Gulnora Islomovna Karimova haqida

DO`STLARGA ULASHING:

#Gulnora_Karimova

Ha, siz yuqorida koʻrib turgan inson Islom Karimovning oʻsha mashhur toʻngʻich qizi Gulnora Karimova hisoblanadi. Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda uning boyligi 700 million AQSh dollarini tashkil qilgan ekan (https://www.celebritynetworth.com/richest-businessmen/business-executives/gulnara-karimova-net-worth/).

Gulnora Islomovna Karimova — siyosatchi va xonanda 1972-yilning 8-iyulida Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Oilasida uch farzand boʻlib, uning bir nafar akasi va bir nafar singlisi bor. Gulnora Karimova 2010-yil yanvaridan 2012-yil iyuligacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi hisoblanar edi (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Gulnora_Karimova).

— Gulnora Karimova hozirda qamoqda. U bir qator jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, 2020-yil 18-mart kuni 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo muddati 2015-yil 21-avgustdan boshlanib, hisoblanadi (https://youtu.be/p-IKLijX3SI).

— Gulnora Karimova va uning jinoiy guruhi 12 davlatda 1 milliard AQSh dollaridan koʻproq boylikni oʻzlashtirib olgan (https://www.bbc.com/news/world-asia-47468741.amp).

Hozirda Gulnora Karimova 48 yoshda. U amerikalik biznesmen Mansur Maqsudiyning rafiqasi edi. Uning ikki nafar farzandi bor.

Оставьте комментарий