri, Angalt-Sterbskaya malikasi)
Raqqosa Nigina; (Xorazmshohlar saltanati; Temur Malik unga befarq bo`lmaganlardan)
Saroymulk Xonim; (Bibixonim; Sohibqiron Amir Temur)
Turkon Xotun;(Hukmdor; Xorazm shohi Alovuddin Muhammad onasi.)
Afsungar Qirolicha; (Yekaterina; Fransiya)
Shahzodaning Kanizagi;(Amur Temurning suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzo oshiq bo`lgan qiz  Shodmulk)
Gavharshod  Begim;(Shohruh Mirzoning suyukli katta xotini;)
Ulug` Beka;(Xadicha begim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli xotini;)
Xonzoda Begim;(Umar Shayx Mirzoning qizi, Bobur Mirzoning opasi; Shayboniyxon rafiqasi)
Gulbadan Begim; (Zahriddin Muhammad Boburning Dildor begim ismli xotinidan tug`ilgan uchunchi qizi, “Humoyunnoma”)
Muhabbat Qasri;(Arjumand bonu- Mumtoz Mahal begim; Shoh Jahon; “Toj Mahal”)
Saroyning Nuri; (Nurjahon begim Boburiy shahzodalardan uchinchisi-Jahongirshoh (Salim) ning ikkinchi xotinidir)
Jahonoro Begim; (Shoh Jahonning katta qizi;ilm-fan)
Zebunniso Begim;(Avrangzeb qizi;shoira)
Nell Gvin;(London;aktrisa)
“Argentina  Madonnasi”;(aktrisa; ismi Evita)
“Temir Xonim” yoki dunyoning kuchli ayoli;(Buyuk Britaniya; sobiq bosh vazir, siyosatchi-Margaret Tetcher)
“Asrning eng mashur ayoli”; (XX asr; Merilin Monro;aktrisa; sirli o`lim topgan)
Indira Gandi;(Hindiston; siyosatchi)
Uch Asr Qurolichasi;(Go`zal Yelizaveta; Buyuk Britaniya)
Mehr- Shavqat Malikasi;(Ona Tereza; to`liq ismi; Agnes Bojaksua; Makedoniyalik)
Opera Qo`shiqchisi:Mariya Kallas;(N’yu York)
Buyuk Britaniya Qirolichasi;(Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya)
Go`zalik Timsoli Bo`lgan Aktrisa;(Sofi Loren; Rim; “Oskar” mukofoti sohibasi ikki marta)
Elizabet Teylor;(Amerikalik; aktrisa)
Benazir Bxutto;(Pokiston; siyosatchi; bosh vazir)
Malika Diana;(Diana Uelsk; ilhom manbai va g`amxo`rlik ramzi; shaxzoda Charlz; Britaniya).
 O`zbegim Malikalari:
Qurbonjon Dodxoh: O`zbek general ayoli.
Uvaysiy:Shoira.
Nodirabegim: Shoira.
Zulfiyaxonim: Vafo va sadoqat ramzi.
Xadicha Sulaymonova:Birinchi o`zbek olimasi.
Lutfixonim Sarimsoqova:Ona obrazi timsoli.
Maryam Yoqubova:Aktrisa.(O`zbek oyim. “O`tgan kunlar”)
Mukarrama Turg`unboyeva:O`zbek raqs qirolichasi.
Saodat Qobulova:San’atshunos,professor.
Suyma G`aniyeva:Navoiyshunos.
Dilorom Toshmuhammedova:Spiker.
Gulnora Karimova:Fond-Forum  Vasiylik kengashi Raisi, xayrli ishlar tashkilotchisi.
Rimma Ahmedova:Dublyaj malikasi.
Oybarchin Bakirova:Dublyaj malikasi.
Galiya Izmayilova:Balerina.
Munojat Yo`lchiyeva:Maqom qirolichasi,benazir ovoz sohibasi.
Olmaxon Hayitova:Xorazm malikasi.
Nasiba Abdullayeva:Estrada malikasi.
Nasiba Qambarova: Suxandon.
Hamma ayollar malika, go`zal va aqlli.
 Aziz onajonlar, dilbar ayollar, mehribon opa-singil va qizlarimiz sizlarni   yaqinlashib  kelayotgan 8-MART bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz, sizlarga uzoq-umr, baxt-saodat ezgu ishlaringizda kattadan –katta zafarlar tilaymiz!
Doimo yuzingizdan tabassum,qalbingizdan mehr, labingizdan kulgi arimasin.
Yana bir bor butun O`zbekiston xotin-qizlarini qutlug` ayyom bilan muborakbod etamiz!
 Baxtimizga doim omon bo`linglar!
Topshiriq: “Mehrim sizga atalgan” mavzuda dil izhori. Bunda har bir o`quvchi o`zining mehribon onajonisi, buvijonisi, opa-singilisi, amma-xolasiga va ayol ustozlariga  qalbdan chiqqan tabriknomasi oq qog`ozga tushiriladi.
25-mavzu: Tabiiy fanlarni o`rganamiz. Shifokor bo`lish orzuim (Kimyo, biologiya fanlari doirasida, 9-sinf  bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “Inson uchun birinchi baxt – uning sog`lig`i, ikkinchisi – go`zallikdir”
                                                                                                          Aflotun 
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka katta qiziqish bilan tayyorgarlik ko`rishni uqtirish, tabiiy fanlarning insonlar hayotidagi o`rni katta ahamiyat kasb etishini tushuntirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Inson salomatligida, oq xalatli shifokorlarning ahamiyati katta ”
O`qituvchi:
  Abu Ali ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o`z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug`ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 240 ta asari yetib kelgan.
  Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur “Tib qonunlari” nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. Olimning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog`lig`ini saqlash haqidagi, parhez, gigiyena to`g`risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni tavsiya etgan. Ayniqsa, asab kasalligiga mubtalo bo`lganlarga jismoniy usullar bilan davolanishni maslahat beradi.
  Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’sirining muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya’ni u kasallikning kelib chiqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi: “Kasalliklarning ba’zilari yuqumli bo`ladi. Bular moxov, qo`tir, chechak, vabo isitmasi, yiringli yara kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar  joylari tor va iflos bo`lganda paydo bo`ladi va kasal kishining qo`shnilari shamolning tagida bo`lganda yuz beradi”, deb xulosa chiqaradi olim.
   Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi” da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
   Ibn Sino o`z davridagi barcha ilm sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e’tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va u bilan bog`liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi  kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi.
Ibn Sinoning tog`larning vujudga kelishi, Yer yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.
  Topshiriq: “Bahs — munozara” mashqi. Mavzu: Shifokorlar nima uchun oq xalat kiyishadi va nima uchun qasam ichishadi? 
 
 
26-mavzu: Milliy urf-odatlarimiz zamonaviy an’analarimiz  (21 mart Navro`z munosabati bilan)
Kun shiori: “Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!”
                                                                                           Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimiz Navro`zga bo`lgan hurmatni, milliy urf-odatlarimizga  g`ururni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:         Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
                          Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
                                                                                                 Alisher Navoiy
O`qituvchi:
       Avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlarimizga amal qilib, bizni shu mo`tabar kunlarga – yangi yilga, Navro`z ayyomiga yetkazgani uchun  Yaratganimizga shukrona va hamdu sanolar aytishimiz darkor.
 O`zining buyuk fazilatlariga hamisha sodiq bo`lib, murakkab sinov davrlarida ham Navro`zdek noyob urf-odatini ko`z qorachig`iday asrab, e’zozlab kelgan ajdodlarimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta.
   Asrlar bo`yi, ming yillar davomida Navro`zi olam xalqimizda, har bir oilada, har bir xonadonda eng orziqib kutiladigan xursandchilik, go`zallik va nafosat kuni, bahor faslini namoyon qiladigan bayram bo`lib kelmoqda.
   Navro`z – tabiatning uyg`onish, yasharish fasli. Tabiat uyg`onar ekan, inson ruhi ham yangilanadi. Shu bilan birga inson bilagiga kuch, yuragiga yangi intilish, hayotiga yangi umid va orzular kirishi tabiiydir.
 Barchamizning ezgu niyatimiz – yurtimiz tinch va obod, dasturxonimiz to`kin va barakali bo`lsin, oilamiz va farzandlarimiz, yoru birodarlarimiz sog`-salomat, baxtli-saodatli bo`lsin.
  Tinchlik barqaror bo`lgan  yurtga bayram yarashadi. Halovatli elning bahori ham, yozi ham, kuzi-yu qishi ham-qo`yingki, har bir kuni fayzli-tarovatli bo`ladi. Totuvlik, osudalik bo`lgan joydan balo-qazolar yiroq yuradi.
Navro`z yana bir xislati bilan bizning milliy tabiatimizga yaqin. Shu kunlarda eski gina-kuduratlarni, har xil yomonliklarni sedan chiqarish, mehr-oqibatli, muruvvatli bo`lish, beva-bechralarning holidan xabardor bo`lish, yetim-yesirlarning ko`nglini olish singari, Allohning o`zi el-yurtimizga ato etgan ota-bobolarimizdan meros bo`lib kelayotgan fazilatlar ham Navro`zning olijanob mohiyatidir. Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!
            (Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. )
         Navro`z qiz – juvonlarga alohida ko`rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan ular qo`llariga xino, qoshlariga o`sma qo`yadilar. Arg`imchoqlarda uchishib, turfa o`yinlar  o`ynashib, keng yam – yashil dalalarda sayr etishib, qizg`in gurunglar qiladilar.
      Navro`z bayrami bolalar va o`spirinlar uchun olam – olam quvonch, shodlik keltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham, o`smir yigit – qizlar ham alohida tabrik bilan keladilar. Ular uchun Navro`z udumlari, an’analari va rasm – rusumlari juda qiziqarli bo`lib, diqqat bilan kuzatadilar, o`zlari ham zavq – shavq unda ishtirok etishga harakat qiladilar.
 O`zbek xalqi asrlar davomida o`ziga xos va xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Bular doimiy takrorlanishi va ularga amal qilib kelinishi natijasida vujudga kelgan. Biroq urf-odat va marosimlar ham jamiyat taraqqiyoti tufayli o`zgarib, ularning ayrimlari amaliyotdan chiqib unutilgan. Turmushga, zamonga qarab, yangi-yangi urf-odatlar  va marosimlar kirib, takomillashib boradi. Xalqchil odatlar zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib, avloddan avlodga o`tib kelmoqda. Asrlar davomida bir makonda aralash yashab kelgan Markaziy Osiyo xalqlarining an’analari va urf-odatlarida o`xshashliklar ko`p. Turli tarixiy davrlarda O`zbekistonning tub yerli turg`un aholisiga kelib qo`shilgan qabila va elatlar o`rtoqlashib, o`zbeklarning udumlarini qabul qilganlar va ayni vaqtda unga o`z hissalarini qo`shganlar. Har bir xalqning tarixan tarkib topgan o`ziga xos urf-odatlar va an’analari e’zozlanib, avlodga meros qoldiriladi. Shu tariqa avlodlar an’analarni davom ettirib, ularning barqarorligini ta’minlaydilar. Ijtimoiy tarbiyaviy ahamiyatga molik odat va marosimlar jamoatchilik boshqaruvida bo`lgan. O`zbeklarning an’ana va urf-odatlari tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo`lib, xalqning yashash sharoiti, muhiti natijasida vujudga kelgan.
         Navro`z Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy, an’anaviy Yangi yil bayrami. Navro`z bayrami bahor oyiga – qishloq xo`jalik ishlarining boshlanishiga to`g`ri kelgan. Qadim zamonlarda Navro`z kunlari odamlar bir-birlariga qand hadya qilishgan. Odamlar mehnat orqali erishilgan har bir yutuqdan ruhlanib, mehnat samarasini tantana bilan nishonlash an’ana tusini olgan. O`zbekistonda ilgari keng tarqalgan va Navro`z bilan bog`liq marosimlardan yana biri “Go`ja oshi” yoki “Yil boshi go`ja oshi” deb atalgan. Bu taom xonadonlardan ixtiyoriy ravishda yig`ilgan har xil masalliq – don, mosh, loviya, no`xat, yog`-go`shtdan tayyorlangan.
   O`zbekiston mustaqilikka erishgach, muhim sanalar bilan bog`liq umumbashariy, milliy bayramlar bilan bir qatorda  Ro`za va Qurbon hayitlari, Navro`z bayramlari tiklanib, nishonlanib kelinmoqda. Bulardan tashqari respublikamiz, viloyatlarida turli etnik mazmunga ega qadriyatlarga asoslangan marosimlar xalq sayillari shakllarida o`tkaziladi. Masalan: “Asrlar sadosi”, “Mingta sunnat, mingta nikoh to`yi ” , Ro`za oylarida iftorliklar berilayapti. Bular ham zamonaviy an’analarimizga aylanib bormoqda.
  Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor.
 
27-mavzu: Xalq yaratgan daho  (Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)
Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”
                                                                                                  Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini  singdirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“
O`qituvchi:
       Amir Temur siymosi.
     Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur  1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
  “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”, deb ta’kidlagan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov:  ”Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?”
  Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi.
     Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur  Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda  nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida  tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
      Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab,  Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.
XALQ YARATGAN DAHO
XX asr o`zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma’rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir.
“Temur oldinda” maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko`nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo`lamiz:
“Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o`chog`i, Turoni yot qo`llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo`lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o`ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o`tkazmakchi bo`lmasa erdim, shularning birortasi bo`lmas edi.         Men qo`limga topshirdig`ing qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o`t, mening qo`limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o`tirmasman! ” (“Hurriyat” gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).
SOHIBQIRON  FARZANDLARI
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san’at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan.  Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.
    Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l  murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.
    Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning  “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning  “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi.
 
28-mavzu: Hunarli kishi xor bo`lmas  (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “Kasb va mahorat u insonni ulug`likka eltadi”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, kasbiy qiziqishlarini oshirish, o`zi tanlagan  kasb haqida  ma’lumot berish va tavsiyalar berish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „O`zbekistonga yaxshi va yetuk mutaxassislar kerak“
O`qituvchi:
       Kundan-kunga  mamlakatimiz taraqqiy etib bormoqda. Taraqqiyot bor joyda har bir kasbning o`z o`rni bor. Biz bugun taraqqiyotni aloqa vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Aloqa vositalari esa yildan-yil rivojlanib, sohalari kengayib bormoqda. Zamon talabi esa bu soha vakillarini yetkazib berish.
Ikki narsa dunyoda eng azizdir.Biri qo`l mehnati bilan topilgan boylik. Ikkinchisi dilda do`stlik barqaror bo`lgan sodiq do`st.
Muiniddin Juvayniy.
     Azaldan xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, demaganlar, vaholanki, bugungi kunda esa bir yigitga yettmish hunar oz. Shu maqsadda har bir yigitning qo`lida hunari bo`lgani yaxshi. Hunarli kishi xor bo`lmas. Yurtimizda   qurilayotgan keng ko`lamli zamonaviy va milliylik  ufurib turgan inshootlar, parklar, sport inshootlarini loyihasini chizib beruvchi soha vakillari orangizda ko`pchilikni tashkil qiladi. Arxitextura san’ati azaldan xalqimizning eng chiroyli kasbi bo`lib, u  ham boshqa kasblar singari juda sharafli va ma’suliyatli kasbdir. Ayniqsa, bugun hech bir xonadonni zamonaviy  arxitexturasiz tasavvur eta olmaysiz.
    Siz mustaqillik farzandlarining omadi, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olayotganingiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi.
     Xudo xohlasa, oldingizga  juda katta maqsadlar qo`yingki, shu maqsadlardan foydalangan holda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiling. Faqat orzu bilan inson chegaralanib qolmasdan, o`z kasbining haqiqiy ustasi bo`lishi uchun tinmasdan,  o`z ustida ishlashi kerak. Sizga ma’lum qilgan kasblar bularsiz yurtni va xalqni tasavvur eta olmaymiz. Aziz o`quvchilar, umuman olganda uch yillik akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji  bo`ladimi o`sha dargohda vaqtida o`zingiz uchun bilim va hunarni egallab olinglar. Shundagina ertaga hech qachon qoqilmaysiz.
Topshiriq: O`quvchilardan ikkinchi so`rovnoma o`tkaziladi, qog`ozlar tarqatiladi. O`zgarishlar bo`ldimi yo`qmi o`qituvchi aniqlab oladi.
 
29-mavzu: Ogohlik davr talabi (Fuqarolik muhofazasi kuni bilan)
Kun shiori: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi”
                                                                                                      Islom Karimov
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har doimo sergak va ogoh bo`lishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „Yoshlarimizni har qanday salbiy illatlardan va ma’naviy tahdidlardan himoya qilishimiz, ogoh etishimiz, mustaqil dunyoqarash egasi  qilib tarbiyalashimiz  zarur “
O`qituvchi:
           Biz nafaqat jismoniy tomondan ogoh va hushyor bo`lishimiz, balkim, ma’naviy tomondan ham ogoh va hushyor bo`lishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma’naviy tahdidlardan ogohlikka  va hushyorlikka chorlashimiz zarur.
     Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, otabobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
             Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug’laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni bumnlay xalos etish to’g’risida o’ylashimiz lozim.
Ma’naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Shaxsan o’zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odamni ko’rarga ko’zim yo’q. Bu — sotqinlikdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko’raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo’lmagan, ularga ishonmagan odam qo’rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo’lgan odam rahbarlik kursisiga o’tirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yo’qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o’rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo’lishimiz, ularga yonimizda o’rin bo’lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan bo’lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to’g’ri yo’lga boshlashimiz kerak.
          Shu munosabat bilan tarixda ko’p marta o’z tasdig’ini topgan, men ham o’z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo’lsak, el-yurt manfaati yo’lida bir tan-u bir jon bo’lib yashasak, o’zimizdan sotqin chiqmasa, o’zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi.
Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo’rqma — nari borsa, ular seni o’ldirishi mumkin. Do’stlardan qo’rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo’rq — ular seni o’ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi».
        Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni  ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
   Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Topshiriq: “Mustaqil fikrlashga o`rgatish”. Ogohlik, hushyorlik, ma’naviy tahdid so`zlari bo`yicha fikrlar va g`oyalar olamiga tashrif buyurish. (Sababi, natijasi )
 
 
30-mavzu: Chekmasdan hayot gashtini sur!
Kun shiori: “Sog`lom hayot sari”
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, sog`lom turmush tarziga o`rgatish, chekishning zararlari haqida yo`l-yo`riq ko`rsatish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risida”gi Qonunning joylarda amalga oshirilishi va “Maktablarda voyaga yetmaganlar o’rtasida” qonunning mohiyatini targ`ib qilish.
      O`qituvchi:
      Davlatimiz  tomonidan xalqimizning ertangi kuni va oilalarida tinch yashashlari uchun doimo shaxsan  Yurtboshimiz va keng jamoatchilik  faollari juda ko`plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar shu jumladan, yoshlarimiz tarbiyasiga va kelajagiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida:
      2012 yilning 7 aprelidan O’zbekistonda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’molini cheklash to’g’risida”gi Qonun kuchga kirdi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 27 iyunda qabul qilingan.
Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda ma’qullangan bu Qonun 5-ta bob, 25-moddadan iborat.
    Ushbu Qonunning maqsadi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning sog’lig’ini, avvalo, yigirma yoshga to’lmagan shaxslarning sog’lig’ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, shu bilan bog’liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.
Ushbu Qonun  yuzasidan Toshkent shahridagi 294 ta umumta’lim maktablarida keng targ`ibot ishlari  yo`lga qo`yildi. Ota-onalar yig`ilishlarida, navbatdan tashqari sinf yig`ilishlarida  sinf rahbarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari  hamkorlikda  muloqotlar tashkil etilmoqda.
 Xalqimiz azaldan insonlarni ham aqliy ham jismoniy tomondan zaharlaydigan illatlardan saqlanishni uqtirib kelgan,
Qonunning ijrosini ta’minlash avvalambor, hokimliklarda,  mahallada va umumta’lim maktablari, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari va oliygohlarda birinchi navbatda albatta nazariy jihatdan yetkaziladi, lekin ming afsuski yoshlarimiz ongiga kuchli ta’sir etadigan omillar borki, bu so`zimiz bilan ba’zi vaqtlarda ishimiz bir bo`lmasligi. Ya’ni, yoshlar oldida, ayniqsa bugun ko`pgina kafe-barlar, alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan mahsulotlar maktabga yaqin joylarda va o’quvchilar avtobusga chiqadigan bekatlarda joylashganligi.
    Tegishli idora xodimlari va ziyolilarimiz imkon qadar   fuqarolarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga, aholi, avvalo, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga, ularning sog’lig’iga alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog’liq tahdidlarning oldini olish hamda bunday tahdidlarni kamaytirishga qaratilgan profilaktika, ma’rifiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish bo`yicha samarali targ`ibot  ishlarni olib bormoqda.
   Har qancha targ`ib qilmaylik, amaliy ishlarni yo`lga qo’ymasak, ayniqsa, yoshlarimizni bunday mahsulotlarga ruju qo`ymasliklarik uchun   umumta’lim maktablari, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari va oliygohlarda ishlayotgan  domlalar va xizmatchilari yoshlar oldida alkogol va ta’maki mahsulotlardan foydalanmasa, oilalarda otalar, mahalladagi fuqarolar  bolalar maydonchalari oldida iste’mol qilmasa, imkon darajada farzandlarimiz ongi va qalbiga  ijobiy yo`l topa olamiz.
1-Bob: 2-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risidagi qonun hujjatlari
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4-modda.
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash, ularning salbiy ta’siri profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar sog’lig’ini saqlash, alkogol, tamaki mahsulotlarining zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
6-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash bo’yicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy ta’siri profilaktikasi, jamoatchilik ongida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish bo’yicha o’z vakolatlari doirasida ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi.
3-Bob: 14-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxslarning javobgarligi
Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi shaxslar mazkur mahsulotlarni yigirma yoshga to’lmagan shaxslarga realizatsiya qilganlik uchun javobgar bo’ladi.
15-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma yoshga to’lmagan shaxslarga realizatsiya qilishga yo’l qo’yilmasligi haqidagi, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sog’lig’iga salbiy ta’siri to’g’risidagi ogohlantiruvchi yozuv joylashtirilgan bo’lishi kerak.
4-Bob: 18-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni reklama va targ’ib qilishga yo’l qo’ymaslik
19-modda. Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga yo’l qo’ymaslik
Ish joylarida, ko’chalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bog’larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilishga yo’l qo’yilmaydi. Mazkur qoida alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilish ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlariga, shuningdek to’ylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar o’tkaziladigan joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ish joylarida, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport-sog’lomlashtirish muassasalarida, yong’in chiqish xavfi bo’lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno, shuningdek jamoat transportining barcha turlarida tamaki mahsulotini iste’mol qilishga yo’l qo’yilmaydi.
5-Bob:  23-modda.
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
24-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
   Tamaki o`simligi jahon miqyosida maxsus ekilib ko`paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretlar, tanasidan moxorkalar, shuningdek, nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyotlangan moddalarni chekish inson  salomatligi uchun o`ta zararlidir. Kashandalar va noskashlarning aksariyati o`pka raki, asab, bo`g`ma kasalliklari bilan og`riydilar.
   Chekish miya quvvatiga pasayishiga, xotiraning sustlashuviga olib keladi. Eng yomoni – sigaretni jamoat joylarida, oila muhitida chekilishidir. Bunda sigaret tutunidan faqat chekuvchining  o`zi emas, balki atrofdagi odamlar, aksariyat ayollar va bolalar ham zaharlanadilar. Dunyoning qator mamlakatlarida ishxonalarda, transportda, jamoat joylarida, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida chekish qat’iyan man etilgan.
   Salomatlik inson uchun eng aziz ne’matdir. “Salomatlik – tuman boylik” naqli insonlarni o`z salomatliklarini asrashga, o`zini parvarish qilishga, aql bilan ish tutishga dav’at etadi.
   Badanni yuvib tozalab turish, oz yeb, oz ichib, oz gapirishga amal qilish, shu bilan birga nafsni ham, qalbni ham pok – sof holda tutish, go`zal odobli bo`lish salomatlik uchun qayg`urishdir.
    Lekin hayotda o`z salomatliklarini o`ylamay, aql bilan ish tutmay yomon yo`lga kirgan odamlar ham uchraydi. Inson salomatligini, kuchini, obro`yini ketkazadigan illatlar oxir – oqibatda uni jar yoqasiga olib keladi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tamaki chekish, har qanday insonni kunpayakun qiladi, umriga zomin bo`ladi. Tamaki chekish aholi orasida eng ko`p tarqalgan yaramas odat. Kashandalar sigareta charchoqni yozadi, deb o`ylashadi. Shuning uchun chekishni “ charchoq bosdi”, deb hisoblaydilar. Bunday fikr, albatta, noto`g`ri. Sigaret chekib bo`lgach, oradan ozgina vaqt o`tishi bilan miyaning qon bilan ta’minlashi sustlashadi, chunki qonga nikotin degan zaharli modda tushadi. Tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishi sohasidagi davlat nazoratini ta’minlash, shuningdek bunday mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga, ularning salbiy ta’siri profilaktikasiga, jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda  hammamiz birgalikda kamarbasta bo`laylik.
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan kishilar nafaqat o`zlarining hayotlariga, balki oilasidagi va tevarak-atrofdagi barcha yoshlarga salbiy ta’sir o`tkazadilar.
 Biz pedagoglar zararli illatlardan kelajagimiz bo`lgan farzandlarimizni asrab-avaylashimiz lozim.
Topshiriq: “Chekish umr zavoli”, “Biz yoshlar tamaki mahsulotlariga qarshimiz”  mavzusini rasm orqali tasvirlab berish.
Uyga vazifa: “ Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusiga tayyorlanib kelish.
 
31-mavzu: Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan)
Kun shiori:          Tuprog`i to`tiyo makonga qulluq,
                             Xudo bergan davru davronga qulluq.
                             Aziz qilgan aziz insonga qulluq,
                             Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, o`tganlar ruhini shod etishlikni, tiriklar qadriga yetib yashashlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:              Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun,
                               Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun.
                               Bu imkon, bu zamon senu men uchun,
                               Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
                                                                                                      Iqbol Mirzo
 
               
O`qituvchi:
           Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot  yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi.
   Ma’lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag’onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o’zimizga tasavvur etish uchun birgina O’zbekiston bo’yicha qariyb 100 ming kishi qatag’onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
     Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha odamlarning o’z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go’daklar yetimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o’lkalarga surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
   El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o’tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo’lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi.
   Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag’on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko’mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo’zsuv kanali sohilidagi Alvastiko’prik deb nom olgan jarlik o’rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg’arma tashkil qilindi.
2001 -yildan e’tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko’ra osh tortib, Qur’on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an’anaga aylanib qoldi.
  Bu ishlar xalqimiz, unib-o’sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma’naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e’tiborlidir.
   Ma’lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G’alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o’tkazilar edi. Biz mazkur sananing asl insoniy ma’no-mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va  mulohazalarini inobatga olgan holda, 9-may kunini mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to’laqonli tiklash yo’lida hayotning o’zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo’lganini aytish lozim.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o’zida ifoda etgan eski yodgorliklar o’rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo’lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o’rnatildi.
         Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo’yilgani, ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki,  mamlakatimiz tarixida ibratli ma’naviy voqea bo’ldi.
(Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch)
Topshiriq: “Xotira” maydoni haqida har bir o`quvchi insho yozadi.
 
32-mavzu: Tarjimonlik haqida (Xorijiy tillar oyligi doirasida, 9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori:  “Bugungi kun uch tilni bilishni lozim topdi”       
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, xorijiy tillarga e’tiborni kuchaytirish, fan oylikka faol bo`lishni  uqtirish.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „Mening kelajakdagi orzuim tarjimonlik“
O`qituvchi:
            Bu olam juda ham  tavsilotlarga boy. Inson hayoti mobaynida o`qiydi, izlanadi, yuksak marralarni egallashga harakat qiladi.
  Bu shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda tilga e’tibor juda kuchli bo`lmoqda. Albatta, juda ko`p tillarni bilgan odam, shunga yarasha juda ko`p dillarni biladi.
  Yozuvchi bormi, shoir bormi, qaysi millat vakili bo`lmasin, bir-birining asarini tarjima qilib keng kitobxonlar hukmiga havola qiladi. Lekin til bilsang o`sha asarni o`zining tilida anglay olasiz.
  2012 yil 12 dekabrdagi Prezidentimizning  chet tillarni o`rganish to`g`risidagi qarorini xalqimiz juda iliqlik bilan kutib oldi. Ayniqsa, chet tilini ya’ni ingliz tilini 1-sinfdan boshlab o`tilayotganligi nur ustiga a’lo nur. Hattoki, oynai jahon orqali ingliz tilida bolalarning burro-burro gapirishinib ko`rib, katta yoshdagilarning havasini uyg`otmoqda. Ollohga shukrlar bo`lsinki, yoshlarimizga juda ko`p imkoniyatlar, bundan yoshlarimiz unumli foydalanib, beshta, oltita tilni bilaman degan vatandoshlarimizni eshitsak shukronalikni his etamiz. Har bir xonadonning farzandi ingliz tilini bilgan, yoki o`rganishga qo`shimcha darslarga bormoqda. Bunday mashg`ulotlar avvalo, bola til o`rganadi va bo`sh vaqtidan unumli foydalanadi. Ortiqcha bekorchiliklar bo`lmaydi.Uchinchi tilni bilgandan keyin unda yana til bilishga qiziqish uyg`onadi. Qarabsizki, farzandingiz maktabni tugatgancha beshta tilni o`rganib turibdida.
   Bugun juda ham tarjimon bo`lishga qiziqayotgan yoshlarimiz ko`p. Poytaxtimizda Jahon tillari universiteti qoshidagi uchta 1-sonli, 2-sonli,3-sonli akademik-litseylar faoliyat ko`rsatmoqda va bularga o`quvchilarning tashrifi ham yuqori.
Topshiriq:  “Mening kelajakdagi orzuim”  ya’ni o`zingiz tanlagan kasbingizni ingliz tilida gapirib bersangiz.(maktab qaysi tilga ixtisoslashgan bo`lsa vaziyatga qaraladi)
  33-mavzu: Kutubxonalar – insoniyat barcha ruhiy boyliklarining durdonasi.
Kun shiori:  “Kutubxonalar — insonning ma’rifiy va ma’naviy  ehtiyojmandi”       
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, kutubxonalarga qiziqishi rivojlantirish, kitoblarga mehr ruhida tarbiyalash.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „Kutubxonaga kirgan odam, hikmatlar xazinasini topgan bo`ladi “
O`qituvchi:
        Taniqli faylasuflardan biri Deni Didro: “Odamlar o`qishdan to`xtashi bilan fikrlashdan ham to`xtaydilar”, degan edi. Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Kitobning insonlar hayotida nechog`liq o`rni borligi katta ahamiyat kasb etsa. Kutubxonalarning o`rni benihoya tahsinga loyiq. Tarixga nazar tashlar ekanmiz. Har bir hukmdorning albatta, o`z kutubxonalari bo`lganligining guvohi bo`lamiz. Shundan o`zimizga xulosa chiqarimiz kerak bo`ladiki, odamzod doimo ilmga intilgan, ma’rifat uchun kurashgan. Jangu jadallarda ham Sohibqiron Amir Temur bobomiz o`zlari bilan alohida otlarda kitoblarni ham olib yurishni talab qilgan. Bundan keyin ham qanchalik darajada ajdodlarimiz ma’rifatga osho qalb egalari ekanligini ko`rib, g`ururlanasan. O`zbekistonimizning har bitta hududida kutubxonalar faoliyat yuritadi. Toshkent shahrida hammamizga yaxshi ma’lumki, Yurtboshimiz tashabbusi bilan  zamon talablariga javob Ma’naviyat va Ma’rifat markazi ochildi.  Bu ziyo maskani o`quvchilarini o`z bag`riga olmoqda. Xalqimizning ma’naviyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Tumanlarda axborot resurs markazlari xalqimizga xizmat ko`rsatmoqda.
   Lekin bizni bitta muammo qiynaydi, oramizda ba’zi bir yoshlar va kattalar borki, ularning ongi dunyosi boylik bilan ovora. Biz o`qituvchilarning vazifasi esa ko`proq o`quvchilarni kitobga va kutubxonalarga jalb etish.
  Topshiriq:  “Mening mo`jazgina kutubxonam”  davra suhbati.
 
34-mavzu: Oq yo`l aziz bitiruvchilar
Kun shiori:  “Xayr, maktabim!”       
Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash, maktabga bo`lgan mehrlarini bir umr yo`qotmaslik.
Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:  „ So`ngi qo`ng`iroq, oxirgi dars “
O`qituvchi:
 O`quvchilarga o`zining samimiy tilaklarini bildiradilar, o`quvchilar ham o`z o`rnida ustozlariga qalb so`zlarini bag`ishlaydilar. Sinfdoshlar bir-birlari bilan xayrlashib, rasmlarga tushib, birinchi ustozlari yoniga boradilar. Maktabning tadbirlar o`tkaziladigan kirish qismida bayramona sahna ko`rinishi.
 XAYR! MAKTAB! SALOM! KOLLEJ, SALOM LITSEY!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek