Koronavirusdan saqlanish va oldini olish

DO`STLARGA ULASHING:

Shaxsiy ehtiyot choralari

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti veb-saytida, shuningdek mamlakatimiz sog’liqni saqlash idoralari va mahalliy hamjamiyatida mavjud bo’lgan COVID-19 tarqalishi haqida eng so’nggi ma’lumotlardan xabardor bo’lib borish muhimdir.

COVID-19 infektsiyasining eng katta ko’lami 2020-yil mart holatiga ko’ra Xitoyda kuzatilmoqda, boshqa mamlakatlarda esa mahalliy xarakterga ega yuqumli kasalliklar qayd etilgan. Ko’pgina hollarda kasallik yengil kechish bilan tavsiflanadi va tiklanish bilan tugaydi, garchi asoratlar yuzaga kelishi mumkin bo’lsa-da.

Siz o’zingiz va boshqalarning sog’lig’ini quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda himoya qilishingiz mumkin:

  • Spirt saqlovchi mahsulotlar bilan qo’llarni muntazam artib turish yoki ularni sovun bilan yuvish.
    Nima uchun kerak?  Qo’llar yuzasida virus bo’lsa, spirt saqlovchi vositalar bilan artish yoki ularni sovun bilan yuvish viruslarni nobud qiladi.
  • Yo’tal yoki aksirayotgan odamlardan kamida bir metr masofada turish.
    Nima uchun kerak? Bu vaqtda ajralib chiqadigan kichik suyuqlik tomchilari o’zida kasallik qo’zg’atuvchilarini saqlaydi. Yaqin masofada bo’lganda ularni nafas orqali yutib yuborib, kasallanish qolish mumkin, xususan COVID-2019 bilan ham.
  • Iloji bo’lsa, ko’z, burun va og’izga (umuman yuzga) qo’llar bilan tegmaslik.
    Nima uchun kerak? Qo’llar kun davomida turli jism va sathlarga tegadi, bunda unga turli kasallik qo’zg’atuvchilari yopishib oladi. Ifloslangan qo’llari bilan shilliq qavatlarga tegishda virus organizmga kirib borishi va kasallik chaqirishi mumkin.
  • Nafas olish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilish. Buning uchun yo’talayotganda yoki aksa urganda tirsagingiz yoki ro’molcha bilan og’iz yoki burunni yopish kerak. Ishlatilgan salfetkani darhol tashlab yuborish maqsadga muvofiqdir.
    Nima uchun kerak? Virus kichik tomchilar orqali yuqadi. Nafas olish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilib, siz boshqalarni O’RVI, gripp va COVID-19 kabi virusli kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin.
  • Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, uyda qoling. Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinchiligi kuzatilsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordamga murojaat qiling. Mahalliy sog’liqni saqlash idorangizning ko’rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi.
    Nima uchun kerak? Sog’liqni saqlashning markaziy va mahalliy organlari yashash joyingizdagi vaziyat to’g’risida eng yangi ma’lumotlarga ega. O’z vaqtida tibbiy yordam so’rab murojaat qilish tibbiy mutaxassislarga sizni tezda tegishli tibbiy muassasaga yo’naltirishga imkon beradi. Bundan tashqari, siz o’zingizni himoya qilasiz va virusli va boshqa infektsiyalarning tarqalishini oldini olishga yordam berasiz.
  • Oxirgi 14 kun ichida COVID-19 tarqalgan mintaqalarga tashrif buyurganlar uchun shaxsiy himoya choralari

    • Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling («Shaxsiy himoya choralari»);
    • Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, tuzalguningizgacha uyda qoling, hatto kasallik alomatlari yengil bo’lsa ham, masalan, bosh og’rig’i yoki burun oqishi;
    • Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinligi kuzatilsa, tibbiy yordamga murojaatni kechiktirmang, chunki bu alomatlar nafas olish yo’llari infektsiyasi yoki boshqa jiddiy kasallik tufayli yuzaga kelgan bo’liishi mumkin. Darhol tibbiy muassasa bilan bog’lanib, mutaxassisga so’nggi safar yoki sayohatchilar bilan bo’lgan aloqalar to’g’risida xabar bering.

17 комментариев к “Koronavirusdan saqlanish va oldini olish”

  1. Уведомление: dumps pin store

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  3. Уведомление: MILF chat

  4. Уведомление: benefits of illuminati in germany today

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: CZ P-10 C P-07 9MM 15 ROUND MAGAZINE

  7. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  8. Уведомление: ASC AR 15 7.62X39 30rd Mag SS Black

  9. Уведомление: Plus d'informations

  10. Уведомление: browse around here

  11. Уведомление: Enter

  12. Уведомление: more information

  13. Уведомление: look what i found

  14. Уведомление: buying magic mushrooms in usa​

  15. Уведомление: 늑대닷컴

  16. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน ที่ไหนดี

  17. Уведомление: buy MDMA online

Комментарии закрыты.