Abu Luboba ibn Abdulmunzir

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Luboba ibn Abdulmunzir Yasribda yashovchi Banu Avs qabilasining boshliqlaridan biri edi. Uning hijratdan bir muncha vaqt o‘tib iymonga keladi.
Milodiy 627 yilda kechgan Banu Qurayza yahudlar qabilasining qamalida Abu Lubobaning xiamatlari katta bo‘lgan. Banu Avs bilan uzoq yillardan beri ittifoqdosh bo‘lib kelgan, qamalda qolgan qurayzaliklar Abu Lubobadan nima qilish kerakligi haqida maslahat oladilar.
Ibn Ishoqning fikriga ko‘ra, qamal ichiga kirgan Abu Luboba u yerdagi yig‘layotgan nochor ahvoldagi ayollar va bolalarga rahmi keladi va Banu Qurayzaga taslim bo‘lishni maslahat beradi. Biroq maslahat beribgina qolmay, qo‘lini tomog‘iga olib borib, ularni o‘lim kutayotganligi haqida ishorat ham beradi. Abu Luboba u yerni tark etganidan so’ng Banu Qurayza butunlay taslim bo‘ladi va qabilaning barcha erkaklari qatl etilib, ayol va bolalar qul qilinadi.
Abu Ishoq Abu Lubobaning tilidan yozishicha, u qilgan ishidan juda afsus va nadomad chekkan: “Alloh va Rasuliga qarshi borganligimni bilganimdan so‘ng oyoqlarim turgan yeridan siljimay qoldi”. Shundan so’ng Madinadagi Masjidga yo‘l olib o‘zini u yerdagi ustunga bog‘laydi va: “Men bu yerdan Alloh meni mag‘firat etmagunicha jilmayman” deya e’lon qiladi. Shuning bilan birga u yana qattiq xato qilgani bois Banu Qurayza yashagan manzillarga hech qachon qaytib kirmaslikka ont ichadi.
Payg‘ambarimiz s.a.v.ga bu haqida xabar berishganda u zot: “Agar buni so’raganida Allohdan uni mag‘firat qilishini so‘rab bergan bo‘lar edim. Holbuki, u o‘zini o‘zi bog‘lab olgan ekan, mag‘firat qilish endi Allohning o‘ziga havoladir.”
Abu Luboba bog’langan holda 6 kechani o‘tkazdi. Yettinchi kunning erta tongida Payg‘ambarimiz s.a.v.ga vahiy ila uning mag‘firat etilgani ma’lum etilgandan so‘ng, bu xabarni barchaga e’lon qiladilar.

14 комментариев к “Abu Luboba ibn Abdulmunzir”

  1. Уведомление: DevOps consultancies in USA

  2. Уведомление: wholesale liquor for sale online

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: aller à

  6. Уведомление: Ufabet

  7. Уведомление: Cambodian Cubensis

  8. Уведомление: clase azul mini bottle kit​

  9. Уведомление: kojic acid soap

  10. Уведомление: Kampala International University

  11. Уведомление: http://orderinn.com/outbound.aspx?url=https://gasdank.com/

  12. Уведомление: have a peek at this website

  13. Уведомление: LSM99 แทงบอล มวย หวย สล็อต คาสิโน ครบวงจร

  14. Уведомление: Tankless Water Heater Repair Plumbers Near Me

Комментарии закрыты.