Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish

DO`STLARGA ULASHING:

Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish

🛡 Avval aytganimizdek, Microsoft Defender Windows operatsion tizimi bilan birga o’rnatilgan ichki himoya dasturidir.

⚙️ Microsoft Defender-ga 1- va 2-rasmdagidek Settings > Update & Security > Windows Security va Open Windows Security tugmasini bosish orqali dasturga kiriladi (yoki pastki o’ng burchakdan Windows ikonkasini bosib kirishingiz mumkin).

✅ Agar sizda 3-rasmdagi kabi barcha belgilar yashil bo’lsa, demak, havotirga o’rin yo’q, kompyuteringiz Microsoft Defender tomonidan qo’riqlanmoqda.

❌ Aks holda, biron-bir bo’limda qizil belgisi bo’lsa, demak, o’sha qism ishlamayapti (4-rasm). Ishlatish uchun Turn on tugmasini bosish kifoya.

🔍 Agar kompyuteringizni virus uchun tekshirmoqchi bo’lsangiz, Virus & threat protection bo’limiga o’ting va Quick scan tugmasini bosing. Qisqa vaqt ichida kompyuteringiz tekshiriladi va natijalar ko’rsatiladi.

Оставьте комментарий