Smartfondan umumiy necha soat foydalanilganligini aniqlash mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfondan umumiy necha soat foydalanilganligini aniqlash mumkinmi?
Android smartfonlar ommalashganiga qadar Nokia kabi telefonlardan foydalanganlar, maxsus kod (*#92702689 #) yordamida umumiy so‘zlashuvlar vaqtini aniqlashgan.
Ya’ni telefon xarid qilishda, yangiligi yoki necha soat gaplashilganligini bilish uchun maxsus kod raqam sifatida terilgan va qurilma o‘zi haqida ma’lumot bergan.
Umumiy so‘zlashuvlar vaqtini, telefonni zavod parametrlariga tiklash (sbros (https://t.me/gsmgurus_FAQ/915)) yoki «proshivka» usuli bilan nolga qaytarib bo‘lmagan.
Ilgarilari telefon asosan aloqa vositasi sifatida foydalanilgani uchun, so‘zlashuvlar vaqti telefonning umumiy ishlagan vaqti sifatida baholangan.
Afsuski, aksariyat Android smartfonlarning umumiy ishlagan yoki birinchi marta faollashtirilgan (aktivatsiya) vaqtini bilish deyarli imkonsiz. Turli xil maxsus kodlar va tizim sozlamalaridagi statistika, smartfonni o‘chirib-yoqqandan yoki zavod parametrlariga tiklagandan so‘ng nolga qaytariladi.
Ba’zi smartfonlarda, masalan, Janubiy Koreya ichki bozori uchun chiqarilgan Samsung Galaxy qurilmalarida birinchi qo‘ng‘iroq sanasi tizim sozlamasida ko‘rsatiladi va nolga qaytarib bo‘lmaydi.
Mantiqiy usul, Apple qurilmalari masalan, iPhone smartfonlarida qo‘llanilgan. Unga ko‘ra yangi smartfonni qutidan olib, birinchi marta faollashtirish jarayonida internetga ulanish majburiy hisoblanadi. Sim-karta yoki Wi-Fi tarmog‘i orqali internetga ulangan qurilma, faollashtirilayotgani haqidagi ma’lumotni Apple serverlariga jo‘natadi va shu vaqtdan boshlab «ishlatilgan» hisoblanadi.
Apple qurilmalarini sotib olishdan oldin, uning seriya raqami orqali (qutisida yozilgan), rasmiy saytidan tekshirib olish mumkin: https://checkcoverage.apple.com/ru/ru/
Quyidagi sayt yordamida, Android qurilmalari seriya raqami orqali faqatgina ishlab chiqarilgan sanasini aniqlash mumkin: https://sndeep.info/ru

Оставьте комментарий