Bulochka tayyorlash — retsepti, usullari, xamirturushli bulochka

DO`STLARGA ULASHING:

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash sirlarini izlayotgan bo’lsangiz, quyida xamirturushli bulochka tayyorlash jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.

BULOCHKA TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Retsept 16 ta bulochka uchun mo’ljallangan

3/4 stakan (180ml) sut;
3/4 stakan (180ml) suv;
1/2 stakan (100 g) shakar;
1 choy qoshiq tuz;
2 ta tuxum;
5 choy qoshiq (15 g) quruq faol xamirturush;
5 stakan (700 g) un;
100 gramm margarin yoki sariyog’ (eritiladi);
Yuzasiga surtish uchun tuxum sarig’i (xohishga ko’ra).
BULOCHKA TAYYORLASH USULI
Tayyorgarlik ko’rish: 30 daqiqa | Tayyorlash: 15 daqiqa | Umumiy vaqt: 45 daqiqa

O’rtacha olovda kichikroq idishda sut, suv, shakar va tuzni qizdiring. Suyuqlik issiq emas, balki iliq (45 °C atrofida) bo’lishi kerak. Olovdan oling, so’ng xamirturush va yengil urilgan tuxum qo’shing, aralashtiring.
Kattaroq idishga un soling. Unda botiqlik hosil qiling va hosil bo’lgan chuqurchaga xamirturush-sutli aralashmani quying. Aralashtirmang. Idish qopqog’ini yoping va 20-30 daqiqa qoldiring.
Eritilgan margarinni unga qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Xamir juda yopishqoq bo’lsa, yana qo’shimcha un qo’shing. Biroz aralashtirib, bulochka xamiri ko’tarilishi uchun idishni 20-30 daqiqa davomida yopib qo’ying.
Xamirdan kichik bulochkalar yasab, pishirish listiga tering. Ustini yoping va yanada ko’proq ko”tarilishi uchun iliq joyda 20-30 daqiqa qoldiring. Bulochkalar ustiga tuxum sarig’ini surtishingiz mumkin, shunda ular yuzasi yanada qizarib pishadi.
15 daqiqa davomida oldindan 200 °C gacha qizdirilgan pechda pishiring.
BULOCHKA MAZALI VA YUMSHOQ CHIQISHI SIRLARI
Un albatta oliy navli bo’lishi kerak. Bundan tashqari, u ideal quruq bo’lishi va yaxshi elanganligi ham ahamiyatga ega. Agar ushbu qoidaga rioya qilinsa, xamir bir xilda chiqadi, unda erimay qolgan unli to’pchalar yoki yot jismlar bo’lmaydi.

Bulochka uchun margarin yoki sariyog’ tanlash masalasiga kelganda, har kim o’z ta’biga mosini tanlashi mumkin. Lekin sut xonaki va yog’li bo’lsa, bulochka o’ta yog’li bo’lib ketmasligi uchun margarindan foydalangan ma’qul. Xonaki sutdan tayyorlangan bulochkalar yanada mazaliroq chiqadi.

Shakarni yoqtiruvchilar (yoki aksincha, kamroq xush ko’ruvchilar) retseptga biroz o’zgartirish kiritish istagida bo’lishsa, bunda ehtiyotkor bo’lmoqlik kerak. Shakarni juda kam solish xamir ko’tarilishiga salbiy ta’sir qiladi, chunki xamirturush aynan shakar bilan oziqlanadi. Uni oshirib yuborish natijasida esa xamir shunchaki achib qoladi.

Tuz miqdori – pishiriq tayyorlashning muhim nuqtalaridan biri, hatto shirinlik bo’lsa ham. Xamirni sho’r ham, ta’msiz qilish ham kerakmas. Tuz miqdori shakar miqdoriga bog’liq. Retseptda ko’rsatilgan nisbatga amal qilish bulochkalar shirin chiqishini ta’minlaydi.

8 комментариев к “Bulochka tayyorlash — retsepti, usullari, xamirturushli bulochka”

  1. Уведомление: sbobet

  2. Уведомление: cvv shop 2022

  3. Уведомление: carding shop

  4. Уведомление: best passive income

  5. Уведомление: The one up bar

  6. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  7. Уведомление: guava gas strain https://exotichousedispensary.com/product/guava-gas-strain/

  8. Уведомление: Kardinal Stick

Комментарии закрыты.