Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 🤔

Ko‘pgina yoshlar imtihonlar vaqtida stress va xavotirga beriluvchan bo‘lib qoladi. Ammo buning bir nechta amaliy harakatlar bilan oldini olish, umuman imtihonlar davomida xotirjamlikka erishish va natijada muvaffaqiyat qozonish mumkin.

Ec.еuropa.eu sayti bu borada tavsiyaviy maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani e’tiboringizga havola qilamiz.

1️⃣. Nimaga aloqadorligini tushuning

Imtihon avvalida, uning formatini tushunganingizga ishonch hosil qiling – masalan, u qanday mavzularni qamrab olgan.

Imtihon qancha davom etadi?

Savollarga qanday javob berish kerak?

Bu borada oldindan o‘qituvchilaringizdan maslahat so‘rang.

2️⃣. Oldindan rejalashtirish

O‘zingizga kerak bo‘lgan har qanday kitob yoki yozuvlarni qayta ko‘rib chiqish va ma’lum nusxalarini olish uchun o‘zingizga yetarlicha vaqt ajrating. Qayta ko‘rib chiqishingiz va uni qachon amalga oshirishni rejalashtiring.

3️⃣. Amaliyot mukammal qiladi

Repetitorlaringizdan oldingi imtihon ishlarini so‘rang va ularga javob berishni mashq qiling. Bu sizga katta amaliy tajriba bilan bir qatorda, imtihon texnikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

4️⃣. Faol o‘quvchi bo‘ling

Agar siz kitoblar yoki qayd sahifalaringizni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, undagi aksariyat ma’lumotlarni unutib qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun, o‘qiyotganingizda qisqa yozuvlar yozishga yoki asosiy fikrlarni ta’kidlashga harakat qiling. Bu sizga ma’lumotlarni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, yaqin insonlaringizdan sizni sinovdan o‘tkazishini so‘rang yoki boshqalarga sinov sifatida mavzu bo‘yicha ma’ruza qilib bering.

5️⃣. Dam oling!

Agar siz juda ko‘p o‘qiyotgan bo‘lsangiz toliqishingiz turgan gap. Buning oldini olish uchun tanaffus qilish va hordiq chiqarishga vaqt ajrating. Vaqti-vaqti bilan uxlab olish samaralidir.

E’tibor bering, agar xotirjam bo‘lsangiz, aniqroq fikr qila olasiz. Shuningdek, yoga va meditasiya ham ajoyib dam olish texnikasi bo‘la oladi.

6️⃣. Sog‘lom bo‘ling

Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning va to‘yimli ovqat iste’mol qiling – bu sport formasida qolish va miya quvvatini oshirish uchun ajoyib usuldir. Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish ham moʻjizalar yaratishga ilhom bag‘ishlashi mumkin.

7️⃣. O‘zingizga motivasiya bering

Ko‘p hollarda imtihon oldi, hatto xonangizni changyutgich bilan tozalash ham o‘qishdan ko‘ra hayajonli ko‘rinadi! Shu boisdan jarayonni yengillashtirish uchun har bir rejalashtirilgan ishlarni bajarganingizdan keyin o‘zingizga turli ko‘rinishlarda motivasiya bering.

8️⃣. Qiyinchiliklarni yengish uchun

Agar siz juda xavotirda bo‘lsangiz yoki imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga to‘sqinlik qiladigan turli muammolarga duch kelsangiz (masalan, sog‘liq muammolari yoki oilaviy muammolar) o‘qituvchilaringiz bilan yoki talaba-do‘stlaringiz bilan suhbatlashing. Ular sizga yordam berishlari mumkin.

9️⃣. Imtihondan bir kun oldin…

Imtihondan bir kun oldin suzish, sayr qilish yoki yaqinlar va do‘stlar bilan ko‘rishish sizga kuch va xotirjamlik berishi aniq. Maroqli kundan keyin albatta tiniqib uxlaysiz. Bundan jismoniy toliqqan taqdiringizda ham unutmang, inson miyasi har doim katta narsalarga qodir.

🔟. Ijobiy munosabat

Umid qilamizki, mashaqqatli harakatlaringiz o‘z samarasini beradi va siz istagan imtihon natijalarini olasiz. Ammo bu o‘xshamay qolsa, umidingizni yo‘qotmang. O‘qituvchilaringiz bilan qayta maslahatlashing. Balki imtihonni qayta topshirishingiz yoki boshqa muqobil imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Unutmang, har qanday holatda ham hayotga ijobiy munosabat bilan siz to‘siqlarni ajoyib narsaning boshlanishiga aylantira olasiz.

📝 Xabar.uz (https://t.me/xabaruzofficial) uchun Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Оставьте комментарий