James Yeungeyn «Jim» Karrey haqida

DO`STLARGA ULASHING:

James Yeungeyn «Jim» Karrey—(1962-yilning 17-yanvarida Kanadaning Ontario provinsiyasining Nyumarketida tugʻilgan) — amerika va kanadalik aktyor, ssenariychi, prodyuser. U „Niqob“, „Ace Ventura: Uy hayvonlari qidiruvi“, „Ace Ventura: Tabiat chaqirgan payt“, „Ahmoq va undan ahmoq“, „Aldoqchi“, „Grinch“, „Men, men oʻzim va Irina“, „Qudratli Bryus“, „Har doim: Ha!“ komediyalarida, „Truman tomoshasi“, „Oydagi odam“, „Kabelchi“, „Gʻuborsiz aqlning abadiy yorugʻligi“, „23 soni“, „Phillip Morris, men seni sevaman“ tragediya va trillerlarida suratga tushgan. AQSHda eng koʻp haq oladigan komiklardan biriga aylangan. Birinchi bosh rol — Mark Kendall. 1999-yildagi „Truman tomoshasi“ filmidagi roli uchun birinchi marta „jiddiy“ taqdirlangan. 2 ta Oltin Globus olgan. 10 dan ortiq, turli xil MTV Movie Awards sovrinlarining egasi. Ikki marta uylangan, qizi bor.

Оставьте комментарий