Ona tili va adabiyot noan’anaviy dars ishlanmalari

DO`STLARGA ULASHING:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
 
 
 
             IBROHIM  YOLDOSHEV
             MUBORAK MIRZARAHIMOVA
«ONA TILI VA ADABIYOT»DAN
NOAN’ANAVIY  DARSLAR
 
(METODIK QO‘LLANMA)
 
 
TOSHKENT — 2006
 
        Mazkur qo‘llanmada “Ona tili va adabiyot” bo‘yicha  noan’anaviy dars ishlanmalari berilgan.
        Qo‘llanma, asosan, “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan “Ona tili va adabiyot” fani o‘qituvchilari hamda magistrlar ham foydalanishlari mumkin.
               
 
Mas’ul muharrir:
filologiya fanlari doktori, professor
Boqijon To‘xliyev
 
 
 
 
 
Taqrizchilar:
pedagogika fanlari doktori, professor Sаfo Matchonov,    
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ra’no Inog‘omova
        Qo‘llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy kengashining 2005-yil  29-dekabrdagi  5-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
 
    Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
                («Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi»dan)
 
SO‘ZBOSHI
 
        Ma’lumki, «Ona tili va adabiyot» darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, oz xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ish olib boramiz.
     Dars o‘tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o‘z vaqtida va o‘rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina etkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «Uyin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz. Ta’lim har doim takomil va yangilanishga mushtoqdir. Shuning uchun, ilojini boricha, ta’limning yangi usullari ustida izlanishimiz talab etiladi. Chunki o‘quvchilarga ham bir xil qolipdagi darslar yoqmaydi, ularni zeriktiradi. Natijada o‘quvchi darsni yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e’tibor berishimiz lozim. Har bir o‘tilayotgan darsga o‘quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun qadrlidir.
        Ushbu qo‘llanma, asosan, “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalariga mo‘ljallangan. Undan talabalar pedagogik amaliyot davrida keng foydalanishlari mumkin.
NOAN’ANAVIY DARSNING ASOSIY  YO‘NALISHLARI:
 
  1. a) o‘quvchilarga mustaqil fikr yuritishni o‘rgatish;
  2. b) o‘quvchi fikrini bir nuqtaga jamlash;
  3. v) o‘quvchilarda fan asoslari, yutuqlari to‘g‘risida
   aniq tushuncha hosil qilish;
  1. g) olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va boshqalarga o‘rgatish va hokazo.
  Shu maqsadlardan kelib chiqqan holda  quyidagi ishlarni bajarish  tavsiya etiladi:
— o‘qituvchilarga kerakli metodik yordam ko‘rsatish:
— turkum fanlar bo‘yicha uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferentsiya
  hamda  seminarlar tashkil etish.
— darslarni kuzatish va ularda IPT elementlarini  qo‘llash
  darajasini  oshirish;
— ilg‘or ijodkor  o‘qituvchilar  tajribasini o‘rganish  va
  ommalashtirish;
        Dars jarayonida umumiy yoki mavhum tushunchalar o‘rniga  aniq ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish va boshqalar. Bugungi taraqqiyot har bir o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodkorlikni, malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbatida, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. XXI asr muallimi yuksak taraqqiy etib borayotgan bugungi fan-texnika yutuqlariga har doim hozirjavob bo‘lishi, ulardan o‘z darslarida samarali foydalana olishi kerak bo‘lmoqda. Darslarda qo‘llanadigan interaktiv usullar o‘quvchilarda o‘z ona tili va yurtiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, ularni mukammal savodxonlik darajasiga ko‘tarish, mantiqiy aniq va to‘liq nutq sohibi bo‘lishiga erishish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Ona tili darslarida o‘tiladigan mavzuga oid  materiallarni topish, ularni bajarishda o‘yin usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, o‘quvchilar ikkiga bo‘linib gap tuzadilar. O‘yin sharti shundaki, birinchi gap qaysi harf bilan tugasa, ikkinchi  gap shu harf bilan boshlanishi kerak. Gaplar ma’lum bir mavzuga oid bo‘lib, natijada matn tuziladi. Masalan: «Odam odamsiz yashay olmaydi. Inson o‘zining xushtabiati, shirin muomalasi bilan odamlar qalbidan joy oladi», kabi. Maktabda adabiy kechalar o‘tkazish ham o‘ziga xos samara beruvchi usullardandir. O‘quvchilar bunday tadbirlarda  she’rlardan namunalar yodlaydilar, timsollarga bo‘linib, asarlardan parchalar ko‘rsatadilar, sahnada o‘zlari ijro etadilar. Bunda o‘quvchi yodlagan har bir jihat uning ongida bir umr muhrlanib qoladi, uning yodidan chiqmaydi.
        O‘quvchi uchun mustaqil o‘rganishga berilgan badiiy asarni taqriz yozish orqali tahlil qilib berish usuli ham ancha samarali natija beradi. Taqriz yozish jarayonida o‘quvchilarda  badiiy asar tiliga e’tibor kuchayadi, ularni badiiy ijodga o‘rgatish imkonlari tug‘iladi. Chunki taqriz yozish jarayonida o‘quvchi har bir so‘zning ma’nosi, salmog‘i va ta’sir kuchini to‘liq anglab etishga harakat qiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FAQAT OHANG VOSITASIDA
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
 
Darsning uslubi: Modul  (andozali) usuli.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni o‘z fikrini aniq, to‘g‘ri
            va ifodali bayon etishga o‘rgatish, matndagi  fikrni
            yozuvchi bayon etganidek tushunishni o‘rgatish.
Darsning jihozi: 1.Texnik vositalar: audio kassetalar,
       kompyuter, kodoskop. 2. Ko‘rgazmalar: ohang vositasida
       bog‘langan qo‘shma gaplar,  rasmlar, 9–sinf  ona tili
       darsligi, Said Ahmadning «Ufq», Malik Murodovning
      «Oltin sandiq ochildi», Abdulla Qodiriyning « O‘tkan
       kunlar», Tursunoy Sodiqovaning «Hazrati ayol», «Mehr
       qolur», Matlabbeka Ulug‘bek qizining «Hikmatlar
       guldastasi» hamda Shavkat Rahmonning «Saylanma»
       kitoblari.
Darsning shiori: Odobning boshi — tildir.
Guruhlarning shiori: 1. Gap – fikrning surati.
  1. Yaxshi nutq — rang-barang gulzorga o‘xshaydi.
  2. Shirin so‘z — inson qalbining chirog‘i.
  3. Mag‘zi butun suhbat – odamni fikrlashga undaydi.
             (Matlabbeka Ulug‘bek qizi, «Hikmatlar guldastasi»).
        Mana, o‘lkamizga Navro‘zi olam kirib keldi. Atrof xushbo‘y gullar ifori bilan burkandi. Shu bois, biz ham bugungi darsimizga  to‘rtta savatda go‘zal gullar namunasidan: chinnigullar, lolalar, binafsha va moychechaklar guldastasini keltirdik.
        Aziz o‘quvchilar! Savatdagi gullardan yoqtirganingizni tanlab, shu gul qo‘yilgan stol atrofiga o‘tiring. Guruhingiz nomi ham ushbu gul nomi bilan ataladi. Dars jarayonida to‘g‘ri javobingiz uchun  bu gullardan terib, baho kartochkalaringizni yig‘asiz.
        Bugungi darsimiz «Faqat ohang vositasida  bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusi ustida boradi. Ћar biringiz quyidagi modul dasturi bilan tanishib, darsga tayyorgarlik ko‘ring.
        112-maktabning 9–sinf o‘quvchisi _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ uchun «Ona tili»dan «Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusi yuzasidan o‘quvchilarning kichik guruhlarida o‘zaro hamkorlikda ishlashga mo‘ljallangan   MODUL USULI.
        MODULNING DIDAKTIK MAQSADI: Siz o‘quvchilar kichik guruhda hamkorlikda mustaqil ishlab, ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish belgilarining vazifasini, xususiyatlarini bilishingiz, nutqiy tafakkuringizni kengaytirishingiz, nutq va muloqot madaniyatingizni  rivojlantirishingiz  zarur.
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materialiga oid topshiriqlar.
Topshiriqlarni bajaring
 
   Baho
I.
Maqsad: faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning xususiyatlarini o‘rganish.
1. Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, tegishli mashqda berilgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni va ularni o‘zaro bog‘layotgan  vositalarni aniqlang.
2. Magnit lentasidan berilgan matnga yozma va og‘zaki izoh bering.
3. O‘tgan mavzuni takrorlash uchun kompyuterda test ishlang.
O‘quvchilar guruhi bilan
hamkorlikda ishlang.
Kompyuterdan
to‘g‘ri foydalaning.
O‘z faoli-yatingizni
baholab
boring
II
Maqsad: ohang yordamida  bog‘langan qushma gaplarni har qanday matndan topa bilish
va  uning vazifasini anglatish.
1.Berilgan adabiyotlardan ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarni toping.
2 «Zakovat» o‘yinida qatnashib tinish belgilarining vazifalarini tushuntiring.
3.Kodoskopda berilgan qo‘shma gaplarni topib, tinish  belgilarini qo‘ying, perfokarta bilan ishlang.
O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
Nechta
to‘g‘ri javob topdingiz?
Belgilab
boring
III
Maqsad: og‘zaki nutqni rivoj- lantirish, mavzuga ijodkorkor- lik bilan yondashish.
1. Adabiyotlardan topilgan qo‘shma gaplar tarkibidagi tinish belgilarini yordamchi so‘zlar bilan almashtiring.
2. Badiiy adabiyotdan tayyor matnni toping va uni ifodali o‘qib, tinish belgilari o‘rnini sxemada  belgilang.
3 Yozuv taxtasida berilgan gaplarni ijodkorlik bilan to‘ldiring.
Tezkorlik bilan ishlang.
Adabiyotlardan foydalaning.
Trening usulida guruh bilan ishlang.
O‘z
kuchingizni
sinab
boring.
IV
1. Modulni yakunlash! Modul-ning didaktik maqsadini o‘qing.
2. Siz moduldan ko‘zlangan maqsadga erishdingizmi? Qay darajada?
3. O‘quv materialidan o‘zlash-tirishga nima yordam berdi va nima xalaqit berdi?
4. Qaysi topshiriq tushunarsiz bo‘lib qoldi? Dars davomidagi faoliyatingizni baholang.
5. Uyga vazifa: belgilangan mashq. Har bir berilgan tinish belgisiga ikkitadan qo‘shma gap tuzib matn tuzing.
O‘z fikringizni bayon eting.
Guruh sardori faoliyatingiz haqida o‘qituv-chiga hisobot
tayyorlaydi.
Umumiy
bahoni
hisoblab
chiqing.
     Aziz o‘quvchilar! Qo‘lingizdagi modul bilan tanishib chiqdingiz. Topshiriqlarni bajarishda vaqtdan unumli foydalaning. Yozma nutqda tinish belgilarining ahamiyati katta. Tinish belgilari o‘z o‘rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham o‘zgarib ketadi. Tinish belgilari yozma nutq mohiyatini yaxshi tushunishni ta’minlaydi. Yozuv taxtasidagi misollarni o‘qib, ma’nosini tushuntirib bering:
  1. Sen katta bola emassan.
(Kichkintoyga uning kichikligi ta’kidlanyapti)
  1. Sen katta, bola emassan.
(O‘smirga endi kichik bola emasligini ta’kidlanyapti)
  1. Solining kelgani rost, emas yolg‘on.
(Rost so‘zidan keyin qo‘yilgan vergul Solining kelganini bildirishga xizmat qilyapti, ishontiryapti)
  1. Solining kelgani rost emas, yolg‘on.
(Bu gapda vergul joyini o‘zgartirib, gapning yolg‘onligini ta’kidlayapti).
     Oqituvchi: Men ham darsni Afandi latifasidan boshlasam: Afandi bir kuni gaplashib o‘tirib, qozini «Siz ahmoq odamsiz» — debdi. Xafa bo‘lgan qozi afandini podshohning oldiga sudrabdi. Voqeadan xabar topgan podshoh afandiga do‘q qilib: «Darhol uzr so‘rab, «Siz ahmoq odam emassiz», — degin, yo‘qsa hozir jallod chaqiraman», — debdi. Ilojsiz qolgan afandi qoziga qarab: «Siz ahmoq, odam emassiz!» — debdi.
(O‘quvchilar darslikda berilgan mashq asosida qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni va ularni o‘zaro bog‘layotgan vositalarni  aniqlashadi. Magnit lentasidan quyidagi matn o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilar matn tarkibidagi tinish belgilarining o‘rnini sxema tarzida belgilaydilar, qo‘shma gaplarni aniqlab, bog‘lovchi vositalarni sharhlaydilar.
     «Oqil bobo deydi: — O‘z vatanini sevmagan odam – yomon odam. Kimda-kim o‘z ona diyorining zamini-yu, oqar suvlarini,  kimsasiz cho‘llari-yu, dala dashtlarini qalbdan seva olsa, unday odam kam bo‘lmaydi, zavol ko‘rmay kamol topadi. Vatangado esa  xalq qahr-g‘azabiga uchragan kishidir. Vaqti kelib unga hatto bir parcha yer ham, kafan ham buyurmaydi. «Bir siqim ona yer tuprog‘i bir hovuch oltindan qimmat», — deb bejiz aytilmagan».
        Chinnigul guruhi: Biz bu matnning sxemasini quyidagicha chizdik:
—- : — ——— — —. ————, —-, ——,———, ——-, ———.
—-.  ——-,——.  «—-»,- ———.
        Lola guruhi: Biz bu matn tarkibida 3 ta sodda gap va bitta nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap borligini aniqladik.
        Moychechak guruhi: Bu matn tarkibidagi qo‘shma gap uyushiq bo‘laklar bilan bog‘langan. Sodda gap tarkibida ham ega uyushib kelgan. Uyushiq bo‘laklarda ham vergul, ikki nuqta va tire ishlatiladi.
        Binafsha guruhi: Bu matnda kimda kim, unday nisbiy so‘zlari, — yu, ham bog‘lovchi yuklamalari, tire, vergul, ikki nuqta tinish belgilari sodda gaplarni o‘zaro bog‘lagan. Ham  bog‘lovchisi takror qo‘llangani uchun har bir bo‘lak vergul bilan ajratilgan.
        Oqituvchi: O‘tilgan mavzularni takrorlash uchun quyidagi testlarni kompyuterda ishlang.
Test bilan  ishlash:
  1. Ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
  2. A) Maktabda o‘qimoq kerak, ammo maktabdan chiqqandan keyin yana ko‘proq o‘qish kerak.
  3. B) Kim o‘qishni istamasa, hech qachon haqiqiy inson bo‘lolmaydi.
  4. C) Hamma sohada chalasavod bo‘lmasliging uchun hamma narsani bilishga intilma.
  5. D) Bo‘lar-bo‘lmasga qattiq kulaverish farosatsizlik va yomon tarbiya alomati.
  6. E) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
  7. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarini bir-biriga bog‘lovchi vositalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
  8. A) Ohang, bog‘lovchilar, yordamchi so‘zlar.
  9. B) Yordamchi so‘zlar, kelishiklar, ohang.
  10. C) Yuklamalar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar, ko‘makchilar.
  11. D) Teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi — yuklamalar, nisbiy so‘zlar, ohang.
  12. E) To‘g‘ri javob yo‘q.
  13. So‘zlarga qo‘shilib yoziladigan yuklamalar qatorini belgilang.
  14. A) –chi, -ku, -da.
  15. B) –a, -yoq, -ya.
  16. C) –u, -yu, -da.
  17. D) –ku, ham, -chi.
  18. E) –mi, -oq, -gina.
  19. Tog‘larda hatto yoz oylarida ham yomg‘ir yog‘adi. Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi qo‘llangan?
  20. A) so‘roq yuklamasi.
  21. B) ta’kid yuklamasi.
  22. C) ayiruv yuklamasi.
  23. D) kuchaytiruv yuklamasi.
  24. E) ushbu gapda yuklama qo‘llanmagan.
  25. Ham so‘zi qanday vaqtda bog‘lovchi sanaladi?
  26. A) hamma vaqt.
  27. B) faqat teng bog‘lovchilar o‘rnida qo‘llanganda.
  28. C) uyushgan bo‘laklarning oxirida takrorlanib kelganda.
  29. D) faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchidir.
  30. E) ham so‘zi bog‘lovchi emas, yuklama hisoblanadi.
  31. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchini qo‘yish mumkin?
  32. A) Osmonni quyuq bulut qopladi,……. yomg‘ir yog‘a boshladi.
  33. B) Osmonni quyuq bulut qopladi,….. yomg‘ir yog‘madi.
  34. C) Ichkaridan ovoz eshitilar, ….. so‘zlari anglashilmas edi.
  35. D) Ko‘chatlar yaxshi parvarish qilindi, …… ular tez o‘sa boshladi.
  36. E) Ќor yoqqani yo‘q, …….. qalin qirov tushgan.
  37. Bog‘lovchi vazifasidagi -u (-yu) yuklamalari qaysi bog‘lovchilar o‘rnida qo‘llanishi mumkin?
  38. A) biriktiruv bog‘lovchilar.
  39. B) zidlov bog‘lovchilar.
  40. C) ayiruv bog‘lovchilar.
  41. D) biriktiruv va zidlov bog‘lovchilar.
  42. E) biriktiruvchi, zidlovchi va ayiruv bog‘lovchilar.
  43. Yordamchi so‘zlarni toping.
  44. A) Asablarning sog‘lom bo‘lishi uchun badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim.
  45. B) O, qanday chin baxtga to‘lg‘in bu onlar!
  46. C) Munofiqlik va soxtalik do‘stlik uchun yotdir.
  47. D) Suvning yuzi jimir-jimir qiladi.
  48. E) A va S to‘g‘ri.
(Test kalitlari: 1-D, 2-D, 3-E, 4-D, 5-B, 6-D, 7-D, 8-E )
        O‘qituvchi: Oquv faoliyatining ikkinchi elementida siz ko‘rgazmada taqdim etilgan badiiy adabiyotlar sahifalaridan faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarni topishingiz va «Zakovat» o‘yinida qatnashib, tinish belgilarining vazifalarini guruhingiz bilan hamkorlikda tushuntirishingiz kerak bo‘ladi.
        Chinnigul guruhi: 1. Bu xunuk xabarni eshitganda qiz butun borlig‘ini unutgan, (shu sababli) esankirab nima qilishini bilmay tong otguncha yurib chiqqan edi.
  1. Qiz bola nozik narsa, (shu sababli) tengi chiqsa tekin ber, degandek, (shuning uchun) vaqtida egasiga topshirsak, yomon bo‘lmasdi.
  2. U uyga qaytarkan: «To urush tamom bo‘lguncha yerto‘ladami, o‘radami kun kechiraman», degan o‘yda edi.
  3. Ufqdan uch nuqta qoldi, bu – Nizomjon, bu – Dildor, bu – Zebi.
(Said Ahmad «Ufq» romanidan)
  1. Nodirajon, Shoirajon,
   Tanam qimir etmaydi,
    Boring, qorli tog‘larga:
    Bir shoir yotibdi deng,
    Xudoning hovlisida…..
    Osmon to‘la havolar,
    Faqat menga yetmaydi.     (ikki nuqta, vergul)
  1. Jismingda jon bo‘lsa
    Undan xazar qil,
    Haqorat – xotirga sanchilgan nayza.
                (Shavkat Rahmon, «Saylanma»).
        Lola guruhi: 1. Qissadan hissa: Nonni ko‘z qorachig‘iday saqla, dehqon mehnatini oqla. (ikki nuqta)
  1. Xalq maqolida: — Yerni go‘zal qilgani sayin, go‘zal bo‘lar o‘zi ham inson, — deb bejiz aytishmagan. (ikki nuqta)
  2. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gap sotib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar
ustida bahslashish, yoxud ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. (tire, vergul)
  1. Vaqt — tig‘iz, qadrlagan – aziz. (tire)
      (Malik Murodovning «Oltin sandiq ochildi» odobnomasi)
  1. El qirildi turkiy o‘lkada,
        El qolmadi – keldi ajali,
        Kim qoniga botdi u o‘lkada,
        Kim g‘ajildi namoz mahali.
  1. Sezaman – poyonsiz qorong‘ilikda
        Chinqirib o‘sadi xo‘rlangan maysa.
                        (Shavkat Rahmon, «Saylanma»).
        Moychechak guruhi: 1. Ammo rostingni ayt: ko‘nglingda bu yo‘lni ixtiyor etib to‘g‘ri qildimmu, yo‘qmu, degan bir ishtiboh yo‘qmu? (ikki nuqta).
  1. Dargohi ilohiyning gadosi — haq-taoloning suyukli bandasi erur. (tire).
  2. Ha, hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rmagan, o‘n gulidan bir guli ochilmagan bu nozik qiz: qirqqa borib qolgan, chekmagan zahmati, ko‘rmagan balosi  qolmagan. (ikki nuqta).
                             (Odil Yoqubov, «Ulug‘bek xazinasi»).
  1. Qutidor xotiniga kulib qaradi: — Eri yaxshi bo‘lsa, kundosh balosi nima degan gap? (tire).
  2. Zero, Anvar hozir butun shaharga dong‘ tortg‘an, shaharning ulamosi, ashrafi, bek va bekbachchasi Anvarni taniydir; Anvarga mazkur oliy tabaqalarning har qaysisi ham o‘z qizini berib, kuyov qilishg‘a tayyor. (nuqtali vergul, vergul).
  3. Andisha va ehtiyot yuzasidan bu xatni alohida yozib, kitob ichiga yashirdim: Anvar aka, og‘ir soatlarda yoningizda turg‘uchi do‘stdir; qochquchi esakim – buni sizning hukmingizga havola qilaman. (ikki nuqta, nuqtali vergul, tire).
          (Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon»).
        Binafsha guruhi: 1. Azizim, har qanday yomon ishning bir jihati xosiyatdir: 16-fevral katta-yu kichikka bir dars, hushyor torttiruvchi bir saboq bo‘ldi! (ikki nuqta, vergul)
  1. Bolalar dunyosi chinnidan qurilganday nafis – salga darz ketadi. (tire)
  2. Ayol qaynar buloq: uning bir ismi Mehr, bir ismi Muruvvat, yana bir ismi Fidoyidir. (ikki nuqta)
  3. Mardlik, tantilik, lafzda turish kabi xislatlar ayol toifasida kuchliroqdir: sevgisini yashirin asrash – mardlik; shaytonning yo‘liga yurmay, sharm-hayo bilan turish – mardlik; hamisha o‘zini kamtar va siniq tutish – mardlik.
       (tire, ikki nuqta)
  1. Bola – shamol, tiyaylik, — deb ayt,
        Guldir – xorin qiyaylik – deb ayt.
        Oy misoli jinday dog‘i bor,
        Artib, so‘ngra suyaylik, deb ayt.
        Yomon, deb ayt hammaga bir-bir,
        Onasiga aytma bari bir.
  1. Kelsam onam: jonimga jon qo‘shgani,
        Tursun Jonim kelibdi, deya yayraydi.
        Men esam-chi, tashib qo‘sha-qo‘sha g‘amni,
        Nuqul bolam tashvishidan sayrardim.
        Joningizga jon bo‘lmadim, onam-a.  (ikki nuqta)
  1. Nogoh yo‘ldan baxil chiqdi, bo‘sh so‘zimni terdi u,
        O‘z so‘zim-la o‘z-o‘zimni savaladi: o‘ylandim,
        Ziyrak tortdim – til tiyishdan,
        Ajib saboq berdi u. (ikki nuqta, tire)
            (Tursunoy Sodiqova «Mehr qolur», «Hazrati ayol»)
        O‘qituvchi: Siz badiiy adabiyot sahifalaridan faqat ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarni topdingiz. Endi dam olish bekatida quyidagi topishmoqlarga javob topib, so‘ngra har bir stolga qo‘yilgan tinish belgilarning (tire, ikki nuqta, nuqtali vergul, vergul) gapdagi o‘rni haqida guruhingiz ma’ruza qiladi.
  1. Jinqarcha deb, meni demang norasida,
     O‘rnim tengdosh bo‘laklarning orasida.
        Fikrlarning «raz’ezdi» — men, menda birpas –
        Olib o‘tar har o‘quvchi yarim nafas…   (vergul)
  1. Yozuvlarga izlab ma’no, Yo‘l ko‘rsatay o‘zim dono.
     Har gap, so‘zga, harfga hatto, Etolaman izoh ato.  (tire)
  1. Erkin duradgor, Tolib shifokor.
     Erkin, Tolibdan keyin ne darkor?  ( tire )
  1. Katta akang Samandar ishchan, ilg‘or paxtakor.
     Samandardan oldin, so‘ng bir nimalardir darkor? (vergul)
        Chinnigul guruhi: Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘laklar orasida; takrorlanuvchi bog‘lovchilar bilan birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga; zidlovchi bog‘lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga; undalmalarni ajratish uchun; kirish so‘zlari va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gaplarni ajratish uchun; ha va yo‘q so‘zlarini gap bo‘laklaridan ajratish uchun; gapning ajratilgan bo‘laklarini ayirib ko‘rsatish uchun; bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda; va, ham, hamda, yoki kabilardan boshqa bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarda; muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratishda vergul ishlatiladi.
    Lola guruhi: Nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi: 1. O‘z ichida vergul bo‘lgan yopiq uyushiq bo‘laklar orasida: «Mehnat, ijod, odam; sharafli dil yorug‘i, hayot quvonchi — hammasining asl manbai sen, vatanim – tinchlik tayanchi».
  1. O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda: Shinel jiqqa ho‘l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
    Moychechak guruhi: Ikki nuqta fikrning to‘la tugallanmaganligini, bundagi tugallik keyingi gap orqali ochilishini anglatish uchun qo‘llaniladi. Bu uning asosiy xususiyati bo‘lib: 1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni ajratish uchun qo‘llanadi: Bir gap ikkinchi gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa; natijasini ko‘rsatsa; agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa; ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng qo‘llaniladi. 2. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan ilgari kelganda, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin qo‘yiladi.
    Binafsha guruhi: Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi: Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda umumlashtiruvchi so‘zlardan oldin qo‘yiladi. Ba’zan ajratilgan bo‘laklarda ham ishlatiladi. Kiritma gap ham tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi. Dialog  shaklidagi ko‘chirma gaplarda, tenglik ma’nolarini bildirishda ham ishlatiladi. Kesim yoki ega harakat nomi bilan  ifodalansa, egadan keyin tire qo‘yiladi. (O‘qish — hayotni tushunish.) Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanib, alohida ajratib ko‘rsatilsa, bog‘lama va kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi.  Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning  mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa, birinchi gapning mazmuni ikkinchi gapning mazmuniga o‘xshatilsa, birinchi gap ikkinchi gapdan   anglashilgan ish-harakatning paytini  yoki shartini bildirsa ham tire qo‘yiladi. (Ko‘z qo‘rqoq — qo‘l botir).
    (Kodoskopda berilgan qo‘shma gaplarning tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib, sodda gaplar qay vosita orqali o‘zaro bog‘langanini o‘z variantingiz asosida qo‘lingizdagi perfokarta- dan  belgilang).
  1. Jangda o‘lgan emas biror bahodir (,)
     bari halok bo‘lgan  xiyonatlardan.
  1. Toshday uxlaganda to‘shlarin ochib
     yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan.
  1. Hamal (-) bol nafasli (,)
     tonglari (-) pushti (-)
     quyosh qahrabo may to‘la kosadir.
  1. G‘ijirlaydi bezovta chinor (,)
     ogoh etib  shovillaydi (:) ku-uz (,)
     ammo uchta sap-sariq ilon
     ag‘ochlarga o‘rlardi (,) afsus.    (Sh.R.)
  1. Eshikka qarang (,) birov keldi-yov.
  2. A’lo mamlakatning a’lo farzandi
       bilib qo‘yki (,) seni Vatan kutadi. (G‘.G‘.)
  1. O‘ldimi (,) uxladimi (,) endi baribir unga. (H.O.)
  2. Har kimki vafo qilsa (,) vafo topqusidir (Bobur)
                     PERFOKARTA BILAN ISHLASH
teng       !     ergashtiruvchi  !   bog‘lovchi    ! nisbiy    !  Ohang
bog‘lovchilar!     bog‘lovchilar   !  yuklamalar    ! so‘zlar    ! vositasi
—————————————————————————————-
  1. X
  2. X
  3. X
  4. X
  5. X
  6. X
  7. X
  8.                                                     X
—————————————————————————————-
(Guruhlar keyingi bosqichda badiiy adabiyotlardan topilgan, quyidagi qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lovchi tinish belgilarini yordamchi so‘zlar bilan almashtiradilar).
  1. Ro‘zg‘or Tohir Zuhrolik, (va) Layli – Majnunlik emasligini, ro‘zg‘or cheki yo‘q kurash, (hamda) yutish — yutqizishlar maydoni ekanligni yod etib yur!
  2. O‘qituvchi bolaga chandon nafis tarbiya, (va) ishlov bermasin, (ammo) uning uyida otasining og‘zidan bodi kirib, shodi chiqib tursa, (yoki) yeydigan ovqati birovning haqi bo‘lsa, bola qanday poklansin!
  3. Padaringiz uyi avlodingizning ruhlari-yu, (hamda) tiriklari to‘planadigan joy, (shuning uchun) imkoningiz yetgancha u yerni obod qilishga intiling.
  4. Tilingizni yomon so‘zdan tiying – (chunki) bir marta aynigan til yana ayniyveradi.
        O‘qituvchi: Darsimizning ijodkorlik bosqichida siz yozuv taxtasida berilgan gaplarni maqsadi nuqtai nazaridan tahlil qilib, guruh bilan hamkorlikda o‘z fikringizni bildiring. Bu  topshiriq trening usulida o‘tadi.
  1. Nazardan qolmoqlik ulkan fojiadir – nazardan qolganlarning oilasi ham hech qachon ungan emas, o‘sgan emas.
        Chinnigul guruhi: Unday kishilar aybini tan olmaydi, boshqalarga ozor beradi; biri ikki bo‘lmaydi; uyidan baraka ketadi; oila tanazzulga yuz tutadi: nomardlik uning hamrohiga aylanadi; nomard taqdiridan noliydi; uyida janjal ko‘p bo‘ladi; noshud — qo‘rqqanidan firib beradi; oiladan omad  ketadi; atrofdagilarga qo‘shila olmaydi, e’tibordan qoladi…..
  1. Dunyo bergan bor narsasini yo‘qotgan keksalar bora-bora mung‘ayib qolarkan, shunday paytda ularni: onasi bo‘lib erkalatmoq kerak.
        Lola guruhi: otasi bo‘lib ko‘nglini olmoq kerak; eng yaqin kishisi bo‘lib mehribonchilik ko‘rsataylik;  xasratlarini erinmay tinglaydigan dardkashi bo‘laylik; yuragiga malham, beliga quvvat bo‘laylik;  ulardan tez-tez xabar olaylik; vaqtimizni ajratib sayrga olib chiqaylik; shirin gapimizni ayamaylik;  chehramizni ochib gaplashaylik; imkon qadar sovg‘alar qilaylik; yo‘limizga termultirmaylik  va h.k.
  1. Mehr qozonish insonga qanot beradi:
        Moychechak guruhi: mehr — hayot lazzati; mehr – oilaning quvvati va joni; mehr — ko‘ngil uyini tozalovchidir; mehrli ko‘ngilda g‘ubor bo‘lmaydi; qalb muzini  mehr eritadi; mehr-muhabbati yo‘q xonadonga baxt kelmaydi; qalbni zabt etish uchun jang emas, mehr kerak; odam hech qachon mehrdan to‘ymagan; ota-ona mehri — o‘zidan so‘ng ham nur qoldiradi va h.k.
  1. Har bir odamning suyanch tog‘lari bo‘ladi: bandalari oyog‘ingdan ming tortsinlar – xudo suyasa, seni hech kim kamsitolmaydi;
        Binafsha guruhi: Vatan – tayanch nuqtamiz; ota-ona uchun farzand — qalb g‘ururi; ota – umr bog‘boni; bola og‘ir yuk ko‘tarsa, onaning beli og‘riydi; etsiz tirnoq — hech narsaga yaramaydi; panjalar to‘plansa – musht hosil bo‘ladi; do‘st — do‘stga suyanchiq; do‘stning mehri – umr oftobidir; bilim – kelajakning yo‘li; aql – odamning qanoti va h.k.
        O‘qituvchi: Darsimizning yakunida modulning didaktik maqsadini o‘qing. Quyidagi savollarga javob bering.
  1. Siz moduldan ko‘zlangan maqsadga erishdingizmi?
  2. O‘quv materialini o‘zlashtirishga nima yordam berdi va nima xalaqit berdi?
  3. Qaysi topshiriq tushunarsiz bo‘lib qoldi?
(O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z xulosalarini bayon etishadi. Guruh sardorlari o‘quvchilar o‘zlari uchun qo‘ygan baholarini ko‘rib chiqib hisobot beradilar).
                       
 
 
 
QO‘SHMA   GAP
Darsning maqsadi: Ona tili darslariga o‘quvchilarni
                  qiziqtirish, ularning nutq  malakasini,
                  mantiqiy tafakkurini oshirish, ravon
                  ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning jihozi: Texnik vositalar: audiokassetalar, 9-sinf
                  adabiyot darsligi, Tursunoy Sodiqovaning
                 «Mehr qolur», Shavkat Rahmonning «Saylanma»
                  kitoblari.
Darsning uslubi:  Berilgan topshiriqlarni birin-ketinlik
                   bilan bajarish – zigzag usuli.
Darsning shiori:  Ilmni kitobdan, bilimni hayotdan o‘rgan!
        O‘qituvchi: Bugungi darsimizning mavzusi «Qo‘shma gap». Darsimizning uslubi sizga berilgan topshiriqlarni birin-ketinlik bilan – zigzag usulida bajarishdan iboratdir. Mavzuni o‘rganishda quyidagi topshiriqlarni bajarish qo‘shma gaplarning sodda gapdan farqini va ularning turlarini o‘rganish hamda sekin-asta bu gaplarni nutqda qo‘llashga  qaratilgan. Avvalo, siz berilgan uch daqiqa ichida quyidagi zakovat savollariga javob berib, o‘z guruhingizni aniqlab oling. Topshiriqni to‘g‘ri bajarsangiz, kartochka olish huquqiga ega bo‘lasiz. Darsimiz nihoyasida kartochkalar yordamida g‘olib guruh aniqlanadi. Topshiriqlarni bajarish vaqtini qumsoat besh daqiqadan belgilab beradi.
        Zakovat savollari:
  1. Nutq tovushlari tizmasi nima?
(Nutq tovushlari tizmasi so‘zlarni, so‘zlar tizmasi so‘z birikmalarini, so‘z birikmalari tizmasi gaplarni, gaplar esa matnni hosil qiladi).
  1. Sodda va qo‘shma gaplar qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi? (grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra)
  2. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lovchi vositalarni ayting. (bog‘lovchilar va ohang, nisbiy so‘zlar, yuklamalar)
  3. Qaysi qo‘shma gaplarning qismlari shaklan mustaqil bo‘ladi? (bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning)
  4. Qo‘shma gaplarning qaysi turida sodda gaplar o‘zaro teng bog‘lovchi va bog‘lovchi vazifasidagi yordamchilar yordamida birikkan? (bog‘langan qo‘shma gaplarda)
  5. Kuz kelsa, o‘riklar gullaydi. Ushbu gapdagi sodda gaplar qaysi jihatdan bog‘lanmagan? (mantiqan )
  6. Va bog‘lovchisi bilan bog‘langan qo‘shma gapga misol keltiring. (Maktab hovlisidagi bog‘da turfa gullar ochilgan va rang-barang kapalaklar guldan-gulga qo‘nib yayraydi)
  7. Biriktiruvchi bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari o‘zaro qanday vositalar bilan birikadi? (biriktiruvchi bog‘lovchi va –u, -yu, -da yuklamalari bilan)
  8. Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda qaysi tinish belgilari qo‘llanadi? (tire, vergul, nuqta vergul hamda ikki nuqta)
  9. Og‘zaki nutqning ko‘rki nimada? (ogzaki nutqning ko‘rki nutq tovushlarining aniq va to‘g‘ri talaffuzida, ohangning me’yorida, ovozning baland pastligida, to‘xtamning o‘rinliligida o‘z aksini topgan)
(O‘quvchilar tadqiqotchilar, munaqqidlar, va zukkolar donishmandlar guruhlariga ajralib, stol ustiga qo‘yilgan quyidagi topshiriqlarni birin-ketinlik bilan bajaradilar)
1-stoldagi topshiriq: Berilgan 5 daqiqa ichida qo‘shma gaplarga oid maqollardan, she’riy satrlardan namunalar keltiring va ularning bog‘lanish vositalarini ayting.
    Tadqiqotchi guruhi:
  1. Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan, tafakkur sasigan, ruhlari so‘lgan, urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda o‘z bekim davlatin qursak maylimu? (ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap, tuzilishiga ko‘ra so‘roq gap)
  2. Agar tirik bo‘lsa, bir chetda turmay, hozirgi yoshlarga sardor bo‘lardi, goh ko‘kdan yog‘ilgan, goh erdan chiqqan tuhmatu baloga qalqon bo‘lardi. (Sh.R.) (ayiruv bog‘lovchisi vositasida)
  3. Farosat bozorda sotilmas, aql tarozida tortilmas.  (ohang vositasi orqali )
  4. O‘ylab gapirgan, maqtovda bo‘lar,
      O‘ylamay gapirgan, mazahda qolar.
Munaqqidlar guruhi:
  1. Tamizli odam – tuzli odam,
   tamizsiz odam – tuzsiz odam.
     (faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap)
  1. Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mandadur mavjud,
         chunon sultoni azmudurman, arshi a’loga sig‘mamdur.
            (ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida)
  1. Gahi o‘ris, gahi cherkas, gahi mo‘mindurman gahi,
     ne kavlaysan, miyonu lou illalog‘a sig‘mamdur.
            (ayiruv bog‘lochisi vositasida)
  1. Mudom miskindurman, lekin g‘ulomi Mashrabingdurman,
     Meni bechora bu dunyo bila uqbog‘a sig‘mamdur.
                      (Mashrab)      (zidlov bog‘lovchi vositasida)
Donishmandlar guruhi:
  1. Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga
            sadaqa bo‘ladi.     (ohang vositasi bilan)
  1. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, Orlanib so‘ramagan
           o‘ziga zolim.  (ohang vositasida)
  1. Ko‘p yig‘lama, og‘riydi boshing,
       axir baxtli bo‘lmog‘imiz shart.
       Yomon bo‘lar agar ko‘z yoshing
       tugab qolsa, kelgunicha Baxt.
      (bog‘lovchi yuklama va agar bog‘lovchili qo‘shma gaplar)
  1. Kel, yashirib qo‘yayin seni
        yurakning eng chuqur eriga,
        keyin sen ham yashirgin meni
        yurakning eng chuqur eriga.
       Topolmasin bizlarni birov. (ergashtiruvchi bog‘lovchi vos.)
                               (Sh. R.)
   Zukkolar guruhi:
  1. Dunyo qizil, sariq deb,
      bekor bizga berishgan saboq,
      dunyo azal rangindir va biz
      o‘ylagandan ko‘ra ranginroq.
            (ergashtiruvchi bog‘lovchi, biriktiruv bog‘lovchi vos.)
  1. Xayr, Bahor! Alvido, Bahor!
     Ushalmasdan qoldi armonim,
     biroq kutgil, dediyu  Bahor-
     lablarimga bosdi barmog‘in.     ( zidlov bog‘lovchi orqali)
  1. Bir nafis gul ko‘rdik yovuz jununda,
     Orzulab ismini armona qo‘ydik,
     ismi jismiga mos armona bo‘ldi,
     bu gulga tikilib vayrona bo‘ldik.  (ohang vositasida )
  1. Hozirgi yoshlarda pokizalik bor,
     tirik qalblariga diyonat ega,
     go‘yo pok tabiat yomon ko‘zlardan
    asrab qo‘yganlarin shularga bergan. ( ayiruv bog‘lovchi vos.)
                                          (Sh. R.)
2–stoldagi topshiriq:  Quyidagi qo‘shma gaplarni ikki sodda gapga ajrating. Har bir sodda gapning bosh bo‘laklarini ko‘rsating.
Tadqiqotchi guruhi:
  1. Odam faqat bilmagan narsadan qo‘rqadi. (,) Bilim esa har
   qanday qo‘rquvni engadi. ( odam qo‘rqadi, bilim engadi)
  1. Bahor keldi. (va) Dalada ish avj oldi.
                                          (bahor keldi, ish avj oldi)
Munaqqidlar guruhi:
  1. Hamma vaqt shirinso‘z bo‘linglar. (,) Og‘izlaringizdan
   doimo yaxshi, ma’nili so‘z chiqsin.
                             (shirinso‘z bo‘linglar, so‘z chiqsin)
  1. Ba’zi tengdoshlarimning so‘z boyligi kam. (shuning uchun)
   Tili juda qashshoq, so‘zlari lanj.
                    (so‘z boyligi kam, tili qashshoq, so‘zlari lanj)
Donishmandlar guruhi:
  1. Ona Vatanni himoya qilish — fuqarolik burchi. Ota-onaga
   sadoqat va ularga xizmat qilish –farzandlik burchi. (,)
    (himoya qilish fuqarolik burchi, xizmat qilish farzandlik burchi)
  1. Kishi dunyoga mukammal inson bo‘lib kelmaydi. (,) U
   tug‘iliboq aqlli, dono bo‘lib qolavermaydi.
                      (kishi kelmaydi, u bo‘lib qolavermaydi )
Zukkolar guruhi:
  1. Folklor bamisoli qaynar buloq. (,) U tinim nima, to‘xtash nimaligini bilmaydi.
                          (folklor buloq, u bilmaydi)
  1. Hammamiz xursand bo‘ldik. (,) Chunki Elbek tanlovda
g‘olib bo‘ldi.           (xursand bo‘ldik, Elbek g‘olib bo‘ldi)
3-stoldagi topshiriq:  Sodda gaplardan  qo‘shma gaplar tuzing.
Tadqiqotchi guruhi:
  1. Futbol o‘yini juda qiziqarli o‘tdi (,) Bu o‘yinda bizning sinfimiz o‘quvchilari g‘olib chiqdilar.
  2. Alisherga bulbulning «navo» degan so‘zi yoqib qolibdi (va) U g‘azallariga «Navoiy» deb taxallus qo‘yadigan bo‘libdi.
Munaqqid guruhi:
  1. O‘qituvchi sinfga kirdi (hamda) Dars boshlandi.
  2. Masalliq mo‘l bo‘lsa, osh mazali bo‘ladi (,shuningdek)
        Lug‘at xazinasi bisyor odamning tili biyron bo‘ladi.
Donishmand guruhi:
  1. Yodlangan qoida va ta’riflar xotiramizdan tezda ko‘tariladi
        (,shuning uchun) Yodlashga ketgan vaqtimiz ham befoyda,
        zoye ketadi.
  1. Chumolilar ittifoq bo‘lib yashaydilar (, shuning uchun) Ular
        dushmanlaridan   ham qo‘rqmaydilar.
Zukkolar guruhi:
  1. Baxilga yo‘liqqanga bir qiyin (, biroq) Uning o‘ziga esa  ming bir qiyindir.
  2. Mehr inson bolasi uchun yashash ehtiyojidir (, biroq) Senda esa aynan shu mehr etishmaydi.
4-stoldagi topshiriq:  Gaplarni davom ettiring.  Hosil bo‘lgan gapning tuzilishi va bog‘lovchisiga ko‘ra turini aniqlang.
Tadqiqotchi guruhi:
  1. Bahor keldi…. va hamma yoq  ko‘m-ko‘k maysalar bilan qoplandi. (teng bog‘lovchili qo‘shma gap)
  2. Mahkam bog‘lasang mehnatga bel…….., mehnat bilan yashnaydi el. (ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap)
Munaqqid guruhi:
  1. Tangri saxiydir…, u saxiylarni do‘st tutadi. (ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap)
  2. Ildiz oziq bersa…, novda ko‘karar. (ergashgan qo‘shma gap)
Donishmand guruhi:
  1. Ezmalikdan xazar qil……, so‘zingni muxtasar qil. (ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap)
  2. Vatanimizni sevamiz…… , shuning uchun uning go‘zal tarixini bilishimiz kerak.
Zukkolar guruhi:
  1. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldik kelsa……. , muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. (ergashgan qo‘shma gap)
  2. Yomg‘ir tomchilayotgan bo‘lsa ham………. , havo iliq edi. (bog‘lovchi yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma gap)
(Guruhlar 1-stol topshirig‘iga yana murojaat qilib, quyidagi «jadvalni to‘ldiring» topshirig‘ini bajardilar):
   Juft so‘zlar       Takroriy so‘zlar        Qo‘shma so‘zlar
 past-baland             erkin–erkin                 toshbaqa
 yig‘im-terim            katta-katta                  issiqko‘l
 uzun-qisqa              chopa-chopa               Toshpo‘lat
 ob-havo                 chaman-chaman            belbog‘
 eson-omon              yashik-yashik               beshotar
 uch-to‘rt                 qand-qurs                   havorang
 uy-joy                   xalta-xalta                   kungaboqar
 nari-beri                 savat-savat                  ko‘zoynak
 achchiq-chuchuk        bidon-bidon                 belkurak
 o‘g‘il-qiz                tez-tez                       tillarang
 kattayu-kichik           qavat-qavat                 pechakgul
 yoshu-qari               qiziq-qiziq                  atirgul
 ota-ona                   kichkina-kichkina         chinnigul
 el-yurt                    shirin-shirin                nimchorak
        (Guruhlar quyidagi nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarni 2-stol topshirig‘iga binoan tuzadilar)
  1. Kimki, ota-onasini chuqur hurmat qilsa, ularni rozi qilsa, albatta farzandlari ham uni e’zozlaydi.
  2. Kimning sadoqatli do‘sti ko‘p bo‘lsa, o‘sha dunyodagi eng baxtli kishidir.
  3. Kimda-kim yoshlikdan badiiy adabiyotga astoydil mehr qo‘ysa, uni ko‘p o‘qisa,  o‘sha yuksak madaniyatli, tili boy, uquvli kishi bo‘ladi.
  4. Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar qilma ayt, Tengri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?
(Guruhlar 4-stoldagi: “O‘zbekiston” so‘zi bilan so‘z birikmasi hosil qiling” topshirig‘ini quyidagicha bajaradilar).
  1. 1. Mustaqil O‘zbekiston     2. 1. Serquyosh O‘zbekiston
  2. Go‘zal O‘zbekiston 2. Nurafshon O‘zbekiton
  3. Sevimli O‘zbekiston 3. Bag‘ri keng O‘zbekiston
  4. Qudratli O‘zbekiston 4. Mening O‘zbekistonim
  5. 1. O‘zbekiston diyori 4.  1. O‘zbekiston hududi
  6. O‘zbekiston xalqi 2. O‘zbekiston jamoli
  7. O‘zbekiston bog‘lari 3. O‘zbekiston kelajagi
  8. O‘zbekiston tog‘lari 4. O‘zbekiston bayrog‘i
4-stol topshirig‘i: Matnning yaratilish bosqichlariga amal    qilgan holda quyidagi so‘zlardan foydalanib matn tuzing.
———— — ——————— — ——————- — —————————
So‘z              So‘z birikmasi            Gap                Matn
 
Tadqiqotchi guruhi:
    Bahor … Erta bahor…. O‘lkamizga bahor keldi. Dov-daraxtlarda shoda-shoda zumrad marjonlar terilgan, ona-zamin xamirday ko‘pchib turibdi. Dimog‘ingizga jannatiy  iforlar uriladi, hamda kayfiyatingiz ko‘tariladi. Bu manzarani ko‘rmoq rohat va his qilmoq qanchalik Baxt!
 
Munaqqid guruhi:
    Hijob… Hijobli fe’l… Kishining fe’li hijobli bo‘lsin. Hammaning kiyinishida shunday rusm bo‘lsa, boshqa gap edi. Odamlarning etiborini tortish ham islomga zid, undan ko‘ra, o‘zimizning milliy kiyimlarimizga yo‘l ochaylik.
 
Donishmand guruhi:
    Muhabbat….. Nurli muhabbat….. Muhabbat betakror. U shunday ozorsiz nurki, butun hayotingni xolisona yoritib, iliqlik va to‘liqlik baxsh etib turadi. Muhabbatni orzu qilish, unga xayolan ergashish  va u bilan xayolan gaplashishday baxt yo‘q!
 
Zukkolar guruhi:
Vatan….. Vatan ishqi….. Vatanga muhabbat yuragimning to‘ridan joy olgan. U ne’mat! Ta’rifi yo‘q mavjudlik. U — ilohiy tuhfa! Vatanning katta-kichigi, xunuk-chiroyligi bo‘lmaydi, shuning uchun kimdir tiz cho‘kib «Vatanim» deya bo‘zlaydi.
        Guruh a’zolari  yozuv taxtasidan  quyidagi shartli  tovushlarni               o‘qiydilar: 1. Q.g.t.s.g.q.g.v.yo.b.
        2.T.b. 3.E.b. 4.F.sh.m. 5. F.x.sh. s. r. 6.Yu. 7.K. 8. K.q.
   Shartli belgilar quyidagicha o‘qildi. Maqsad o‘quvchilar xotirasini mustahkamlashdir.
  1. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar quyidagi grammatik vositalar yordamida bog‘lanadi.
  2. Teng bog‘lovchilar.
  3. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
  4. Fe’lning shart mayli.
  5. Fe’lning xoslangan shakllari, sifatdosh, ravishdosh.
  6. Yuklamalar.
  7. Ko‘makchilar.
  8. Kelishik qo‘shimchalari.
        Guruhlarning bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash uchun ularga tarqatma testlar beriladi.
Test bilan ishlash:
  1. Qaysi qatorda qo‘shma gap tarkibidagi  sodda gaplar
  yuklama yordamida bog‘langan?
  1. A) Baxtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening
           ko‘zimga.
  1. B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr shu erda bo‘ladi.
  2. C) Bunda bulbul kitob o‘qiydi.
           Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
  1. D) Ko‘rdingizmi, xalq shunday qudratli kuch-da.
  2. Qaysi qatorda sodda gap berilgan?
  3. A) Oltin olma, duo ol.
  4. B) Na suv bor, na ozuqa, na daraxt.
  5. C) Til — qalblar
  6. D) Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, o‘zingizni shuncha
           bilimdon, kuchli his  qilasiz.
  1. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan hokim tobe munosabatli
   qo‘shma gapni aniqlang.
  1. A) Kishiga hunar baxti iqbol eshigini ochadi.
  2. B) Til inson madaniyatining ifodasidir.
  3. C) Kim nodonni qadrlasa, uning qadri ketadi.
  4. D) Til — tig‘siz yov, kamonsiz o‘q.
  5. Fe’lning shart mayli yordamida bog‘langan hokim tobe
   munosabatli qo‘shma gapni belgilang.
  1. A) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
  2. B) Kitob – kishini toblaydigan eng yaxshi do‘st.
  3. C) Agar jahon bir gulzor bo‘lsa, ona, siz unda
           yashnagan gulsiz
  1. D) Saxiyning nomi hech qachon o‘chmaydi, u mangu
            yashaydi.
                                                  Test kalitlari: 1)E. 2) D. 3) D.  4) D.
    O‘qituvchi: Darsimiz yakunida yiqqan kartochkalaringizni  tekshirib ko‘ring..Sizning-cha, guruhingizdagi eng faol o‘quvchi kim? Juda yaxshi. Endi quyidagi uyga vazifani ushbu Ozodbek Nazarbekovning «Sen gulsan» qo‘shig‘i ijrosida yozib oling.
  1. 17-mashq. Matndan qo‘shma gaplarni topib, tarkibidan sodda gaplar nechtaligini aniqlang.
  2. Uchta sodda gapdan tashkil topgan qo‘shma gaplardan birini
daftaringizda «Murakkab qo‘shma gap namunasi» deb sarlavha qo‘yib ko‘chiring.
  1. Adabiyot darsligingizdan o‘rin olgan badiiy asar namunasi sahifalaridan murakkab qo‘shma gaplarga misollar toping.
O‘ZBEK TILIDA SO‘Z-GAPLAR
 
Darsning maqsadi:  Darslikning 231-mashqidagi «O‘zbek
                       tilida  so‘z – gaplar haqida» matnining
                       mazmunini o‘zlashtirish, so‘z – gaplar
                       mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning
                       savodxonligini oshirish.
Darsning jihozi:  «So‘z-gaplar» mavzusi bo‘yicha ko‘rgazmali
                       qurollar, kartochkalar, testlar, kodoskop,
                       magnitafon.
Darsning uslubi:  Musobaqa dars.
Darsning borishi: a) darsni tashkil etish:
  1. b) o‘tilgan mavzuni so‘rash.
        Dars o‘qituvchi tomonidan berilgan quyidagi  savollardan boshlanadi:
  1. Taklif so‘z-gaplar kimlarga qaratilgan bo‘ladi?
  2. Ularga qaysi so‘z-gaplar kiradi?
  3. Taklif so‘z-gaplar gap tarkibida kelganda qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
   O‘quvchilar taklif so‘z-gaplar tinglovchiga qaratilishini, ular gapning boshida, o‘rtasida va oxirida kelib, vergul bilan ajratilishini aytadilar. Misollar keltiradilar, so‘ngra adabiyot darsligidan qidirib topilgan so‘z-gapli gaplarni o‘qiydilar:
  1. Vo-o-o! Qanday qurganlar? («Gumbazdagi nur»)
  1. O, ona Turkiston, kuylayman yonib. («Ona Turkiston» she’ridan)
  2. Xo‘p, lafzimdan qaytmayman. («Dahshat» hikoyasidan)
  3. Yo‘q, biz shu erning odami.  («O‘zbeklar»  hikoyasidan)
        O‘qituvchi: Keling, darsimizni qiziqarli bo‘lishi uchun ikki guruhga bo‘linamiz. Guruh sardorlari har bir o‘quvchining to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat kartochkalarini yig‘ib, guruhning umumiy balini jamlaydi. Birinchi shart yuzasidan guruhlarga quyidagi savollar berildi:
  1. So‘z–gaplar kesimlik qo‘shimchalarini qabul qiladimi?
  2. So‘z–gaplar mustaqil so‘zlardan hosil bo‘ladimi?
  3. So‘z–gaplar matn va ohang bilan bog‘liq bo‘ladimi?
  4. So‘z–gaplar qaysi jihatdan ixcham gaplarga o‘xshaydi?
  5. So‘z–gaplar sodda gaplar tarkibida kelgan boshqa bo‘laklar
   bilan bog‘lanadimi?
  1. So‘z bilan gapning qanday farqi bor?
  2. Ilmiy matn nima?
  3. Ma’rifiy matn nima?
  4. Matnda ajratilgan so‘zlarning atamaviy ma’nosini izohlang.
      Navbatdagi sinovda so‘z-gaplar yozilgan kartochkalarni  guruhlab, konvertlarga joylash kerak. Kartochkalarga quyidagi so‘zlar yozilgan: aftidan, shubhasiz, shekilli, to‘g‘risi, mabodo, voy, obbo, hay-hay, po‘sht-po‘sht, iya, hoy, hey, ey, ha, mayli, xo‘sh, xo‘p, mutlaqo, aslo, sira, mang, qani, marhamat. Bu topshiriqni har bir guruhdan ikkitadan o‘quvchi bajaradi.
   Uchinchi shart quyidagicha bo‘lib, kodoskop orqali berilgan gaplarning qoliplari aks etadi. Guruhlar ushbu qoliplarga o‘rni bilan gap tuzishlari talab etiladi.
  1. …., chamasi, ——- ===.
  2. Aytishlaricha, \\\\\ ——- ===.
  3. …. mayli, — — — — — ====.
  4. Labbay, — ==== —— ……
   To‘rtinchi shartda magnit lentasidan har bir guruh uchun ikkitadan topishmoq o‘qib eshittiriladi:
  1. Bildirar his-hayajon, Eh, oh, voy jonga darmon.
   Qanday so‘z ekan «rahmat»? Kim topsa unga rahmat!
                                    (undov so‘zlar)
  1. Shildir–shildir suv oqar
   Suv tagidan hum oqar.
   G‘uv-g‘uv, tak-tuk, qiy-chuvlar
   Toping-chi, qanday so‘zlar?  (taqlid so‘zlar)
  1. Takror kelgan undov so‘z, Ham juft kelgan undov so‘z
   Qanday yozilar ular? Toping, xato aytmanglar.
                                                   (chiziqcha bilan)
  1. Undovjon gap boshida, Kelar goh o‘rtasida
    Yo kelar oxirida, Bir narsa yo‘ldosh unga
    Turishar  old so‘ngida. (vergul)
        Endigi shartimiz «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» o‘yini bo‘lib, unda guruhlar aytilayotgan har bir sharhga diqqatli bo‘lishlari kerak.
  1. So‘z-gaplar har doim mustaqil so‘zlardan tuziladi. ( to‘g‘ri)
  2. Modal so‘z-gaplar gapning faqat boshida keladi. (noto‘g‘ri)
  3. So‘z –gaplar kesimlik qo‘shimchasini olmaydi. (to‘g‘ri)
  4. Modal so‘z-gaplar qat’iy ishonch, gumon, taxmin ma’nolarini ifodalaydi. (to‘g‘ri)
  5. So‘z gaplar faqat gap o‘rtasida keladi. (noto‘g‘ri)
  6. Undovlar faqat shodlik ma’nolarini ifodalaydi.(noto‘g‘ri)
  7. Undov so‘z-gaplar faqat takrorlanib keladi. (noto‘g‘ri)
  8. Taklif so‘z-gaplar faqat dasturxon ustida aytiladi. (noto‘g‘ri)
  9. Tasdiq va inkor so‘z-gaplarda ma’no nozikliklari yo‘q. (to‘g‘ri)
  10. Tarkibida undovlar qo‘llangan qo‘shma fe’llar qo‘shilib yoziladi. (noto‘gri)
      O‘qituvchi: Bolalar, so‘z-gaplar, asosan, suhbat matnida uchraydi, suhbat esa ko‘proq og‘zaki nutqqa xos. Shunday ekan, o‘zingizni gulzorda tassavvur qilib, o‘zaro gullar payrovini yaratishga harakat qiling. Bu matnda so‘z-gaplar ham qatnashsin.
  1. Jahongirbek, gulmisiz, rayhonmisiz, sunbulmisiz?
  2. Ziyodullabek, aytganingizman.
  3. Do‘stim, bahor ajoyib fasl-da, shak-shubhasiz, bahorni
   hamma sevadi, chunki olam turfa rang gullarga burkanadi.
  1. Shuni ayting, do‘stim, haqiqatdan bahor ajoyib fasl-da,
   lekin miya qurg‘ur sal charchaydi-da, odamni uyqu
   bosaveradi.
  1. Bahor sizga boshqacharoq ta’sir qilar ekan, shekilli,
   rangingiz nargiz gulidek sarg‘ayib ketibdi.
  1. Og‘ayni, sizga ham yomon ta’sir qiladi, chamasi, erni
   yorib chiqqan boychechakdek bir ko‘rinib, bir ko‘rinmaysiz.
  1. Ey, do‘stim, men bir ko‘rinib, bir ko‘rinmasam ham darsga
   borsam gul yuzli qizlarimiz «qani-qani» deb kutib olishadi.
  1. Hoy do‘stim, ko‘p maqtanavermang, gapingiz yolg‘on
   bo‘lsa loladek qizarib qolmang.
  1. Men-ku loladek qizarmayman-a, siz ko‘chirmakashlik uchun
   «5» olib, doskaga chiqqaningizda dilingiz gulsafsardek
   siyoh bo‘lib qolmasin.
  1. Og‘ayni, gaplaringiz atirgulning tikonidek sanchiladi-ya,
   mayli, do‘st achitib gapirar,   dushman kuldirib.
  1. Oh-ho, hazilni ham tushunmas ekansiz-da, darrov
   namozshomguldek yopilib olasiz. Odam do‘stdan ham xafa
   bo‘ladimi?
  1. To‘g‘risi, do‘stdan xafa bo‘lmaydilar, do‘stligimiz
   buzilmasin sira.
 Navbatdagi topshiriq test sinovi bo‘ladi.
  1. Modal so‘zlar qatorini toping.
  2. A) Ha, yo‘q, sari, oh
  3. B) Chamasi, rostdan, ham, to‘g‘risi
  4. C) Xullas, bay-bay, tabiiy
  5. D) Marhamat
  6. Xo‘sh, xo‘p so‘zlari so‘z-gaplarning qaysi turiga kiradi?
  7. A) Undov so‘z-gaplarga
  8. B) Inkor so‘z-gaplarga
  9. C) Modal so‘z-gaplarga
  10. D) Tasdiq so‘z-gaplarga
  11. So‘z–gaplar ma’no va vazifasiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
  12. A) 4 guruhga
  13. B) 2 guruhga
  14. C) 5 guruhga
  15. D) 3 guruhga
  16. So‘z–gaplar sodda gaplar tarkibida kelganda boshqa bo‘laklar bilan……
  17. A) bog‘lanadi
  18. B) bog‘lanmaydi
  19. C) Ba’zan bog‘lanadi, ba’zan bog‘lanmaydi
  20. D) to‘g‘ri javob yo‘q.
  21. Modal so‘zlar…
  22. A) Gap tarkibida keladi.
  23. B) Yakka o‘zi gap bo‘lib keladi
  24. C) A va V javob to‘g‘ri
  25. D) Gap bo‘la olmaydi. Javoblar kaliti: 1. V 2.D 3. A 4.V 5. S.
    Ushbu shartimiz topqirlikka asoslanadi. Ya’ni jadvallardagi  so‘z-gaplarning so‘nggi bo‘g‘inlarini topsangiz, mustaqil so‘zlar-ning dastlabki bo‘g‘inlari kelib chiqadi:
kosh          ki            tob        albat            ta           lab
de            mak          kor        mutla           qo           nun
si             ra            sad        chama           si           nov
qa            ni            zom        tabi             iy           hom
marha        mat          lab         mabo           do           hiy
to‘g‘ri        si            tam        as                lo           zim
haqi          qat           tiq         may              li           mon
    Guruhlar  berilgan shartlarni o‘zaro bellashib,  uyushgan holda bajarishdi. Musobaqa so‘ngida guruhlar yiqqan rag‘bat kartochkalari   yordamida o‘z bilimlarini baholashdi. Eng faol o‘quvchini aniqlashda o‘quvchilarning fikri inobatga olindi.
    Uyga vazifa: badiiy asarlardan, gazeta sahifalaridan so‘z-gaplarni topib yozish, ularga og‘zaki izoh berish. Modal so‘z-gaplar, undov so‘zlar, tasdiq so‘zlardan qatnashtirib o‘nta gap tuzish.
O‘GDULMISH VA O‘ZG‘URMISH MATNI USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning  mantiqiy   tafakkurini
                         o‘stirish. Matn ustida ishlashga o‘rgatish.
                         O‘quvchilarning  yuksak  ma’naviy va
                         axloqiy hislatlarini tarbiyalash.
Darsning uslubi:  Mustaqil va ijodiy fikrlash, bahs.
Darsning jihozi:   Texnik vositalar: audio kassetalar,
                       retroproektor.
                       Yordamchi so‘zlar jadvali.
                       Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»
                       asari va maqollardan namunalar.
Darsning shiori:  Hunarni asrabon netkumdir oxir,
                      Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
                                             (Alisher  Navoiy)
                      Bilimni buyuk bil, uquvni chuqur
                      Bu ikkisi birla kishi ulo‘ayur.
                                             (Yusuf Xos Hojib)
    O‘quvchilar kichik guruhlarga: donolar, ziyraklar, zukkolarga bo‘linadilar. Darsning birinchi bosqichida o‘quvchilar yordamchi so‘zlarni xotirlash maqsadida ularni  guruhlarga ajratib, cheklangan vaqtda jadvalga joylashtiradilar. Masalan:
 
 Boo‘lovchilar          Ko‘makchilar            Yuklamalar
    va                        kabi                      bor-ku
    bilan                     sari                       keldi-mi
    ham                      uchun                    axir
        Namunada berilgan so‘zlarning so‘roq olmasligi, so‘zlarni va gaplarni o‘zaro boo‘lashga, ma’noni kuchaytirishga xizmat qilishini aniqlaydilar. So‘ngra darslikda berilgan O‘gdulmish  va O‘zg‘urmish matnini sinchiklab o‘qib, tahlil qilishga kirishadilar. Matndan ajratib ko‘rsatilgan yordamchi so‘zlarning ma’no va vazifalarini izohlaydilar.
       Ikkinchi bosqichda matn qismlarga bo‘linib, o‘zlashtiriladi. Donolar guruhi matnning umumiy mazmunini saqlagan holda shakliy ifodasini o‘zgartiradi. Masalan:
     «Yusuf Xos Hojibning «Baxtga  eltuvchi bilim» asari o‘zining falsafiyligi va axloqiyligi bilan Dantening «Ilohiy komediya»si hamda Gyotening «Faust» kabi jahonda mashhur bo‘lgan asarlaridan hech ham qolishmaydi. Biz ham bu durdonamizni dunyoga ko‘z-ko‘z qilsak yoki uning nodir asar ekanligini har qancha madh etsak arziydi. Bu asar o‘zbek xalqining madaniyati-yu adabiyotini hamda islomiy qarashlaridan tortib axloqiy tarbiyasi-gacha o‘z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham bu xazina ming yillardan avval yozilgan bo‘lsa-da, milliy va madaniy merosimizga aylanib bo‘lgan».
     Ziyraklar guruhiga O‘gdulmish va O‘zg‘urmish timsollarining fazilatlarini yoritish, xulosalash topshiriladi:
     O‘gdulmish                    va                 O‘zg‘urmish
aqlli, dono, maqtovga loyiq, oddiy  /  uyg‘ongan, tushungan, taqvodor
musulmon yigit, zakovatli, savobli  /  kasbga ega emas, zohid, ibodat
ishlar  bilan shug‘ullandigan, .      /  bilan  band, dunyoviy  ishlarga
hurmatli, bilimga chanqoq  kabi…  /  befarq, narzi to‘q kishi …..
Shuning  uchun…….
Odamlar uning ketidan               /     U odamlardan yiroqda, g‘orda
ergashadi.                             /      yashaydi.
   Zukkolar guruhi bog‘lovchilardan foydalanib asar qahramonlari haqidagi o‘z fikrlarini yozma bayon qilishadi: «O‘gdulmish va O‘zg‘urmish musulmonlikning ikki yo‘lidan borishdi. O‘gdulmish odamlar orasida yashab hamda ularning og‘irini yengil qilishni, ya’ni mashaqqatli yo‘lni tanladi. Va shu bilan birga toat-u ibodatni kanda qilmay, nafsini tiyishni uddasidan ham chiqdi. O‘zg‘urmish esa gunohlarning oldini olish maqsadida uzlatga chekindi-yu bir umrga g‘orda yashadi. Yolg‘izlik va toat-ibodat ham nafsni tiyadi, ham ollohga yetishtiradi, deb o‘yladi. Aslida musulmonlik nafaqat ro‘za tutish-u namoz o‘qish, balki odamlarga yaxshilik qilish bilan birga mamlakatni obod qilish hamdir».
        Guruhlar o‘z matnlaridagi bog‘lovchilarga izoh beradilar.
  — Matndagi bog‘lovchilar nafaqat gaplarni, balki uyushiq bo‘laklarni ham bir-biriga bog‘lar ekan. Ular yakka va takror holda kelishlari mumkin. Gapda qo‘shimcha ma’no yuklayapti. Bilan bog‘lovchisi ko‘pincha matnda ko‘makchi vazifasida kelgan. Teng tomonli gaplarni hamda matnning qismlarini bog‘lashga xizmat qilgan.
        Uchinchi bosqichda qayta xotirlash o‘yin–topshirig‘i beriladi. Magnitofon orqali quyidagi gaplardan donolar guruhi bog‘lovchi-larni topib, daftarga yozib borishlari va ularning vazifalarini aniq-lashlari kerak. Ziyraklar guruhi berilgan gaplarning shaklini o‘zgartirishlari kerak. Zukkolar guruhi esa gaplarning ma’nosini og‘zaki sharhlab berishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi esa ularning javoblarini to‘ldirib boradi. Har bir gap ikki martadan o‘qiladi:
  1. Kitobning otini «Qutadg‘u bilig» qo‘ydim va o‘quvchini baxtga eltsin-u qo‘lidan tutsin dedim.
  2. Bilimli va zakovatli kishilarning mavqei ko‘kdan ham baland.
  3. Shuning uchun ham bilim qorong‘ulikni yoritguvchi chiroq hamda inson qadrini belgilovchi mezon hisoblanadi.
  4. Til bamisoli qafasdagi arslon, shu bois uni o‘z ixtiyoriga qo‘yib bo‘lmaydi.
  5. Ezgu ish va ezgu so‘z kishini ulug‘laydi.
  6. Hukm chog‘ida menga o‘lim ham, uzoq yaqin tanish-bilishlar ham, hatto chaqmoq kabi kelib-ketuvchi mehmonlar ham bir xil. («Qutadg‘u bilig»dan)
      To‘rtinchi bosqichda «Kim birinchi» musobaqasi o‘tkazilib, retroproektor orqali quyidagi gaplar ekranga tushiriladi va nuqtalar o‘rniga kerakli yordamchi so‘zlarni topib qo‘yish vazifa qilib beriladi:
     1.Telba … (hamda) nodon kishi o‘lsa, ajablanmaslik kerak.
  1. Dunyodagi turli san’at .. (va) sanoqsiz hunarli uquv, bilimga
        tayangani …. (uchun) maqtaladi, … (shu bois) tillardan
        tillarga ko‘chadi.
  1. Bilim ifor ….. (bilan) juda o‘xshash.
  2. Ularning har ikkisini … (ham) yashirmoq behuda
     Bilim aslida bitmas-tuganmas boylikka o‘xshaydi,
     … (shuning uchun) boshqa boyliklardan farq qiladi.
  1. Bilim .. (va) zakovat kishiga qo‘yilgan o‘ziga xos kishandir. («Qutadg‘u bilig»dan)
      Beshinchi bosqichda nutq o‘stirish, mantiqiy fikrlash uchun magnitafondan quyidagi masal o‘qib eshittiriladi:
  « — Senga  qoyilman – deydi Hasan Hunarga.
    — Yog‘ochga til kiritgan ham – sen, misga jon ato qilgan ham — sen, oltin kumushni ming maqomga solgan ham – sen. Tavba, bunday mo’jizalarning sirini qayerdan o‘rgangansan-a?!
    — Shuniyam bilmaysanmi? – debdi Hunar.
    — Mehnat, Zehn hamda Ishtiyoq bilan oshnaligimdan-da!
     Qissadan hissa: Hunari borning – davlati bor,
                    Hunari yo‘qning — hayoti xor».
        O‘quvchilar masaldagi yordamchi so‘zlarni topadilar. Masalni sharhlab o‘zaro bahsga kirishadilar. Munozara ushbu savollar bilan boshlanadi:
  1. Siz hayotda qanday kasbga qiziqasiz?
  2. Matnlardan qanday taassurot oldingiz?
     — Shiorlarimizdan ham ko‘rinib turibdiki, hunarli inson doimo odamlarga yaxshilik qiladi,xojatini chiqaradi. Nasibasini hunari orqali topadi. Yusuf Xos Hojib ham o‘z asarida komil inson yaxshi so‘z, yaxshi amal, yaxshi xulq va ma’rifat, zakovat sifatlariga ega bo‘lish kerakligini ta’kidlab, komil inson tarbiyasida amaliy faoliyat asos ekanligini ko‘rsatib bergan.
     — Hunarli, bilimli inson xor bo‘lmaydi. Odam bir o‘zi, yakkalikda hech narsaga erisha olmaydi. Odamlar bir-birini qo‘llashi, xursandchilik va qayo‘uli kunlarida birga bo‘lishi kerak. Uquv-idrok har birimizni zulmatdan qutqaradi. Mash’ala bo‘lib yo‘limizni yoritadi. Bilimning qadri uning amaldagi foydasi bilan belgilanadi.
    — Yuqoridagi hikmatlar ham kishini ilmli, bilimli bo‘lishlikka chorlaydi. O‘sha bilimni ishga sola bilishga, amalda qo‘llay olishga da’vat qiladi. Agar egallagan ilmimizni amalda qo‘llay olmasak, unday ilm foydasizdir.
     Har qancha bilsangda o‘qi erta-kech,
     Bilim tog‘iga chiq, dengizidan kech.
     Quruq savlatingga bo‘lma mahliyo,
     Mehnat qil, rohat-u halovatdan kech.
     Munozaradan so‘ng guruhlar o‘z-o‘zlarini baholaydilar. Baholash jadval asosida amalga oshiriladi.
  1. Matnning sarlavhasi yoki rejasiga qarab mazmun haqida
         tasavvur qilaman.
  1. Matn janri va uslubiga ko‘ra voqealar rivojini oldindan bilib olaman.
  2. Matnni o‘qish jarayonida o‘zimning barcha tasavvur va farazlarimni fikrimda saqlayman.
  3. Tasavvur qilishda yordam beruvchi omillar va tafsilotlarga e’tibor beraman.
  4. Matnni o‘qish jarayonida ba’zan to‘xtab o‘zimga savol beraman, nimalar haqida bilib oldim, bundan keyin nima haqida so‘z boradi.
        Jadval oxirida uchta katakda hamisha, ba’zan, hech qachon degan javoblar mavjud. O‘quvchi savollarga javob berarkan, ushbu uchta javobdan birini belgilaydi.
    O‘quvchi o‘z bahosini jadvalda “+” belgisi bilan qo‘yib chiqqandan keyin nima uchun aynan shunday baholaganini izohlab beradi. O‘quvchilarga uyga vazifa qilib quyidagi hikmatlardan kichik matn yaratish, yordamchi so‘zlardan foydalanish va ularning gapdagi vazifalarini aniqlashlari  topshiriladi.
        Hikmatlarni yod oling.
  1. Kasb tanlash o‘zingga bog‘liq,
   Odam bo‘lish so‘zingga bog‘liq.
  1. Tarbiyali odamlardan o‘rnak ol, muloyim bo‘l, kamtarlik yaxshi
   xislat ekanini yodingda tut.   (Donolar bisotidan)
  1. Insonning qiymati emas kiyim-u zar,
   Insonning qiymati ilm ila hunar. (Abdulqodir Bedil)
  1. Ilmga amal qilmagan olimdan ustiga kitob ortilgan eshak
   yaxshidir.   (Shayx Sa’diy)
  1. Rohatda yashagay moli yo‘q gadoy,
   Borga toqat qilsa, bo‘lsa ko‘ngli boy. (Donolar  bisotidan)
 ALISHER NAVOIY IJODI – TARBIYA  MAKTABI
        Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishda testlar, labirintlar, kichik matnlar tuzib ishlash juda maqsadga muvofiq. Bolalar dars davomida 1-2tadan mavzuga oid testlar tuzib,  bir-birlari bilan almashlab ishlashlari bevosita ularni test bilan ishlashga o‘rgatadi. Labirintlar bolalarni aql bilan ish tutishga o‘rgatsa, kichik matnlar yaratish esa ularni fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Beshinchi sinfda ahloq-odobga oid, hikmatomuz ruboiylarini o‘qib o‘rganish ko‘zda tutilgan. Ularni o‘rganishda tahlil qilish, misralarni nasrga aylantirish, mazmunini sharhlash kabi topshiriqlar darsning faoliyatini oshiradi. Bu topshiriqlarni amalga oshirishda sinf o‘quvchilarini kichik guruhlarga bo‘lib, zigzag usulida, ya’ni birin-ketin topshiriqlarni tezkorlik bilan ishlashga o‘rgatish juda qiziqarli kechadi. Bunda vaqt belgilab boriladi. Topshiriqlar turli stollarga qo‘yilib, guruhlar o‘rin almashib  ishlashadi.
    Birinchi topshiriq: Test savollari bilan ishlang.
  1. Alisher Navoiy dastlab o‘z g‘azallarini qaysi tilda yaratgan?
  2. A) arab tilida
  3. B) fors-tojik tilida
  4. C) o‘zbek tilida
  5. Alisherning yozgan g‘azalidan ta’sirlanib: «Agar muyassar bo‘lsa edi, men o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy tillarda yozgan baytimni shu g‘azalga almashar edim va bu ishning yuzaga chiqishini zo‘r muvaffaqiyat hisoblardim», deb kim aytadi?
  6. A) Lutfiy
  7. B) Jomiy
  8. C) Ganjaviy
  1. Husayn Boyqaro nega Mashhaddan Marvga jo‘naydi?
  2. A) kasalligi tufayli
  3. B) toj-taxt uchun qo‘shin to‘plash maqsadida
  4. C) ota-onasining bag‘rida bo‘lish uchun
  5. Qatordan Alisherni har jihatdan yoqtirmagan va Hirotdan surgun qilgan podshohni belgilang.
  6. A) Husayn Boyqaro
  7. B) Abulqosim Bobir
  8. C) Abusaid
  9. 1483 — 1485-yillarda Alisher qanday baxtga erishdi?
  10. A) «Xazoyin ul-maoniy» devonlarini tuzadi.
  11. B) «Xamsa» asarini yaratadi.
  12. C) vazirlik lavozimiga erishadi.
  13. Alisher Navoiyning ruboiylari boshqa shoirlarning ruboiylari-
   dan qaysi jihati bilan farqlanadi?
  1. A) ishqiyligi, falsafiyligi bilan
  2. B) rang-barangligi, mazmunining chuqurligi bilan
  3. C) tarbiyaviyligi bilan.
  4. Alisher Navoiy haqiqiy insonning bezagi nimada deb biladi?
  5. A) uning toj-taxti, mansabida
  6. B) shohlar sallasiga sanchib qo‘yiladigan hukmdorlik
            tamg‘asida
  1. C) uning odobi va hayosida
  2. Alisherni Samarqanddan Hirotga kim chaqiradi?
  3. A) Do‘sti Husayn  Boyqaro
  4.    B) Tog‘asi Mir Said Kobuliy
  5.   C) Ustozi Abdurahmon Jomiy
    Ikkinchi topshiriq; Alisher Navoiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan shaharlar beshta nuqtada yillari bilan aks etgan. Siz shaharlarning nomini belgilang. Ular quyidagilar:
  1. (nuqta 1456-yil) – Mashhadga boradi.
  2. (nuqta 1469-yil) – Samarqanddan Hirotga qaytadi.
  3. (nuqta 1441-yil) – Hirotning Bog‘i Davlatxona joyida tug‘ilgan.
  4. (nuqta 1460-yil) – Hirotdan Samarqandga ketadi.
  5. (nuqta 1459- yil) – Mashhaddan Hirotga qaytadi.
   Uchinchi topshiriq: Berilgan ismlarni to‘ldiring va ularning kimligini aniqlang:
  1. G‘iyosiddin (Muhammad, otasi)
  2. Shayx Abu Said (Chang, bobosi)
  3. Mir Said (Kobuliy, tog‘asi)
  4. Sharafiddin (Ali Yazdiy, tarixchi)
  5. Abulqosim (Bobir, podshoh)
  6. Husayn (Boyqaro, do‘sti).
   To‘rtinchi  topshiriq: Ushbu berilgan so‘zlardan foydalanib guruhingiz bilan kichik matn yarating. («Xamsa», Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, turkiy til, baxt, betakror, nafis,  she’riy misralar…)
   O‘quvchilar topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, ruboiylar tahlili Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidagi hikoyat bilan boshlanadi.
   O‘qituvchi: Bolalar, siz Makka haqida ko‘p  eshitgansiz, Hajga borgan kishi o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga, poklanishga umid qiladi. Hikoya qilinishicha, Ismoil degan shaxs ham Makka safariga otlanadi, u yo‘lda Shayx Mo‘min bilan uchrashib qoladi. Shayx Mo‘min bu yo‘lovchining haj orzusida ekanligini bilgach, undan:
  — Onang bormi? – deb so‘raydi. Tasdiq javobini olgach:
  — Yo‘ldan qaytib onang xizmatini qil, — deydi. Bu maslahat hoji bo‘lishni istagan kishiga yoqmaydi. Shunda Shayx Mo‘min:
  — Men ellik marta haj qilibman, bosh yalang, oyoq yalang va biror hamrohsiz. Barchasini senga berdim. Sen onang ko‘ngli shodligin menga ber, — deydi.
  — Xo‘sh, bobomiz Alisher Navoiy bu hikoyati orqali qanday fikrni ilgari surgan? – savoli orqali o‘quvchilarga murojaat qilib, ularning fikrini bilishimiz va ruboiylaridagi ma’nolarni sharhlash yo‘li bilan uqtirishimiz mumkin.
   «Munshaot»  asarida esa:  «… Payg‘ambar buyuribdurkim, tangri taolo g‘azabi ham ota g‘azabiga vobastadur. Kishi ota rizosin olsa, tangri taolo rizosin olgan bo‘lur.  … Mashoyix so‘zidurkim… otang parvardigoringdur», — degan fikr bayon qilingan.
   Mana ko‘rdingizmi, balki xalq orasidagi «ota rozi – xudo rozi» degan naql o‘sha davrlardan qolgandir.
   Endigi topshiriqda har bir guruh bittadan ruboiyni nasrga aylantiradi. «Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay» ruboiysining nasrdagi ko‘rinishi bunday bo‘lishi mumkin: O‘z otasining hurmatini bajo keltirgan farzand dunyodagi eng baxtli farzand bo‘la oladi. Mana shu hurmati tufayli uning kasb-kori rivoj topadi. Har kim otasiga qanday munosabatda bo‘lsa, kelajakda xuddi shunday munosabat uning o‘z farzandidan qaytadi. Darvoqe, bugungi o‘g‘il – ertaga ota, bugungi qiz — ertaga ona bo‘lishi tabiiy, bu hayot qonunidir.
   Ruboiylar sharhlangach, o‘quvchilarga ota-onani hurmatlash borasida xalqimiz tomonidan yaratilgan maqollarni eslash vazifasi topshiriladi:
  Ota-ona bo‘lar farzandga quyosh.
  Ota-onang duosi,
  O‘tga — suvga botirmas.
  Otangni kaftingda tutsang,
  Onangni boshingda tut.
  Ota–onasini og‘ritgan el ichida xor bo‘lar,
  Onasini og‘ritgan parcha nonga zor bo‘lar.
  Ona mehribon, ota g‘amg‘uzor.
  Oltin olma, duo ol.
       Ma,’lumki, og‘zaki nutq ifodali o‘qish bilan chambarchas bog‘liq. Ruboiylarni ifodali o‘qish uchun magnitafon tasmasidan namunalar eshittiriladi. Ruboiylarning vazni aniqlanadi va o‘quvchilarga ko‘chma yozuv taxtasiga yozib quyilgan she’r baxri bir necha bor takrorlatiladi. O‘qituvchi kodoskop orqali ekranga tushirilgan ruboiyning barcha misralarini ushbu o‘lchov asosida yoddan ifodali o‘qiydi:
  Ze=var  ki/ shi=ga ne to/ju ne af=sar/ bil
   —    —    V     V    — V   —   V   —  —    —     —
  Ul ze=var/ a=dab bir=la/ ha=yo dar=xar/ bil.
  Har kim=ki/ a=dab=siz=dur/ i=shin ab=tar/ bil,
  Al=qis=sa/e=ran=lar=ga/ a=dab ze=var / bil.
  —     —    V  V   —     —     V   V    —   —    —     —
Far=zand a /  to qul=li=g‘un/ chu o=dat  qil/ g‘ay
Ul o=dat / i= la kas=bi/ sa=o=dat qil/ g‘ay.
Har kim=ki /  a=to=g‘a  ko‘p / ri=o=yat qil / g‘ay.
O‘g‘=li=din  / an=ga bu  ish/ si=ro=yat qil/   g‘ay.
Ruboiylarning qofiyasi (afsar, darxar, abtar, zevar, odat, saodat, rioyat, siroyat) ni  va misralar oxirida takror kelgan so‘zlar (bil, qilg‘ay) ni  topib adabiyot daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Uyga vazifa qilib ushbu ruboiylarni belgilangan vazn asosida  yod olish va mazmunini so‘zlab berish topshiriladi.
   Xulosa shuki, matn ustida ishlash, tahlil qilish, ifodali o‘qish jarayonlarida o‘quvchilarga estetik tarbiya berish va ularning og‘zaki nutqini o‘stirish ko‘zda tutiladi.
 
 
AHMAD YASSAVIY
        5-sinfda Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida  hikmatlarining hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaganligi, undagi ko‘tarilgan masalalar shu kunda ham dolzarbligini ko‘rsatish nazarda tutiladi. Bu darsni «O‘tmishga sayohat» deb nomlab, o‘yin tarzida tashkillash mumkin. Bunda  parvozning bort kuzatuvchisi o‘qituvchi bo‘lib, o‘quvchilarni turli bilim orollaridan olib o‘tishi kerak. Maqsad o‘quvchilarni faolligini oshirish, og‘zaki nutqini o‘stirish, har tomonlama kamol toptirish, go‘zal ahloq-odob egasi bo‘lishga undash va adabiy, ma’naviy merosga bo‘lgan hurmatlarini oshirishdir.
   Darsning shiori qilib quyidagilarni tanlash mumkin:
  1. «Nafs ila dunyoga dil bergan fosiqlar siz bu kun
 Yassaviy xok poyidin aylab oling tummorlar» (Abdulla Oripov).
  1. «Hamisha yaxshilig‘ qilg‘il, ketarsan ushbu dunyodin,
Qiyomat obi ro‘yiga kerak xunu jigar qilsang.
Xoja Ahmad ma’siyat  birla hayoting qilmag‘il zoe,
Bo‘lursen  loyiqi  hazrat, agar toat sahar qilsang»
                                        (Yassaviy).
  1. «Qarchig‘ayni qushlagan, shunqor lochin ushlagan,
Sonsiz murid boshlagan, shayxim Ahmad Yassaviy»
                                         (Sulaymon Boqirg‘oniy).
        O‘qituvchi shiorlarni sharhlaydi: Xalq shoiri Abdulla Oripov fosiqlarga, ya’ni bu dunyoni mol–dunyo yig‘ishdan iborat deb bilgan, nafsi buzuq kimsalarga Yassaviy hikmatlaridan o‘qib o‘zlariga xulosa chiqarsinlar, — deydi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida dunyoning o‘tkinchiligini ta’kidlaydi. Zotan, dunyo odamlar bir qo‘nib, yana ketadigan joy, umr yugurik bir narsa, elday o‘tadi ketadi. Bas, shunday ekan, taqdirning ayovsizligi oldida mol-dunyoga inonmoq nodonlik va g‘ofillikdir. O‘limni anglashdan esa  hayotni ma’rifat bilan qadrlash, odam farzandini g‘animat bilish, manmanlik va jaholat «tulpor»lariga minib hovliqmaslik  degan ma’no anglashiladi. Sulaymon Boqirg‘oniy o‘z baytida Ahmad Yassaviyning muridlari, ya’ni shogirdlari ko‘pligini ta’kidlaydi. Haqiqatda Ahmad Yassaviy Zangi ota, Ismoil ota, Cho‘pon ota, Xalil ota, Xoja Bahoudddin, Sulaymon Boqirg‘oniy va boshqalarni tarbiyalagan.
        1993-yil — Yassaviy yili, deb e’lon qilingan edi. Bugungi kunda Yassaviy maqbarasi aziz qadamjolardan biri bo‘lib qolgan. Xalq u yerga borib, ulug‘ bobomiz qabrini ziyorat qilib, ruhlaridan madad so‘raydi.
    So‘ngra o‘qituvchi darsga taalluqli izohtalab quyidagi so‘zlarni ilova qilishi mumkin:
Tolib – talab qiluvchi, izlovchi.
Mahshar – qiyomat, to‘planadigan joy.
Ashk – ko‘z yoshi.
Afg‘on – fig‘on bilan nola qilish.
Murshidi komil – yetuk pir.
So‘fi – tasavvuf yo‘liga kirgan kishi.
So‘finaqsh – tashqi ko‘rinishi so‘figa o‘xshash.
     Magnitafondan quyidagi hikmat qiroat bilan o‘qiladi. O‘qituvchi hikmatni sharhlab beradi:
Ey ko‘ngul, qilding gunoh, hargiz pushaymon bo‘lmading,
So‘fimen deb lof urib, tolib jonon bo‘lmading.
Hayfkim o‘tti umring bir lahza giryon bo‘lmading,
So‘finaqsh bo‘lding vale hargiz musulmon bo‘lmading.
    O‘zgalarning yolg‘onchiligidan so‘z ochish oson, biroq o‘zingdagi qalloblik, riyo pardalarini yirtish esa matonat hisoblanadi.
   IX asrda tasavvufda malomatiyya mazhabi yuzaga kelgan. Bu mazhabga kirgan kishilar o‘z-o‘zini komillashtirishni, yurakni poklashni bosh vazifa hisoblashgan. Bu ishni ular yashirin bajarishlari shart bo‘lgan. Malomatiyya — bu insonni o‘z-o‘zini tahlildan o‘tkazish, nuqsonlari uchun o‘zini ayamasligi, ya’ni malomat tilida fosh qilish yo‘li bo‘lgan. O‘tmishga sayohat qilar ekanmiz, bobomiz Alisher Navoiy hazratlari ham Ahmad Yassaviy haqida shunday deganlar: «Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayxul-mashoyixidir. Maqomati oliy va mashhur, karomati matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish».
        Birinchi orol: Bilimdonlar  oroli. Bu orolda sayohatchilarga zakovat savollari berilib, ularning bilimlari sinaladi.
  1. Ahmad Yassaviy qayerda tug‘ilgan?  (Sayramda)
  2. U dastlab kimdan tahsil oladi? (Yassaning yirik shayxi Arslonbobdan)
  3. Uning keyingi ustozi kim? (Buxorolik Yusuf Hamadoniy)
  4. Yassaviy qanday shoir bo‘lgan? (So‘fiy shoir bo‘lgan).
  5. So‘fiyona she’rlar nimani targ‘ib qiladi? (Ollohni, borliqni, insonni)
  6. Uning she’rlari qanday nom bilan bizgacha etib kelgan?
(Hikmatlar, yaxlit holda «Devoni hikmat» nomi  bilan)
  1. Tasavvuf nima deb yuritiladi? (So‘fiylik ,deb)
  2. So‘fiylik ruhida yozilgan adabiyot, she’rlar qanday nomlanadi? (Tasavvufiy adabiyot, tasavvuf she’riyati)
  3. So‘fiylik qanday yuzaga keldi? (Hukmdorlarning kishilarga nisbatan ortiqcha zulmining kuchayishidan yuzaga keldi)
  4. Uning qanday bosqichlarini bilasiz? (Shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat)
  5. So‘fiylikning asosiy maqsadi nima?
  (Diniy poklik orqali butun jamiyatni poklash g‘oyasi)
  1. «Devoni hikmat» da qanday g‘oyalar ilgari surilgan?
         (Zolimlar va haqsizlar, adolat va haqiqat, donolik va
         nodonlik g‘oyalari ilgari surilgan)
  1. Ollohning jamoliga haqiqatda kimlar yetishadi? (Faqat ruhi pok, iymonli insonlar etishadi)
  2. Ahmad Yassaviy qanday kishilarni yoqtirmaydi? (Nodon, kaltabin kishilarni xush ko‘rmaydi)
  3. Nodonlikning muhim belgilarini ayting. (Mol-dunyoga, mansabga, hirs-havoga mehr qo‘yish)
  4. Uning hikmatlari kim orqali insonlarga murojaat qiladi?  (She’rxon orqali barchaga)
  5. «Devoni hikmat» ning diqqatga sazovorligi nimada? (Uning xalq tiliga yaqinligida, soddaligi va yoqimligida)
  6. Yassaviy hikmatlari qanday shaklda yozilgan? (To‘rtlik)
  7. Yassaviyning vafoti qaysi yillarga to‘g‘ri keladi? (1166-1167 yillarga to‘g‘ri keladi).
  8. 1395 – 1397-yillarda Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga kim maqbara qurdiradi?  (Amir Temur)
       Ikkinchi orol: Zukkolar oroli deb nomlanadi. Bunda sayohatchilar nomlar bilan bog‘liq bo‘lgan savollarga javob topishadi.
  1. Otasining nomi? —  Shayx Ibrohim Yassi
  2. Onasining ismi? —  Qorasoch momo
  3. Akasi — Latif ota.
  4. Ukasi — Mustafoquli ota.
  5. Buxorolik ustozi – Yusuf Hamadoniy
  6. Yassalik yirik shayx – Arslonbob ota.
  7. Payg‘ambarning nomi – Muhammad alayhi vassalam
  8. Yassaviyga maqbara qurdirgan sarkarda – Amir Temur
  9. Yassaviyning ikkinchi nomi – Hoja Ahmad
  10. Yassining hozirgi nomi –
       Uchinchi orol: Ijodkorlar oroli bo‘lib, boshlangan hikmatni davom ettirishlari kerak. Buning uchun o‘quvchilar hikmatlarni yod olgan bo‘lishlari yoki esga olishlari zarur bo‘ladi.
  1. Egri yo‘lga – bo‘yin to‘lg‘or
  2. Bemor bo‘lsa – nodonlarni holin so‘rmayman.
  3. Haq taolo rofiq bo‘lsa – birdam turmay
  4. Nafsing seni oxir damda – gado qilg‘ay.
  5. Oqil ersang, nafsi boddin – bo‘lg‘il bezor.
  6. Dunyodorlar molni ko‘rub – havo qilur.
  7. Manmanlikni ul da’voyi – xudo qilur
  8. Nodon bilan ulfat bo‘lsang – bag‘ring kuyur ..
       To‘rtinchi orol: Sharhlovchilar oroli. Bu orolda o‘quv-chilar hikmatlarning mazmunini so‘zlab beradilar. Tasavvuf bos-qichlaridan ma’rifat bosqichi haqida fikr yuritadilar:
1    Inson ma’rifat orqali ruhiy poklikka erishadi.
  1. Har bir odam dunyoga kelar ekan, u albatta ilm orqali aqliy faoliyatini o‘stirishi kerak.
  2. Kishi savodxon bo‘lgandagina oqni – qoradan, yaxshini – yomondan ajrata oladi.
  3. Ma’rifatli odam gunoh ishlarga qul urmaydi.
  4. Vijdonli kishi nafsiga erk bermaydi, boylikka qiziqib u dunyoni unutmaydi.
  5. Ahmad Yassaviy ham o‘z zamondoshlarini ilmli, farosatli, kamtar, diyonatli bo‘lishlarini istagan.
   Beshinchi orol: Donishmandlar oroli. Magnitafondan quyidagi hadisni tinglab, sayohatchilarga ilm haqidagi bilgan  maqollarini eslash va ularning mohiyatini ochish topshiriladi:
   «Ilm egallang! Ilm sahroda – do‘st, hayot yo‘llarida – tayanch, yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda — rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi quroldir».
      Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas. Olim bo‘lsang, olam seniki. Bilim – davlatdan qimmat. Ilm – aql chirog‘i. Bilimli kishi o‘zar,  Bilimsiz kishi to‘zar  kabi.
    Dars yakunida xulosa qilish mumkinki, mustaqillik tufayli biz  Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Imom Ismoil Al-Buxoriy,       At-Termiziy, Amiriy kabi ulkan siymolar ijodini, ma’naviy merosini o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qish va o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ldik. «O‘tmishga sayohat» qilib, bilim orollaridan  shuni bildikki, Ahmad Yassaviy etuk olim darajasiga etgach, u O‘tror yaqinidagi Yassi shahriga kelib, haqiqatni, islomni, insofu diyonatni keng targ‘ib qilgan. Xoja Ahmadga ajoyib nodir iste’dod, ilohiy bir quvvat nasib etilgan ediki, bunday odamni hamma o‘ziga ustoz hamda pir qilib olar, uning suhbati va karomatidan bahramand bo‘lishga shoshilar edi. Shuning uchun ham shoir ijodining qadr-qimmati hanuzgacha o‘z kuchini  yo‘qotgani yo‘q. Bugungi kunning talabi bilan bir xildek, ya’ni ilm olish, o‘rganish, atrofdagilarga foydasi tegadigan inson bo‘lish haqida qayg‘uradi. O‘zbek adabiyotida Vatan haqidagi falsafiy fikrlar Ahmad Yassaviy hikmatlaridan boshlanadi:
  Boshim tufroq, o‘zim tufroq, jismim  tufroq,
  Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.
Yoki:
  Tufroq bo‘lg‘il, olam seni  bosib o‘tsin – deydi.
  Tuproq – Vatan. Tuproq necha yuz ming yillardan buyon ne-ne ulug‘ farzandlarini quchog‘iga bosib kelayotgan mushfiq Zamin. Shuning uchun biz uni e’zozlaymiz. Tuproq – rizq ro‘zimiz manbai. Shuning uchun biz uni ona-tuproq deymiz.
   Uyga vazifa qilib hikmatlarni nasrga aylantirish, keltirilgan maqollardan birini sarlavha sifatida tanlab kichik matn yaratish beriladi.  She’rlarni ifodali o‘qish uchun magnit tasmasiga yozib o‘qish va uni tekshirish tavsiya qilinadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUHAMMAD  YUSUF  IJODINI  O‘RGANISH
(«Bir kuni», «Qushlar ham yio‘lar» she’rlari asosida)
        «Poeziya tavsiflar bilan emas, balki ramzlar va obrazlar bilan so‘zlashi kerak, poeziya tavsif etmaydi va undan nusxa ko‘chirmaydi, balki uni yaratadi», — degan so‘zlar to‘lig‘icha hassos shoir Muhammad Yusuf she’riyatiga ham daxldordir. Chunki Muhammad Yusuf poeziyasida shoir sof tuyo‘ularning go‘zalligini nafis poetik obrazlarda mujassamlashtiradi. Shoirning ijodini o‘rganishda o‘qituvchi shoir haqida qisqacha ma’lumot beradi.  Ifodali o‘qish va matn ustida ishlash jarayonida o‘qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor beradi:
   — Muhammad Yusuf she’riyatida mehr – muruvvat tuyg‘ularining badiiy talqini;
   — Shoir qalbida paydo bo‘lgan iztiroblarning ifodalanishi;
   — Insoniy tuyo‘ularning  tarannum etilishi;
   — She’rlarning badiiy xususiyatlari.
        Darsning ko‘rgazmasi sifatida va o‘quvchilarni kitobxon-ligini oshirish maqsadida Ibrohim Karimning «Begona» xotira-nomasi, Shukrullo ijodining turfa qirralari «Umrboqiylik» kitobi, Muhammad Yusufning she’riy to‘plamlari tavsiya qilinadi.
        Texnik vositalar: magnitafon, kodoskop.
        Darsning maqsadi: 1. O‘quvchilardagi mustaqil erkin fikrlash ma’naviy teranlik xususiyatlarini shakllantirish. 2. O‘quv-chilarda ifodali o‘qish va she’riy asar tahlili ko‘nikmalarini takomillashtirish. 3. Milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. 4. She’riy go‘zallik va nafosatni his qilishga o‘rgatish.
        Darsning shiori:
   Shunday damlar yio‘lamasdan yozolmayman she’r.
   Senga nima, to‘xtab, yurib, urib turaver.
 — Sohibdilim, mayliga-yu, ko‘p yio‘laysan-da,
   Qarab tursam, hech bir yayrab sen kulmaysan-da.
                                       (M.Yusuf «Yurak bilan suhbat»)
        Darsning uslubi: Ijodiy izlanish uslubi.
        Birinchi topshiriq: «Aql qasr – Test» da o‘quvchilar darslikda berilgan savol-topshiriqlar bilan ishlaydilar. Ular yuzasi-dan ikkitadan test tuzadilar va bir-birlari bilan almashib ishlaydilar. Mustahkamlash uchun tuzilgan eng yaxshi testlar savol tariqasida sinfda beriladi. Masalan:
     1  Shoir badiiy ijodni  qachon boshlagan?
  1. Muhammad Yusuf she’riyatga qanday munosabatda bo‘lgan?
  2. Ilk to‘plamining nomini ayting.
  3. Qanday she’riy kitoblarini bilasiz?
  4. Uning she’rlari nima uchun kitobxonning ko‘ngil mulkiga
        aylandi? kabi…
        So‘z san’ati inson nutqiga fayz berib, uning ta’sir kuchini oshiradi.  Bu haqda O‘rta Osiyoning mutafakkiri Abu Nasr Farobiy (873-950) o‘zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqning tarbiyaviy roliga alohida ahamiyat berib, ifodali o‘qish zo‘r san’at ekanligini aytadi. She’rlarni ifodali o‘qishdan oldin barmoq vaznidagi she’rlarning tuzilishi va o‘qilishiga e’tibor qaratiladi. Barmoq sistemasiga xos she’rlar cho‘ziq va qisqa bo‘o‘inlarga ajratilmaydi. Balki hijolar miqdoriga asoslanadi. Bunday she’rlarning misralaridagi hijolar soni bir xilda tekis takrorlanib keladi.
        Ikkinchi  topshiriq: «Nazm daqiqasi»ning birinchi bosqichi ifodali o‘qish bo‘lib, unda magnit lentasidan  she’rlar o‘qiladi. O‘quvchilar she’rlarning o‘qilish texnikasiga e’tibor qaratishadi. Va birgalikda she’rlarni o‘qishadi, yod olishadi. Qalamda  she’rlarning turoqlarini belgilab turishadi:
     Ter=lar oq=di/  suv bo‘=lib bir=dan       4+5=9
     Va gur=sil=lab/ yi=qil=di te=rak.          4+5=9
     A=ka biz=ning/ qil=mi=shi=miz=dan      4+5=9
     Tun=da  qush=lar/ yio‘=la=sa ke=rak.     4+5=9
        Uchinchi topshiriq: «Nazm daqiqasi»ning ikkinchi bosqichi ongli  o‘qishda o‘quvchilar she’r mazmuniga e’tibor qaratishadi. She’riy misralarni matnga aylantiradilar. Og‘zaki tushungan-larini gapirib beradilar. Ular xulosa chiqarishlaridan oldin o‘qituvchi kodoskopdan  kitoblardan olingan parchalarni qiroat bilan o‘qiydi. «Men tuo‘ilgan yili  quloqlashtirish davri boshlanib, otamni surgun qilinadigan odamlar safiga qo‘shib qo‘yishdi. Quloqlarni etap qilish punkti  to‘s-to‘polon, odamlar dod-faryod ko‘targan, qarindosh–urug‘, yoru birodarlar xayrlashmoqda. 1931-yilning jazirama avgust oyida otam Karimjon amin, buvim Zebuniso, onam Xosiyatxon hamda uchta akam, bitta opam va men – jami 8 kishini uyimizdan haydab, kechasi qizil vagonga xuddi mollarday birin-ketin  tiqishdi. Erkak, xotin, bolalar aralash bo‘lgan bu vagonda hech qanday  sharoit yo‘q edi. Qanchalar dahshat! Ammo rus bolsheviklari uchun bular odam emas, «sinfiy dushman» bo‘lib ularning mol-qo‘ychalik ham qadr-qimmati yo‘q edi» (Ibrohim Karimov. «Begona» xotiranomasi).
        «O‘sha yillari xalq orasida Sho‘roga haqsizlik degan gap paydo bo‘ldi. Haqsizlikka duchor bo‘lganlar kimlar edi? Eski kitob o‘qigan mulla odamlar, yana tuzukroq hovli-joyi bor kishilar. Xususiy mulk bahonasi bilan ularning mol-dunyosi musodara qilina boshlandi. Boshqalarga berildi. Xo‘sh, yetti-sakkiz bolasini chirqi-ratib kim o‘z qo‘shnisining, mahalladoshining uy-joyini o‘zlash-tiradi? Vijdoni bor odamlar bunday qilmaydi. Lekin shu ishni qilganlar ham ko‘p bo‘ldi. Birovning haqqidan, ko‘z yoshidan qo‘rqmaganlar ham bo‘ldi».
        Parchalar o‘qib eshittirilgach, ularga quyidagi savollarni berib murojaat qilish bilan bahs – munozara bosqichiga kirish mumkin: 1. Keltirilgan parchalar sizda qanday taassurot uyg‘otdi va  shoirning «Qushlar ham yio‘lar» she’riga aloqadorligi bormi?
  1. She’rdagi qushlar timsoli o‘rnida uy-joysiz qolgan bolalarni tasavvur qilib ko‘rdingizmi?
  2. Mustabid davrning anna shunday og‘ir kunlarida hayot kechirgan insonlar haqidagi o‘ylaringiz.
  3. Muhammad Yusufning she’rlariga munosabatingiz, kabi… savollarga o‘quvchilar o‘z mulohazalarini bildiradilar. So‘nggi savolga ular shoir ijodiga katta qiziqish bilan qarashganini, she’rlarni hayajon bilan o‘qishganini, shoir she’rga solgan muammolar oldida ma’suliyatni his qilganlarini bayon etishadi.
        Darsimizning shioridan ko‘rinib turibdiki, shoir o‘z yuragi bilan tez-tez suhbat quradi. Yuragining kulmasligi yurtining o‘amnok, dardli ekanligidan xabar beradi. Shoirlar qachonki, o‘z yurtlarini tinch, farovonligini, hazrati insonlarini ko‘rsagina shodlanishlarini ta’kidlaydi.
        Uyga vazifa qilib she’rlarni yodlash, matnning namunali ijrosini tinglash va o‘z ijrosini magnit tasmasiga yozib olish beriladi. «Men sevgan shoir», «Qushlar bizning do‘stimiz» mavzu-larida kichik matn yaratish topshiriq qilib beriladi.
        Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijodiy izlanish darslari iqtidorli va ijodkor, chinakam fanimiz ixlosmandlari bo‘lgan bolalarni kashf qiladi. Ayni vaqtda ularga ota-ona, hayot, mehnat, hunar, odamiylikni ulug‘lash, tabiat va hayvonot dunyosini e’zozlash,  do‘stlik va birodarlikni  qadrlashni o‘rgatadi.
 
 
 
 
O‘TKIR HOSHIMOV IJODI.
  DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR
     5-sinfda O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodini o‘rganish, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asarining tahlili uchun ikki soat vaqt ajratilgan. Qo‘shimcha o‘qish uchun adibning «Dunyoning ishlari» qissasi tavsiya etiladi.
    Darsga Uilyam Metyuening quyidagi tafakkuri shior qilib olingan: «Hamma qobiliyatlarning sarvari  fikrdir».
   Darsning maqsadi: O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini  o‘stirish, insoniylik fazilatlarini shakllantirish. Matn yaratishga o‘rgatish.
   O‘qituvchi darsni O‘tkir Hoshimovning hayoti, ijodi yuzasidan lahzalik savollardan iborat anketa tarqatishdan boshlaydi.
   O‘quvchilar quyidagi anketa savollariga javob berishlari kerak:
  1. O‘tkir Hoshimov tavalllud topgan yil – 1941-yil 9-avgust.
  2. Otasi – ishchi, kitobni, qiroatxonlikni sevgan.
  3. Onasi — Hakima aya go‘zal fazilatlar egasi.
  4. Bolaligi o‘tgan qishloq — Do‘mbirobod.
  5. O‘tkirga xos tabiat – donishmandlik.
  6. Bolalikda eshitgan dostoni – «Kuntug‘mish».
  7. U necha yoshda ijod qila boshladi – 12 yoshdan.
  8. Dastlabki ijodi qanday boshlandi – she’rlar yozishdan.
  9. Birinchi kitobi – «Po‘lat chavandoz».
10.Uning ijodiga baho bergan talabchan yozuvchi – Abdulla
   Qahhor.
  1. Asarlarida ulug‘lanadigan fazilatlar – jonkuyarlik, fidoyilik.
  2. Onasiga bag‘ishlangan asari – «Dunyoning ishlari»
  3. Qissaning yozilgan vaqti – 1981-yil.
  4. Asar qanday hikoyalardan tashkil topgan — mustaqil .
  5. Hikoyalarning barchasini qanday timsol birlashtiradi — Ona.
  6. Adibning romanlari — «Cho‘l havosi», «Bahor qaytmaydi», «Nur borki, soya bor», «Qalbingga quloq sol»,«Ikki eshik orasi» kabi…
  7. Sahna asarlari:«To‘ylar muborak»,«Sizdan ugina,bizdan bugina»
  8. Yozuvchining olgan mukofotlari: O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991) «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan.
   O‘tkir Hoshimovning asarlari chop etilishi bilanoq qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi. Negaki, ularda inson qismati, inson dardi, quvonchi, iztiroblari bor. Va sizga havola etiladigan ushbu «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asarida ham inson qismati, tabiat va jamiyat taqdirini o‘ylab, kuyunchaklik bilan yozgan mulohazalari o‘rin olgan. O‘quvchilar bitiklardagi ma’nolarni yanada uqishlari, his qilishlari uchun adibning asarlaridan  olingan quyidagi parchalar kodoskop orqali berilib, qiroat bilan o‘qiladi:
  1. «Inson bolasining fe’li qiziq bo‘larkan. Kechagi kuningdan qancha uzoqlashsang, unga shuncha bog‘lanib qolarkansan. Go‘daklik chog‘imda keksa ammam har kuni quloo‘imga quyadigan gapni keyingi paytlarda bot-bot eslaydigan bo‘lib qoldim. «Bolam! Odamning ikki yelkasida ikki farishta o‘tiradi. O‘ng yelkangdagi farishta qilgan savoblaringni hisoblab beradi, chap elkangdagisi qilgan gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoda hammasini taroziga solib ko‘radi. Savobing ko‘p bo‘lsa, jannatga kirasan. Gunohing ko‘p bo‘lsa, do‘zaxga tushasan». Yoshim ellikka kirib ushbu sodda va buyuk falsafaning mohiyatini endi chuqurroq anglagandek bo‘ldim».   (Ta’zim. Saylanma. 2-jild).
  2. «O! Endi haqiqat izlab qoldingmi? Haqiqat kuchda, degan shiorni qonun qilib olgan sen emasmiding! Qancha zolimlik qilsam, shuncha haq bo‘laman, degan sen emasmiding! Rost, hozir ham haqiqatni yer bilan bitta qilib, o‘zining rohatini o‘ylaydiganlar bor. O‘tirgan kursisidan foydalanib, cho‘ntagini qappaytiradi. Avval atrofiga tanish-bilishlarini to‘playdi, keyin mol-mulk yig‘adi. To‘g‘ri, hozirgi ablahlarning sen ablahdan farqi yo‘q. Ammo ertami-kechmi hamma narsaning hisob-kitobi bo‘ladi. Haqiqat degani – aslida mana shu! Absolyut haqiqat degani shu!». («Ikki eshik orasi» romanidan).
  3. «Onaning yosh-qarisi bo‘ladimi? Mehrning yosh-qarisi bo‘ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi? Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona – ona  ekan. Unga boshqa sifat kerakmas».
  4. «Otasi boshqa ayolga uylangandan keyin Xo‘ja avvalgidan ham ma’yus, indamas bo‘lib qoldi. Oyisi mehribonchilik qilgan sayin o‘zini olib qochadi. O‘shanda bir narsani bilmagan ekanman, keyin tushundim. Odam o‘zining nochorligini qanchalik chuqur his qilsa, shuncha mao‘rur bo‘larkan».
  5. «Men osmondan charaqlagan yulduzni tanlasam, oyim o‘smay qolgan yulduzni tanlar edilar. Sababini so‘rasam: U yetimcha yulduz. Yetimlarga rahm qilish kerak, — der edilar. Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz to‘satdan lop etardi-yu, ingichka nurli iz qoldirib o‘oyib bo‘lardi. Onam cho‘chib: — Esiz… bir bechoraning joni uzildi-ya …        – desalar yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib boshqa yulduz uchmasin!».
  6. «Otamning jahli yomon edi. Badjahl bo‘lib, aka-ukalardan birontamizni chertgan emas. Biroq onam: «Hoy, ehtiyot bo‘l, adangning jahllari yomon!», deb shunchalik uqtirib qo‘yganki, otamizni ko‘rishimiz bilan hammamiz yuvosh tortib qolardik». («Dunyoning ishlari» qissasidan)
  7. «Televizorda «Inson sadoqati» spektaklini ko‘rib… yuragim yomon bo‘lib qoldi. Bir vaqtlar men ham Elyorning onasi singari o‘z «baxtim»ga ergashib, Chimkentga ketib qolganman, bolamni tirik etim qilgan edim… Endi kech…» (Muallif pochtasidan)
8.«Bu xatni sizga o‘amboda bir ayol yozmoqda. Mening o‘g‘lim Afg‘onistonda halok bo‘ldi: jasadi temir tobutda  keldi… Ona uchun bundan ortiq azob bormi? Adoyi tamom bo‘ldim. Ko‘zimga o‘limdan boshqa narsa ko‘rinmay qoldi…»
  1. «Robiya! Men o‘lgan emasman, ishon!
       Ishon, Vatanimning yuragidaman!
       Tinchlikni istagan jami odamning
       Oppoq orzulari, tilagidaman!
       Ergashali aka mina ostida
       Qiyma-qiyma bo‘ldi, o‘zim ko‘rganman.
       Vasya amakining shilinib ketgan
       Jasadini  tortib, erga ko‘mganman.
       Dahshat! Nimasini aytay Robiya!
       Kuygan bolakayning ko‘zchalari yo‘q!»
                 («Ikki eshik orasi»ni o‘qib…  Muallif pochtasidan).
    Har bir o‘qilgan parchalarni o‘quvchilar qaysi bitiklarga ma’no jihatdan to‘o‘ri kelishini topadilar. Va ularni turli ruknlarga ajratadilar: Do‘stlik – oltindan qimmat. Noming o‘chsin urush. Ota — aql, ona – idrok. Rost gap — haq gap. Mag‘rurlik — jasorat kabi… Matn ustida ishlash uchun quyidagi shiorlar ilova qilinadi:
  1. Bu yorug‘ olamda Vatan  bittadir,
    Bittadir dunyoda Ona degan nom.   (Abdulla Oripov)
  1. O‘lim umid bilan yashashdan, kuchli iroda va hayotga muhabbat, ishonch bilan qarashdan qo‘rqadi.
  2. Jannat onalarning oyoo‘i ostidadir. (Hadisdan)
  3. Kim so‘zni terib aytguvchi oo‘ziga bergay,
   Molik ani do‘zax o‘tining dudiga tergay.
   Ya’ni: Odamlardagi eng yaxshi fazilat rostgo‘ylik. Yolg‘on gapiruvchi, gap tashuvchilar fisqu-fasodlarga sabab bo‘ladilar                 (Alisher Navoiy).
   O‘quvchilar kichik matn yaratishda avvalo o‘z fikrlarini og‘zaki bayon etadilar. Bahs munozara davomida xulosa chiqarishni o‘rganadilar. Ular o‘zlari keltirgan misollarda vatanparvarlik, fidokorlik, mehr-muruvvat, oqibat, qadr-qimmat, hurmat kabi tuyg‘ularga to‘xtaladilar. Bu tuyg‘ular haqidagi maqollardan topib yozish uyga vazifa qilib beriladi. Keltirilgan parchalarni asarning o‘zidan topib o‘qishga intiladilar. Badiiy kitobga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. Iqtidorli o‘quvchilar bo‘lib o‘tgan voqealar asosida kichik hikoyalar yozishlari mumkin.
URUSHNING  SO‘NGGI  QURBONI
     O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘tiladigan mavzuga qarab o‘qitish metodikasini oldindan belgilashi, uning rejasini tuzib chiqish kerak. Adabiyot darslarida ba’zi asarlarni o‘qitishda interaktiv usullardan foydalanish, shuningdek, mavzuni guruhlarga bo‘linib tahlil qilish, har bir o‘quvchini u yoki bu timsolga fikr bildirishi darsni jonlantiradi, darsning sifat va samarasini oshirib, unga o‘ziga xos mazmun beradi. qolaversa, o‘quvchini mustaqil ishlashga, asarga ijodiy yondashishga o‘rgatadi. Bu hozirgi kun talablaridan kelib chiqib, darsda yangi pedagogik texnologiyalarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Quyida O‘tkir Hoshimovning «Urushning so‘nggi qurboni» asarini interaktiv usulda o‘rganish bunga misoldir.
 
Darsning borishi: Bahs, munozara.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni erkin va ijodiy
                       fikrlashga o‘rgatish, ularni milliy
                       qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan
                       iborat.
Darsning jihozi: O‘tkir Hoshimovning «Urushning
                       so‘nggi qurboni» hikoyasi, «Nurli dunyo»
                       va «Umr savdosi» saylanma asarlari,
                       o‘quvchilar tomonidan asarga chizilgan
                       suratlar. Audio  kasseta. «Xalq so‘zi»
                       gazetasidan olingan maqola.
Darsning shiori: Oshkora munozaralar tufayli xatolargina emas,
                       balki eng yomon be’maniliklar ham  tezda
                       bartaraf etiladi. (M.E. Saltikov – Shchedrin)
                       Bahsda go‘yo sen uchqur toysan.
                       Qizishmasang, ko‘p yiqilmaysan.
                                         ( N. Xisrav)
Guruhlarning shiori: 1. Odamzot uchta narsaning qadrini
                        hamisha kechikib tushunadi: sog`lik,
                        yoshlik, tinchlik. ( O‘tkir Hoshimov)
                        2.Odamxo‘rlik  (kannibalizm) bundan besh
                        asr ilgari barham topgan  deyishadi.
                        Bilmadim… Menimcha odamxo‘rlik bugun
                        ham davom etyapti. Modomiki, er yuzida
                        urush balosi bor ekan, shuning o‘zi
                        odamxo‘rlik!   (O‘tkir Hoshimov)
  1. Robiya, odamlar eshitsin, aytgin:
                        Noma’lum askar – men  mag`rur har mahal
                        Mangu olov bo‘lib, o‘chmas nom bo‘lib
                        Qalbingda tiklangan haykalman, haykal!
                        («Ikki eshik orasi» romanini o‘qib, Nodira..)
Dars o‘quvchilarga mazkur hikoyaning bir epizodini magnit lentasidan eshittirishdan boshlanadi. (Shoikrom uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi. Bir mahal bola yig‘ladimi, yo tashqarida shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Sapchib o‘rnidan turib ketdi. Ayvon chirog‘ini yoqishi bilan qulupnay pushtasida muk tushib yotgan odam gavdasini ko‘rdi-yu, dahshatdan qotib qoldi. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini payqadi. Sim uchini shartta  ilgakdan yulib olib, hovliga otildi. «Boshqalari qochdi» degan fikr lip etib hayolidan o‘tdi. Pushtalar ustida sakrab-sakrab yurib borarkan, oyog‘i botib ketayotganini payqadi. Keyin g‘ujanak bo‘lib yotgan odamdan  uch qadam beriroqda to‘xtadi-yu, birdan cho‘kkalab qoldi. Bir lahza ko‘zlari olayib tikilib turdi-da, ko‘ksidan shamol g‘uvurini ham, o‘z vujudini ham larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi: — Oyi-i-i!)
O‘qituvchi: Siz ushbu asar bilan tanishsiz. U qanday nomlanadi? Epizoddan qanday xulosa chiqardingiz?
Munozara uchun savollar:
  1. Asar nima uchun «Urushning so‘nggi qurboni» deb nomlangan?
  2. Urushning so‘nggi qurboni kim? U nima sababdan qurbon bo‘ldi?
  3. Urush Shoikromning ongiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
  4. Nima sababdan Shoikrom hayotdan hursand emas?
  5. Shoikrom kimlardan o‘ch olmoqchi edi? Uning qalbida o‘ch olish tuyg‘usi qay tarzda paydo bo‘ldi?
  6. Bu tuyg‘u Shoikromni yaxshilikka olib keldimi? Qanday voqea sodir bo‘ldi?
  7. Nima sababdan Shoikrom xotini yolg‘on gapirayotganini bilib tursa ham, uni qoralashni istamaydi?
O‘qituvchi: Savollarga bergan javoblaringizdan asarni yaxshi o‘rganganingiz bilinib turibdi. Endi qoralovchilar va oqlovchilar guruhlariga bo‘linib, o‘zaro hamkorlikda darsimiz shiorlaridan birini tanlaymiz. Munozarada faol ishtirok etishingiz kerak. Ayting-chi, sodir qilingan qotillikda Shoikromni ayblash mumkinmi?
Qoralovchilar guruhi: Ha, asosiy aybdor Shoikrom. Uning ko‘ngli hech narsadan to‘lmaydi. O‘z shaxsini o‘ylaydigan ichi qora  odam. Bolalarining ko‘pligidan  ranjiydi. Xudoga shukur qilishni bilmaydi. O‘g‘irlangan sigiri uchun hammadan alamzada.
Oqlovchilar guruhi: Shoikrom – ko‘ngli nozik yigit. U har bir narsaga e’tibor beradi. Sopol tovoq, bandi kuygan qoshiq, hattoki shinni dog‘i qotgan quroq dasturxon ham, ter hidi anqib turgan lo‘labolish, kunlar isib keraksiz bo‘lib qolgan  sandal ham  uning g‘ashiga  tegadi. Xotinining pishiqligidan uni hurmat qilmaydi.
Qoralovchilar guruhi: Shoikrom — bemehr inson. U keksayib qolgan onasidan, o‘lim  to‘shagida yotgan ukasi Shone’matdan haftalab xabar olib turmaydi. Hatto kechasi bezovta bo‘lib yig‘layotgan chaqaloqning, o‘z bolasining ovozi ham unga yoqmaydi.
Oqlovchilar guruhi: Bu fikringizga qo‘shilmayman. Shoikrom la’nati urush tufayli kambag‘allashib ketgan. U ertadan yarim kechagacha Tekstilda ishlaydi. Horg‘in holda ishdan qaytadi. Umri xola chiqqan kuni choy ichib o‘tirib, onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini ko‘rib eziladi. Ukasidan xabar ololmaganidan afsuslanib xo‘rsinadi. Ocharchilik, qashshoqlikda uchta bolani boqish og‘irligidan urushda o‘lib ketishni afzal ko‘radi.
Qoralovchilar guruhi: U har doim yomon narsalarni o‘ylab yuradi. Masalan: Ukasini ko‘rgani kirganda uning qoqsuyak  bo‘lib qolganini ko‘rib «Yaqinda o‘ladi, baribir o‘ladi», — deb xayolidan o‘tkazadi. Ilhom samovarchining xotini echkisini o‘g’rilardan olib qolmoqchi bo‘lganida uni pichoqlab ketishganini bila turib xotinini sigirining o‘g‘irlanishida ayblaydi. U o‘z kasbidan ham  odam o‘ldirish uchun foydalanadi.
Oqlovchilar guruhi: Shoikrom – mehnatkash inson. Suyagi mehnatda qotgan. Otasi vafot etganda, u 6-sinfda, Shone’mat esa 2-sinfda o‘qishardi. U ukasi Shone’matni har kuni maktabga olib borgan, olib qaytgan, ukasini tarbiyalashda onasiga yordamlashgan. Endi shu ukasi uch oydan beri erga yopishib, qoqsuyak bo‘lib yotibdi. Ukasining o‘lishi muqarrarligini bilib, unga achinadi. U hammasi uchun o‘zini aybdor hisoblaydi. Ukasini urushga olishmaganida qancha suyungan edi. Afsuski, u sil  kasal ekan. U  odamlarning og‘irini engil qilish, xonadonlarga nur olib kirish, to‘yxonalarni charog‘on  qilishga  o‘rgangan. Faqat yaxshilikka xizmat qilardi.
Qoralovchilar guruhi: O‘sha kuni oqibati nima bilan tugashini bilgan holda simni tokka ulab, qulupnay pushtalari orasiga tashlab qo‘ygan. U o‘g‘ri bahona ichidagi yomon niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Oqlovchilar: Shoikrom o‘sha tunda ko‘p o‘yladi. Ilhom samovarchining xotinini pichoqlab ketishgani, o‘zi bilan ishlaydigan bir yigitning g‘arq pishib yotgan uzumlarini o‘g‘irlab ketishgani, qolaversa, erta bahorda tug‘ay deb turgan sigirining o‘g‘irlanishi, non puli bo‘lar deb yetishtirgan mevalaridan judo qilishayotgani uchun o‘g‘rilardan qasos olmoqchi edi.
Qoralovchilar: U qotillikka qo‘l  urar ekan, o‘z ishidan zavqlanadi. Xotinini «hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi» deb ogohlanitiradi. Ko‘rinib turibdiki, Shoikrom qotillikda, qasddan odam o‘ldirishda ayblanadi.
Oqlovchilar: Biz Shoikromni qasddan  odam o‘ldirishda ayblanadi degan fikringizga  qo‘shilmaymiz. U qulupnay pushtasi ichida yotgan odamni ko‘rib dahshatga tushadi. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini anglaydi. Titrog‘ qo‘llari bilan loy changallagancha cho‘kkalab ko‘ksiga mushtlaydi. U  aybdor ekanligidan ko‘z yumayotgani yo‘q. Og‘ir va nochor hayot uni charchatgan. Shoikrom bu ishi uchun bir umr armonda yashaydi, ma’naviy jazoga hukm etiladi.
O‘qituvchi:  To‘g‘ri, Shoikromday  mehnatkash, sabr-qanoatli odamda ham faqat o‘zini o‘ylash, xudbinlik, shafqatsizlik  kabi illatlarini nima yuzaga chiqardi?
O‘quvchilar: Urush. «Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi» deganda yozuvchi haq edi. Ana shu yomonlarning harakatlari Shoikromday yigitning ham ongiga ta’sirini o‘tkazdi.
O‘qituvchi:  Endigi bosqichimizda hikoyaning boshqa personajlari hatti-harakatlarini chuqurroq o‘rganib tahlil qilsak. Bu bizga qotillikni keltirib chiqargan ba’zi sabablarni topishimizda yordam beradi. Izquvarlar va  zukkolar qotillikka dahldor bo‘lgan isbot va dalillarni keltirishi bu ishimizga aniqlik kiritadi..
Izquvarlar: Ushbu qotillikda Xadichaning ham aybi bor. Chunki Shoikromga turmushga chiqib, uni tubdan o‘zgartirib yubordi. Shoikromday mehribon yigitni o‘z shaxsini o‘ylaydigan, qizg‘anchiq, xudbin yigitga aylantirdi. «Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin», deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Bu xonadonga Xadicha kelin bo‘lib tushibdiki, oilada tinchlik yo‘q. Uning injiqligidan, ikir-chikir gaplar chiqaverganidan Umri xola ularning qozonini boshqa qilib berdi.
Zukkolar: Bizning fikrimizcha, qotillikni sodir etilishida qo‘rquv va o‘sha kungi ob-havoning ham ta’siri bo‘lgan.  Shoikrom Xadichaning “Shu kunda  yana o‘g‘ri oralab qoldi” degan gapidan so‘ng vahimaga tushdi. U aylanib yong‘oq tagiga bordi. Bordi-yu, chindan ham ko‘cha tomondagi devorning bir cheti o‘pirilganini, ostiga tuproq to‘kilganini ko‘rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Nazarida devorning kemtik joyidan birov mo‘ralab turganday bo‘ldi. Yong‘oq shoxlarining shamolda vishillashi ham, oyog‘i ostida to‘kilib yotgan devor tuprog‘i ham shubhali, vahimali ko‘rinib, darrov orqasiga qaytdi. Shamol borgan sari avjga chiqar, yong‘oq shoxlari shubhali qirchillar, allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo‘lardi.
Izquvarlar: Xadichaning qurumsoqligi, uy tutishni bilmasligi, ziqnaligi, qaynonasi bilan munosabatining yomonligi Shoikromni doim g‘ashlantirgan. Bolasini ham ovutishni bilmaydi, oqibatda bolasi ham yig‘loq bo‘lib qolgan. Eri ishdan charchab kelib, bolasining yig‘i ovozi yoqmay, uni tinchlantirishini so‘raganda Xadicha darrov beshikni mushtlab zarda qiladi. Bolalariga qarashadigan qaynonasidan ovqatini qizg‘anadi. Yolg‘on gapiradi.
Zukkolar: Shoikromni qo‘rquv bosadi. U Ilhom samovarchining xotinini so‘yib ketishganini eslaydi. O‘zi smenada kechasi  bilan qolib ketsa, xotini uchta jo‘ja birdek jon, jon hovuchlab tong ottirsa, o‘g‘riga o‘ljaning katta-kichigi bormi? Bordi-yu, o‘zi yo‘g‘ida uyini o‘g‘ri bossa, xotini dod solsa, pichoqlab tashlasa. U yoqdan  onasi chiqsa, uniyam pichoqlasa..  «Vijdonsiz! Odamlarning boshiga kulfat tushganidan foydalanib qoladiganlarni qirish kerak», degan o‘y keladi. Qo‘rquv nafratga aylanadi.
Izquvarlar: Xadicha o‘sha kuni vahima qilib erini gij-gijlamaganda, bir hovuch qulupnayga bir kosa jo‘xori beradi, demaganida Shoikrom  o‘sha tokni simga ulamasmidi. Erining — Hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi! —  deganiga qiziqmaydi ham. Bemalol kirib uxlaydi.
Zukkolar:  Shoikromning sigiri yo‘qolgan kuni ham rosa jala quygan edi. Bugun ham osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, shamol o‘kiryapti.. O‘g‘rilarga bo‘lgan nafrat qo‘rquvni yengdi. «Menga desa otib yubormaydimi!- deb o‘yladi u ayvon labiga cho‘qqayib o‘tirganicha usti yopiq simni ochiq simga ildam ularkan: «Harna bitta xaromxo‘rni o‘ldirganim. Bittasi o‘lsa, boshqalari adabini yeydi» deb, a’zoyi badani terlab ketgan edi. U qilayotgan ishining oqibatini o‘ylaydigan holatda emas edi. Simlari yaxshilikka xizmat qilayotganiga imoni komil edi. Uni qotillikka nafrat undadi.
Izquvarlar: Xadicha shu qulupnay tufayli bulturgi yili qaynonasini qattiq ranjitgan edi. Bir hovuch qulupnay olganiga, norastalarning nasibasiga  tegmang, deb bobillab bergan edi. Yoz bo‘yi Umri xola bilan yuz ko‘rmas bo‘lib yurgandi. Xadicha shu oilaga qayishganida, qaynisining holidan xabar olib turganida  qotillik yuz bermasdi.
Zukkolar:  Bu voqeani sodir bo‘lishida Umri xolaning o‘zi ham aybdor. Negaki, Umri xola qishloqda bo‘layotgan o‘g‘irliklardan xabardor edi. O‘g‘lining sigiri yo‘qolib, alamzada bo‘lib yurganini bilardi. Kelinining injiqliklariga barham berishi, o‘g‘liga Shone’matning og‘ir ahvolini tushuntirib, qulupnayga sut olishini bildirishi kerak edi. Shone’matning qarshiligiga qaramay Umri xolaning yarim kechada o‘g‘lining hovlisiga o‘g‘irlikka kirishi, farzandlariga o‘z fikr-o‘ylarini ochiq-oydin aytmaganligi, xokisorligi, har qanday sharoitda ham bolasini o‘ylaganligi uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. 1945-yil 8-may kuni kechqurun o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi. Urushning so‘nggi qurboni bo‘ldi.
Izquvarlar:  Asosiy aybdor urush. Urush bo‘lmaganida ocharchilik, qashshoqlik bo‘lmasdi. Odamlar xudbinlik qilishmasdi. Yozuvchi ham urushni qoralaydi.  Bu hikoya hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, urushga qarshi yozilgan eng katta aybnomalardan hisoblanadi. Yozuvchi «Ikki eshik orasi» romani orqali ham hech qachon urush bo‘lmasligi kerak, deb ogohlantiradi.
O‘qituvchi: Lekin hozirgi to‘qchilik, tinch zamonamizda ham dunyoning qaysi bir nuqtalarida urush  davom etmoqda. Urushqoq kimsalar aybi bilan begunoh kishilar halok bo‘lmoqda. Bolalar ochlikdan qirilib ketyapti. Ming bor shukronalar aytib, tinch hayotimizning qadriga yetmayotganlar ham bor. Masalan: o‘tgan 2001-yili 25-aprelda “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan  maqola bilan tanishib, Muzaffar Masharipovning qilmishiga ham shunday baho berish mumkin. U hammani Xizbuttahrirga, ya’ni boshqatdan “islom”ga kirgizmoqchi bo‘lib, ustozi Qobil Toshboyev bilan yashirin tashkilotda ish ko‘rdi. Din niqobi  ostida davlatga, xalqiga, ota-onasiga qarshi turdi.  Otasi mahallada bosh ko‘tarolmay huquq idorasiga murojaat qildi. Muzaffar afsuslangan kishi bo‘lib, kechirim so‘ragan bo‘ldi. Sal vaqt o‘tmay yana o‘z bilganidan qolmadi. Otasi Sultonbek aka sharmandalikka chidolmay, oqibatda  joniga qasd qilib, tong mahalda o‘zini osib qo‘ydi.  Oilasidagilar qora kiyib motamsaro yurganda, u jaholatga berilib da’vat qilishini qo‘ymadi. Otasini oxirgi yo‘lga kuzatishga ham yaramadi. Bu haqda nima deysiz?
Zukkolar: Ha, biz Shoikromning qilgan qotilligi uchun urushni aybladik. Muzaffar esa tinch hayotda yashab to‘qlikka sho‘xlik qilgan. Otasining yuzini yerga qaratib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Afsuski, bundaylar oramizda uchrab turibdi. Ular terrorchilik harakatida bo‘lib, begunoh odamlarning qonini to‘kmoqda.
Izquvarlar: Biz to‘g‘ri yo‘l tanlashimiz uchun «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasiga o‘xshagan kishini o‘ylantiradigan asl kitoblarni  ko‘p o‘qishimiz, mutoala qilishimiz kerak.  Har qanday sharoitda ham kishi o‘z bilimini oshirib,  dunyoqarashini o‘stirishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Kitob bizning doimiy hamrohimiz, do‘stimizdir.
        O‘qituvchi: Bundan ko‘rinib turibdiki, ma’naviyati yuksak odam hayotda qoqilmaydi. Har qanday vaziyatdan osonlikcha chiqib ketadi. Turmush chigalliklarini yechishda aqliga, farosatiga tayanadi. Shiorlarimizdan kelib chiqib tinchlik, sog‘liq va yoshlikning qadriga etishni o‘rganishimiz kerak. Bugungi bahslarimiz ham qilgan xatolarimizni, kamchiliklarimizni o‘rganishda, tuzatishda yordam beradi deb o‘ylayman. Tinchlikni ko‘z qorachig`imizdek asraylik. Darsga yakun yasar ekanmiz, uyingizda «Mustaqil O‘zbekiston tinchlik yo‘lida» mavzusida insho yozib keling. Ta’tilda O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanini o‘qib olishga harakat qiling. O‘quvchilar darsni urush haqidagi bilgan she’rlaridan parchalar  o‘qish  bilan tugatishdi.
               Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz,
              G‘alaba to‘yida bo‘lurmiz biz ham.
              Aziz do‘stlar bilan uchrashib xonadon,
              Qadrdon ellarga  qo‘yarmiz  qadam.
              Goh shunday tuyular qonli jangohdan,
              Bir zamon qaytmagan askar o‘g‘lonlar.
              O‘lim quchmaganlar go‘yo u chohda,
              Balki oq turnalar bo‘lib qolgandir.
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqil ta’lim uchun
 
ALEKSANDR SERGEEVICH PUSHKIN IJODI
(«Baliqchi va baliq haqida ertak»  asari asosida)
 
Darsning uslubi: Modul (andozali) usuli.
Modulning didaktik maqsadi: O‘quvchilarning ifodali o‘qishini
              takomillashtirish,  ulardagi eng nozik his-tuyg‘ularni
              uyg‘otish, badiiy asarga qiziqtirish va  ma’naviy
              chiniqtirish.
Darsning jihozi: 1 Texnik vositalar: audio kassetalar, kodoskop.
  1. Ko‘rgazmalar: o‘quvchilar tomonidan ertak
              qahramonlari va voqealar rivojiga chizilgan
              suratlar, A.S.Pushkin asarlari, ertak kitoblar.
Darsning shiori: Ertaklar bizni ezgulikka yetaklar.
Guruhlarning shiori: 1. O‘z qusuringni anglashing kamolatga
              etaklaydi. 2. Saxiy bo‘lish juda oson, qiyini — adolatli
              bo‘lish.  3. Halollik, to‘g‘rilik – katta baxt.
        O‘qituvchi darsni boshlab, ularni quyidagi modul dasturi bilan tanishtiradi. O‘quvchilar darsning tashkiliy  qismida  yuqoridagi shiorlardan birini tanlab, guruhlarga, ya’ni: kamtarlar, adolatchilar va halollarga bo‘linib modul asosida ishlashlari kerak. To‘g‘ri javoblari uchun ko‘rgazmadagi dengiz baliqlaridan ushlab, baho kartochkalarini yig‘adilar.
      Darsda ifodali o‘qish san’atiga alohida e’tibor beriladi. Chunki ifodali o‘qish san’ati faqat bolalarning badiiy  didini rivojlantiribgina qolmay, ularni ma’naviy chiniqtiradi, chin inson qilib tarbiyalaydi. Ifodali o‘qiladigan asar talqin etilishiga qarab muayyan ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Talqin jarayoni esa  o‘quvchining jismoniy-ruhiy holatidir. O‘quvchilar A. S. Pushkin hayoti va ijodiga tegishli ma’lumotlar bilan tanishib, lahzalik savol-javoblar o‘tkazilgandan so‘ng «Baliqchi va baliq haqida ertak» asari mustaqil ravishda  sinchiklab o‘qiladi. Asarni ifodali o‘qish asarga emotsional va ongli ravishda yondashish imkonini beradi. Masalan, baliqning baliqchi cholga yolvorishi:
               «Qo‘yib yubor dengizga bobo:
                Katta to‘lov to‘layman senga,
                Ko‘ngling ne tilasa bergayman», — degan so‘zlari har qanday sof dil kishini mehr-shafqatga chaqiradi. Yoki kampirning cholga o‘dag‘aylashi, buyruq berib talab qilishi kampirning ochko‘zligi, sabr qilishni bilmasligi, noshukur ekanligi, cholini mensimasligini  his qilgan o‘quvchi  shunday kishilarga nisbatan nafrati oshadi:
          «Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
           Ololmabsan baliqdan to‘lov!»…
MODUL    USULI
 
        Modulning didaktik maqsadi: Siz o‘quvchilar kichik  guruhda hamkorlikda mustaqil ishlab, o‘z nutqingiz, talaffuzingizga  alohida e’tibor berib, ertakning mazmunini tahlil qilishingiz, u yuzasidan ijodiy izlanishingiz, o‘z nutqingizni hamda tafakku-ringizni kengaytirishingiz va muloqot madaniyatingizni rivojlanti-rishingiz zarur.
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materialiga oid topshiriqlar
Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
Baho
I.
Maqsad: Ifodali o‘qish ko‘nikmalarini hosil qiling. Deklamatsiya.
1.Darslikdagi shoir  hayoti va ijodi yuzasidan berilgan lahzalik savollarga javob toping.
2. Magnitofondan ertakning o‘qilishini tinglab siz ham so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling.
O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan savol -javobda faol ishtirok eting.
Tushunmagan so‘zlar-ingizni daftaringizga yozing.
II
Maqsad: Matn ustida ishlashni
o‘rgatish. Til qoidalarini puxta o‘zlashtirish.
1. She’riy parchalarni matnga aylantiring.
2. Dialoglar tuzing. Mavzuga oid savollar tuzing.
2. Mavzuga oid tuzilgan savollarga
Guruh bilan hamkorlikda                            ishlang.
Tezkorlik bilan ishlashga                                        harakat qiling.
III
Maqsad: Oo‘zaki nutqni rivojlantirish va fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
1. To‘g‘ri-noto‘g‘ri» o‘yinida qatnashib,berilgan savollarga javob bering.
2. Mavzuga oid tuzilgan savollarga javob bering va shioringiz asosida ertakka xulosangizni sharhlang.
Guruh bilan hamkorlikda                                              ishlang.
Mantiqan fikrlang.
Kodoskopda berilgan matnga  munosabat
bildiring.
IV
1. Modulni yakunlang! Modulning didaktik maqsadini o‘qing.
2. Siz moduldan ko‘zlangan maqsadga erishdingizmi?
Qay darajada?
3. O‘quv materialini o‘zlashtirishga nima yordam berdi, nima halaqit berdi.
4. Qaysi topshiriq tushunarsiz  bo‘lib qoldi?  Dars davomidagi faoliyatin gizni   baholang.
5. Uy vazifasi: Darslikda beril-gan topshiriqlarni bajaring. She’rning  urg‘u o‘rnini va hijolar sonini belgilang.
Ertakning ssenariysini yozing.
O‘z fikringizni bayon eting.
Baho keyingi grafaga
qo‘yiladi.
Mavzuga  oid ertaklar-dan topib o‘qing.
        Bu o‘rinda deklamatsiyadan, rollarga bo‘lib o‘qish, ertakning mazmunini tahlil qilish, luo‘at bilan ishlash, texnik vosita yordamida o‘qish, matnga yaqinlashtirib qayta hikoya qilish kabi usullardan foydalanish mumkin. O‘quvchilar tomonidan ertakka chizilgan rasmlardan foydalansak, ularni diafilm orqali namoyish qilib, asarni o‘rgansak maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.
      Guruhlar modulning ikkinchi bosqichida matn ustida ishlaydilar. Birinchi guruh: kamtarlar guruhi ertakdan olingan she’riy parchalar asosida matn yaratadi. Adolatchilar guruhi ertakdan mavzuga oid savollar tuzadi. Halollar guruhi esa ertakdan dialoglar tuzadi. Masalan, baliq va chol dialogi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
        Baliq: Iltimos qilaman bobojon, meni dengizga qo‘yib yuboring.
        Chol:  Umrimda baliqning gapirganini eshitmagan edim. Bu qanday mo‘jiza. Tushimmi  yo  o‘ngimmi? 
        Baliq: Bobojon, men oddiy baliq emasman, oltin baliqman.        Agar dengizga qo‘yib yuborsangiz katta to‘lov beraman. Istagan narsangizni muhayyo qilaman.
        Chol: Eh oltin baliq, senga tangri yor bo‘lsin. Menga hech qanday to‘lov kerak emas. Mayli, dengizda yana erkin suzaver.
   Adolatchilar guruhi tuzgan savollar quyidagicha bo‘lib, bu savollar bilan guruhlarga murojaat qilish mumkin:
  1. Ertakda ishtirok etuvchilarning xarakteri sizga qanday ta’sir etdi?
  2. Kampir choliga nisbatan qanday munosabatda bo‘ladi?
  3. Chol har gal dengizga yo‘l olganda qanday holatda bo‘ladi?
      Dengiz-chi?
  1. Chol nega kampirning buyruqlarini so‘zsiz bajaradi?
  2. Ertak bilan mulьtfilьmda voqealar qanday tasvirlanadi?
      Farqi nimada?
   Keyingi o‘quv faoliyatida guruhlar bir-birlariga ertak yuzasidan to‘g‘ri — noto‘g‘ri savollarni tuzib, o‘zaro bilimlarini sinab ko‘rishadi. «To‘g‘ri – noto‘g‘ri» o‘yinining savollari  quyidagicha  bo‘lishi mumkin:
  1. Chol baliq oviga borib katta cho‘rtanbaliq tutib oladi.
         Javob: Noto‘g‘ri. Chol oltin baliq tutib oladi.
  1. Kampir oltin baliqdan dastlab uy so‘rashni talab qiladi.
            Javob:  Noto‘g‘ri. Uy  emas, tog‘ora so‘rab oladi.
  1. Baliq aslida cholning emas, balki kampirning tilaklarini bajaradi.
            Javob: To‘g‘ri. Chol beminnat yaxshilik qilgan.
  1. Kampir boshidanoq qora dehqon bo‘lishdan ko‘ra malika bo‘lgisi keladi?
Javob: Noto‘g‘ri. Kampir dastlab begoyim bo‘lishni istaydi.
  1. Kampir aslzoda bo‘lganidan keyin cholini otxonada ishlashga soladi.
            Javob: To‘g‘ri. Kampir cholini mensimay qo‘yadi.
  1. Chol baliqqa kampirning okeanga malika bo‘lgisi kelayotganini aytganda, baliq cholga: — Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin, — deydi.
      Javob:  Noto‘g‘ri. Baliq cholga bir so‘z ham aytmay dengiz
         tubiga g‘oyib bo‘ladi.
     Guruhlar ertakni  yaxshi o‘zlashtirib olishgach, kodoskopdan mavzuga yaqin matn tanlanadi va o‘qituvchi yoki nutqi ravon o‘quvchi matnni o‘qiydi:
        «Luqmoni Hakim o‘g‘liga qarab doimo shunday der ekan: — Ey bo‘tam, boshingga qanday og‘ir g‘am-kulfat tushmasin, sabr qil! Hayot musibatsiz, mashaqqatsiz bo‘lmaydi. Birov sening aybingni, kamchiligingni aytsa, ochiq chehra bilan qabul qil, unga yuzingni tirishtirma, og‘zingni yomon gapga burma. Ko‘cha-ko‘yda kibrlanib, takabburlanib yurma hamda shoshilgan holda yoki yalqovlanib ham yurma, ovozingni baland ko‘tarma. Bunday qabih ovoz hech kimga yoqmaydi.
       Qissadan hissa: Kamtar — yetar murodga,
                         Man-man qolar uyatga».
        Guruhlar so‘nggi o‘quv faoliyatida ertakdan kampirning bir qator yomon fazilatlarini topadilar. O‘zlari shior qilib tanlagan insoniylik fazilatlari: kamtarlik, adolat va halollikni yoqlaydilar: kamtarlikning yetishmasligi nodonlikdandir. Kampir ham o‘zini katta tutadi, cholini mensimaydi. Takabburligi tufayli yetishgan  narsalaridan mahrum bo‘ladi.
        Adolat yurish-turishimiz va har qanday istaklarimizning asosi bo‘lishi kerak. Agar kampir ham faqat o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlamasdan mulohaza bilan ish yuritganda edi, birgina teshik tog‘ora bilan qolib ketmasdi.
        Halollikdan yuz o‘girgan odam yaramas illatlarga berilib ketadi. Halollik har qanday martabani bezaydi. Kampir ochko‘zligi, manmanligi, sabr qilolmasligi tufayli yana eski holiga qaytdi. Agar nafsi tiyiq, shukurni biladigan halol odam bo‘lganida edi, yaxshi hayot kechirib, ezgu niyatlariga yetardi.
        O‘quvchilar dars so‘nggida modulning oxirgi grafasiga o‘z baholarini qo‘yadilar. Guruh sardorlari baholarni ko‘rib chiqib, to‘g‘ri-noto‘g‘ri qo‘yilgani haqida hisobot beradilar. O‘quvchilar modulda  ko‘rsatilgan uyga vazifalarni kundalik daftarlariga yozib oladilar.
        Xulosa shuki, bunday modul darslar o‘quvchilarga nafosat tarbiyasi berishning hamda o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishning  muhim vositalaridan hisoblanadi.
 
 
 
MUNDARIJA
 
 
Sozboshi …………………………………………………………………………… 5
Faqat ohang vositasida boglangan qo‘shma gaplar …………… 8
Qo‘shma gap …………………………………………………………………….. 20
Ozbek tilida so‘z-gaplar haqida ……………………………………….. 28
Ogdulmish va Ozgurmish matni ustida ishlash ………………. 32
Alisher Navoiy ijodi – tarbiya maktabi ………………………………. 37
Ahmad Yassaviy ………………………………………………………………… 41
Muhammad Yusuf ijodini o’rganish …………………………………… 46
O’tkir Hoshimov ijodi. Daftar hoshiyasidagi bitiklar …………. 49
Urushning so‘nggi qurboni ……………………………………………….. 52
Aleksandr Sergeevich Pushkin ijodi …………………………………… 60
 
 
68,1,66,3,64,5,62,7,60,9,58,11,56,13,54,15,52,17,50,19,48,21,46,23,44,25,42,27,40,29,38,31,36,33
34,35,32,37,30,39,28,41,26,43,24,45,22,47,20,49,18,51,16,53,14,55,12,57,10,59,8,61,6,63,4,65,2,67

Оставьте комментарий