Teodor Ruzvel’t haqida

DO`STLARGA ULASHING:

RUZVЕLT, TЕODOR (ingl. THEODORE ROOSEVELT) (27.10.1858, Nyu-York – 06.01.1919, Caramop-Xill, Nyu-York shtati)Respublikachilar partiyasidan AQSHning 26-prezidenti (1901-1909).
Lotin Amerikasida bosqinchilik siyosatini olio borgan katta to‘qmoki siyosati, 1906-1909 yillarda Kubaning bosib olinishi, Panama kanali zonasini egallab olish va shu kabilar uning nomi bilan bogliq 1904-1905 yillardagi rusyapon urushi davrida T. Ruzvelt hukumati Yaponiyani qo‘llab-quvvatlagan. Portsmut shartnomasini tuzishdagi urinishlari uchun 1906 yili Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan kelib chiqishi gollandiyalik bo‘lgan zodagon oilada dunyoga kelgan. 1880 yilda Garvard universitetini tamomlagan. Respublikachilar partiyasiga kirgan. 1882 1884 yillari Nyu-York shtati legislaturasining a’zosi. 1884 yilning 14 fevralida bir kunda onasi va xotinidan ayrilgan. 1895 yili Nyu-York shahri politsiyasining shefi etib tayinlanadi, 1897 yildan – prezident U. Mak-Kinli ma’muriyatida harbiy dengiz ministrining o‘rinbosari. 1898 yilgi ispan-amerika urushida Kubadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. 1899-1900 yillarda Nyu-Yorkning gubernatori. Teodor sog‘ligi zaif bola bo‘lganligi sababli maktabga bora olmaganligi uchun uyda ta’lim oldi, keyin Garvard universitetiga kirdi. Yevropa bo‘ylab sayohat va huquqni o‘rganish uning ta’lim olishini yakunladi. AQSHning bugungi kunda zamonaviy, butun jahonga ma’lum davlat bo‘lib yuksalishi ham T. Ruzveltning nomi bilan bog‘liq, aslida buning uchun asos uning prezidentligida yaratilgandi. T. Ruzveltdagi o‘ziga xoslik shunda ediki, u dunyoga mashhur davlat rolining yangi imkoniyatlarini aniq anglar va ulardan to‘liq foydalanishga urinardi. Shuningdek, uning rahbarlik uslubi ham shu ma’noda zamonaviy ediki, u yangi ommaviy matbuotdan o‘zining shaxsiy mashhurligi va siyosiy kuchini oshirishni mo‘ljallab, foydalanardi. So‘zning qudratidan foydalanib tajovuzkorona iboralardan qo‘rqmasdan o‘z e’tiqodini himoya qilardi, bunda uning ta’sirchanligi va nasihatomuz baho berishlarga tayyorligi barcha dushmanlariga yiroqlashtirishdan ko‘ra ko‘proq birlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatardi. Saylovchilar ommasini maqsadlarining to‘griligiga ishontirish uchun yuksak qiyofalar yaratilardi.
T. Ruzvelt sanoatlashtirish keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘zgarishlarning jamiyatdagi oqibatlariga mos holatni yaratishni xohlovchi kuchlarning va Amerika demokratiyasi sanalgan institutlarning tarafdori bo‘ldi. Bu maqsad uchun davlat faol qayta quruvchilik rolini o‘ziga olishi va ushbu jarayonda kelib chiqadigan salbiy voqealar bilan kurashmoq uchun ko‘proq vakolatlarga ega bo‘lishi kerak edi. Inqilobiy portlashlardan saqlanish uchun ko‘proq ijtimoiy adolat va davlatlarning olamshumul raqobatlarida sobit turish, T. Ruzvelt boshida turgan ko‘p qatlamli ilgor harakatning maslagi edi.
1858 yil 27 oktabrda Nyu-Yorkda Teodor Ruzvelt tugilgan oila Amerikaning oliy tabaqasiga mansub edi. Ruzveltning otasi, katta Teodor Ruzvelt hurmatli va badavlat ko‘tarachi oyna savdogari, uning onasi Marta Bullox Ruzvelt Jorjiya shtatining boy plantatori oilasidan bo‘lib, qadimiy zodagonlik ruhida tarbiya topgandi. Ruzveltlar shahar zodagonlarining qadimiy qavmiga mansub edi.
Yosh Ruzvelt, oiladagi boshqa uch farzand bilan bir qatorda juda halol va muhabbatga to‘liq tarbiya oldi. Otasi ko‘ksov (astma) kasalligidan azob chekuvchi va yaqindan ko‘ra olmaydigan Teodorni jismoniy zaifligining o‘rnini sport mashg‘ulotlari bilan to‘ldirib borishini nazorat qilib turar va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirardi. Uz shaxsiy jismoniy kamchiliklarini yengishdagi Teodorning temir irodasi uning hayotga bo‘lgan munosabatini ko‘p vaqtlargacha belgilab berdi. Prezident bo‘lganidan keyin hali ham u boks mashgulotlarini tashlab qo‘ymadi, chapdast chavandoz, sayohatchi, ovchi va tennischi bo‘lib qoldi. Uning yuksak timsoli bo‘lgan kuchli xarakteri, jasorati, chidamliligi, sofligi, vijdonliligi va mas’uliyatliligi amerikalik o‘rta toifaning axloqiy qoidalariga mos kelardi va T. Ruzveltning bu qadriyatlarni gayrat bilan himoya qilishi uning mashhur bo‘lishiga ancha ko‘maklashdi. Oila a’zolari va xususiy o‘qituvchilar bolaning tabiiy fanlarga bo‘lgan moyilligini va adabiyot hamda falsafaga bo‘lgan qiziqishini hech qachon cheklashmasdi. Oilaning dunyoni bilish maqsadidagi sayohatlari davomida u Yevropada, Misrda va Falastinda bo‘ldi, Farb madaniyati, boshqacha hayot tarzi haqida tasavvurga ega bo‘ldi. 1873 yili Ruzvelt bir necha oy Germaniyada yashadi, u yerda bir drezdenlikning oilasida nemis tilidan bilimlarini chuqurlashtirdi. 1876—1880 yillarda T. Ruzvelt Garvard universitetiga qatnadi. Ko‘pgina tanishuvlar ana shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi, eng avvalo, uning eng yaqin do‘sti va siyosiy maslahatchisi bo‘lgan, Massachusetsning bo‘lg‘usi respublikachi senatori Genri Kebot Lodj bilan tanishuvi ham o‘sha davrda yuz berdi. Aynan o‘sha paytlari u o‘zining birinchi xotini, bostonlik boy bankirning qizi Elis Xeteuey Li bilan tanishdi va o‘qishni tugatganidan keyin unga uylandi. Li 1884 yili tug‘ish paytida o‘ldi. 1886 yili T. Ruzvelt ikkinchi marotaba yoshlikdagi do‘sti nyu-yorklik Edit Kermit Kerouga uylandi. Birinchi xotinidan bo‘lgan qizi Elisning qatoriga yana besh nafar bola qo‘shildi, T.Ruzvelt to umrining oxirigacha ularbilan sidqidildan munosabatda bo‘ldi. Hali Garvarddayoq u siyosat bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Nyu-Yorkka qaytib kelib, avvaliga Kolumbiya universitetida yurisprudensiyani o‘rgandi va tarix bilan shug‘ullanishda davom etdi. 1881 yilda uning «1882 yilgi dengizdagi urush» deb nomlangan birinchi kitobi chiqdi va bu asar uning ko‘p qirrali tarixiyadabiy faoliyatining boshlanishi bo‘ldi. Bu kitobida u Amerikaning qudratli harbiy-dengiz flotini tuzish lozimligi haqida fikr bildirdi.
1881 yilning oktabrida u Nyu-Iork shtati parlamentiga saylovlarda respublikachilar partiyasi uchun muvaffaqiyatli ravishda o‘z nomzodini qo‘ydi. Siyosatning bu qorong‘u tomonlariga murojaat qilishi uning toyfasidagi jamiyat vakillari uchun o‘shanda gayritabiiy edi, chunki NyuIorkning siyosiy sahnasida poraxo‘rlik, ovozlarni sotib olish va saylov natijalarini soxtalashtirish hukmron edi.
Olbanidagi deputatlar palatasida T. Ruzvelt yustitsiyadagi hamda politsiyadagi poraxo‘rlikka qarshi va davlat xizmatini isloh qilishi uchun yurishni boshladi. Samarali va mustaqil boshqaruvni yaratish uchun mehnatga yarasha haq to‘lash tamoyilini joriy qilish kerak edi. Yesh deputat Nyu-Yorkdagi tamaki sanoati ishchilarining ehtiyojiga duch kelganida Ijtimoiy tengsizliklarning portlovchi kuchini sezgirlik bilan his qildi. Ushandan buyon davlat boshqaruvini isloh qilish va eng qo‘pol ijtimoiy adolatsizliklarni yo‘qotish T. Ruzvelt siyosiy faoliyatining eng muhim maqsadi bo‘lib qoldi. Bunda u hech qachon Amerikaning ijtimoiy tuzumi to‘gri ekanligiga shubha qilmagandi.
1885 yili birinchi xotinining vafotidan so‘ng u O‘rta Farbdagi Bedlendsga, chorvadorning oddiy hayotidan osoyishtalik topish uchun qaytib keldi. Uni agrar garbda mashhur qilib yuborgan o‘zining «G‘arbning zabt etilishi» asarida aytib o‘tgan huzur — halovatli» dunyoni ulug‘ladi. Qurg‘oqchilik T. Ruzveltning ranchodagi hayotiga tezda nuqta qo‘ydi, bu bilan bogliq bo‘lgan moliyaviy muvaffaqiyatsizlik esa uni reallikga qaytardi. Ammo chorvadorlar va ovchilarning hayoti uni butun umrga shaydo etdi.
1886 yili Ruzvelt Nyu-Yorkka qaytib keldi va mahalliy siyosatga, tez orada esa milliy siyosatga ham sho‘ngib ketdi. Mak-Kinlining saylovlardagi g‘alabasidan keyin u 1897 yili harbiy-dengiz floti ministrining yordamchisi etib tayinlandi. Bu lavozim unga Amerika xavfsizligi siyosatining shart-sharoitlari va harbiy flotni yaratish bilan faol shug‘ullanish imkoniyatini beradi. 1898 yilning bahorida ispan-amerika urushi boshlanganida bu tayyorgarlik o‘z natijasini berdi va Jorj Dyui qo‘mondonligi ostida o‘z vaqtida safarbar qilingan Amerika eskadrasi Manila yaqinida ispan flotini yengdi. Bu bilan AQSHning Tinch okeani qirg‘oqlariga solinayotgan xavf bartaraf etilibgina qolmasdan, Filippin ham Amerika qaramog‘iga o‘tdi.
T. Ruzvelt Farbiy yarimsharda Ispaniyaning mustamlakachilik hukmronligini tugatish yo‘li bilan o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi, deb ishonganligi sababli butun kuchining boricha Ispaniya bilan urushish tarafdori edi. Bir vaqtning o‘zida Filippindagi tayanch bazalarini egallab, Sharqiy Osiyodagi Amerika manfaatlarini yaxshiroq himoya qilish va kengaytirishi mumkin bo‘ldi. T. Ruzvelt ichki tuyg‘ulari bilan urush uning o‘ziga ham favqulodda imkoniyat taqdim etishini tushunib qoldi. Harakat qilish istagi to‘lib-toshgan T. Ruzvelt harbiy xizmatga bordi va o‘zi shakllantirgan «qaxrli otliqlar» batalonini Kubaga jangga boshladi. Ko‘ngilli korpusning g‘ayrioddiy tarkibi hammaning e’tiborini tortardi, buning ustiga, uning shuhratparast komandiri tadbirning publitsistik ta’siridan uddaburonlik bilan foydalanardi. Urushning oxiriga borib T. Ruzvelt urushning qahramoni va AQSHdagi eng mashhur kishilardan biriga aylandi.
1898 yilning oxirida u Nyu-Yorkning gubernatori qilib saylandi. lekin bu lavozimda uzoq qolmadi, chunki uning millat orasidagi mashhurligi 1900 yilgi saylovlarda vitse-prezidentlik lavozimiga uni respublikachilardan eng mos nomzod qilib qo‘ygandi. Saylovlarda galaba qilganidan so‘ng T. Ruzvelt Qo‘shma Shtatlarning yangi vitse-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Bir vaqtning o‘zida endi o‘zi raisi bo‘lgan Senatga qisqacha murojaatida u AQSHning ulug‘vorligiga va bo‘lgusi olamshumul siyosiy mas’uliyatiga o‘zining ishonchini bayon qildi. «Biz hozirdanoq ulkan qudratga ega bo‘lgan yangi millatga mansubmiz, — u Amerikaning zamonaviy o‘rnini va o‘zining kelajak haqidagi tasavvurini shunday ifodaladi, — biroq uning siyosiy kuchi hali keyinroq keladigan qudratning faqat avvalroqdagi namoyishini anglatadi. Biz qit’ada, yarimsharda eng yetakchi mamlakatmiz. Biz ikkita katta okean ortila, sharqda va garbda, biz buni xohlaymizmi yoki yo‘qmi, tobora ko‘proq ishtirok etishimiz lozim bo‘lgan bundan ham katta olamning hayotini ko‘ramiz».
1901 yilning 14 sentyabrida Mak-Kinli Buffalodagi suiqasd oqibatida halok bo‘ldi va T. Ruzvelt o‘sha kunning o‘zidayoq 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarning 26-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Jon Kuinsi Adams davridan buyon Oq uyda siyosatchilik hunarini shunchalar mukammal egallagan va bir vaqtning o‘zida barcha olamshumul-siyosiy masalalarda shunchalar chuqur bilimga ega bo‘lgan, Yevropaning yetakchi siyosatchilari bilan yaqin aloqada bo‘lgan Amerikaning prezidenti bo‘lmagan edi. Yangi prezident o‘zining siyosiy tasavvurlarini amalga oshirish uchun bu lavozimning barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishga qat’iy qaror qilgandi. T. Ruzvelt hokimiyatdan, mashhurlikdan va bu lavozim unga bergan barcha imkoniyatlardan to‘laligicha zavq olardi. U o‘zining katta oilasi bilan OK Uyga ko‘chib o‘tdi. U binoni dastlabki me’moriy yorqin soddaligi tiklangan holda ta’mirlashni buyurdi, boshqa tomondan prezident faolligini kengaytirish va hududiy imkoniyatlar yaratish uchun yangi qo‘shimcha bino ham qurishga ko‘rsatma berdi. Shundan keyin Oq uy aholining va butun dunyoning barcha qatlamlari uchun ochib qo‘yilgan, Vashington esa qudratli davlatning poytaxti roliga moslasha boshladi. Uz partiyasidagi himoyalanmagan ahvoli avvaliga uning zaif joyi bo‘lib turdi. T. Ruzveltning eng xavfli raqibi bo‘lgan Mark Xanni, T. Ruzveltning mulkdorlar sinfiga qarshi hujumlariga nishon bo‘lgan Nyu-Yorkdagi moliyaviy hukmron guruh tomonidan qo‘llab-quvvatlanardi. Agar T. Ruzvelt o‘zining qonun loyihalarini Kongress orqali o‘tkazishni va o‘z partiyasi tomonidan 1904 yilgi saylovlarda nomzodi ko‘rsatilishini xohlasa, unda partiya ichidagi kuchlarning nisbati o‘zgartirilishi va uning Nyu-Yorkdagi yirik bankirlarga va sanoatning boshqaruvchilariga munosabati yumshatilishi lozim edi. U bunga erishganligi uning tajribali siyosatchilik mahoratini tasdiqlaydi. Oqilona kadrlar siyosati tufayli u shtatlardagi respublikachilarning e’tiborini qozondi. Cherkov va Amerika yahudiylari, italyanlar, nemislar hamda negrlar bilan halol munosabatlar o‘rnatdi. 1904 yilning fevralida M. Xanning vafotidan keyin Ruzveltning partiyadagi yetakchilik ahvoli, nihoyat, shak-shubhasiz bo‘ldi. 1904 yilning iyunida Chikagoda bo‘lib o‘tgan respublikachilar s’ezdila delegatlar qariyb bir ovozlan bo‘lajak prezidentlik saylovlariga nomzod qilib Ruzveltni ko‘rsatdilar. Indiana shtatidan bo‘lgan senator, vitse-prezidentlikka nomzod Charlz Uorren Ferbenks bilan birgalikda 1904 yil 8 noyabrda Ruzvelt demokratlarning nomzodi Olton Brunks Parkerga qarshi saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. O‘sha saylov oqshomining o‘zidayoq T. Ruzvelt 1908 yili bo‘ladigan saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechganligini e’lon qildi. Hali 1901 yilning dekabrilayoq u Kongressla nutq so‘zlab o‘z ichki siyosatining asosi islohotlarni amalga oshirishda va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, tashqi siyosatda eng avvalo «Monro doktrinasini o‘tkazish va flot qurilishi ekanligini e’lon qildi.
Uning islohotlar siyosati markazida 1903 yili «halol kelishuv» tushunchasi bilan xarakterlangan davlatning ulkan trestlar ustidan nazoratini o‘rnatish turardi. Tabiatni va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha muhim tashabbuslar ishlab chiqildi. 1902 yildayoq melioratsiya haqidagi qonunga muvofiq garbning qurgoqchil hududlarini sug‘orishning keng miqyosli rejasi boshlandi. Bunga o‘rmonlarni shafqatsiz kesishlardan himoya qilish ham qo‘shildi. Butun jamiyatning egalik huquqi xususiy egalik manfaatlaridan ustunroq ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yangi milliy boglar yaratildi, mavjudlari esa kengaytirildi.
Zamonaviy irqiy nazariyaning tom ma’nosida Ruzvelt irqchi emas edi. u Oq uyga qora tanlilarning vakillarini taklif qilgan birinchi prezident edi. Uning uchun odamning rangi emas, xalq sivilizatsiyasining yutuqlari hal qiluvchi edi. Ijtimoiy-madaniy yutuqlarini qadrlaydigan yaponlar haqida u katta hurmat bilan gapirardi. Biroq o‘z madaniyatiga bir tomonlama yo‘naltirilgan uning fikrlash tarzi boshqa etnik guruhlar va xalqlarning muammolarini chuqurroq tushunishga xalaqit berardi. Ruzveltning anglo-sakson va qadimiy german madaniyatlarining ustunligiga bo‘lgan chuqur ishonchi uning tashqi siyosiy e’tiqodini va, ayniqsa, Lotin Amerikasidagi qo‘shni davlatlarga nisbatan siyosatini belgilab beradi. Ruzveltga hududlarni egallash muhim emas edi, lekin Panama kanali qurilishi uchun mo‘ljallangan hudud bundan muhim istisnoni tashkil etadi. Uning imperializmi siyosiy xavfsizlik bilan izohlanardi va Panama kanali munosabati bilan Karib dengizi mintaqasida Amerikaning harbiy ustunligini ta’minlashga yo‘naltirilgandi. Lekin Ruzvelt imperializmining ko‘pgina nazariyotchilari G‘arb millatlari chetda joylashgan, madaniylashtirilgan, guyeki hali kam taraqqiy etgan xalqlarga nisbatan homiylikni o‘zlariga olishi kerak, degan fikrlarga qo‘shilardi. U ushbu mamlakatlar bartaraf qilishga intilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklarni tushunishga qodir emasli va ularning iqtisodiy hamda siyosiy barqaror emasligi uchun aybni poraxo‘rlashgan oliy rahbariyatga yukladi. U Venesuelaning prezidenti Kaprianno Kastro Amerikaning bir korxonasini Venesuela qonunlariga rioya etishga majbur qilmoqchi bo‘lganida uni «firibgar kichik maymuncha» deb atadi. Panama kanalini AQSHga sotishdan bosh tortgan, avvaliga qurilishning boshlanishiga to‘siq bo‘lgan Kolumbiya parlamentariylarini ham shunga o‘xshash haqoratlar bilan siyladi. T. Ruzvelt ularning qarshiliklari bilan hisoblashmadi, Panamaning mustaqillikka intilishini qo‘llab-quvvatladi va shu yo‘l bilan kanal yo‘nalishini Amerikaniki qilib oldi.
O‘zining tashqi siyosiy ta’sirining eng yuqori nuqtasiga T. Ruzvelt rusyapon urushi va Marokashdagi german-fransuz kelishmovchiligini keltirib chiqargan 1904—1906 yillardagi xalqaro inqirozda erishdi. Ruslarning Sharqiy Osiyodagi mag‘lubiyatlaridan keyin Nyu-Xempshirdagi Portsmut shaxrida T. Ruzvelt raisligida o‘tkazilgan konferensiyada tinchlikka, harbiy harakatlarni to‘xtatishga erishildi. Shuningdek, u Fransiyaga nisbatan kayzerning xavf solish siyosati boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan keyin, Marokash haqidagi bahslarda 1905 yili hal qiluvchi burilishga erishli. Fransuz hukumati Ruzveltning talablariga ko‘ndi va Marokash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga rozi bo‘ldi.
Uzining tinchlik harakatiga ishonchsizlik bildirishiga qaramasdan, 1906 yili tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Nobel mukofotini olganligi, XX asr boshlaridagi notinch holatni ham ifoda etadi. Mukofotga eng avvalo, rus-Yapon urushini tugatishdagi xizmatlari uchun sazovor bo‘lgan edi. 1910 yilning 5 may kuni Xristianiyada (hozirgi Oslo) mukofot topshirilish paytida T. Ruzvelt yana bir marta dengizda qurolsizlanishga, Gaaga sud palatasini mustahkamlashga va zarur bo‘lib qolganda tinchlikning har qanday buzilishini kuch bilan jazolash lozim bo‘lgan Tinchlik ligasini tuzishga chaqirdi. Bu yerda u Vudro Vilsonning Millatlar Ligasi haqidagi g‘oyasini boshqalardan oldin his qildi, lekin faqat so‘zdagina uning tarafdori bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlarga qaytib kelganidan so‘ng‘ T.Ruzvelt o‘zining vorisi Uilyam X. Taft bilan janjallasha boshladi, janjal juda achinarli bo‘ldi, chunki X. Taft uning yaqin do‘sti edi. X. Taft T. Ruzvelt kutganidek uning siyosatini davom ettirmadi. Buning o‘rniga X. Taftning bojxona tarifi va atrof-muhit borasidagi tashabbuslari respublikachilar partiyasini bo‘linib ketishga yaqinlashtirdi. 1912 yildagi prezidentlik saylovlarida X. Taftning g‘alaba qilishga imkoniyatlari tobora kamayib borardi. T. Ruzvelt o‘z partiyasining progressiv qanotidan X. Taftga qarshi nomzodini qo‘yishga urindi, biroq mag‘lubiyatga uchradi.
Prezidentlik lavozimining muddati tugaganidan keyin T. Ruzvelt 1909 yili kemada Afrikaga yo‘l oldi va Britaniya Sharqiy Afrikasidan Misrgacha suzib bordi. 1913 yilning oktabrida prezident bo‘lishga ikkinchi urinish ham barbod bo‘lganidan so‘ng u ma’ruzalar uyushtirish vaji bilan Braziliyaga ketdi va mamlakatning tadqiq qilinmagan rayonlarira uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etdi. Changalzorlarda bezgakka chalindi va oyog‘ini jiddiy shikastlab oldi, keyinchalik bu uning sog‘lig‘ini jiddiy yomonlashtirdi.
Biroq T. Ruzvelt o‘zining siyosiy faoliyatini to‘xtatmadi va hali ham Vudro Vilsondan prezidentlikni tortib olishdan umidvor edi. 1914 yildan u nemislarning Belgiyaga kirishlariga va Amerika armiyasi hamda flotining ommaviy qurollanishiga qarshi amerikaliklarning keskin noroziliklarini qo‘llab-quvvatladi. Britaniyaning «Luzitaniya» paroxodi cho‘ktirilganidan keyin ittifoqchilar tomonidan urushga kirishni ma’qullab gapirdi. 1917 yilning boshlarida V. Vilsonning «galabasiz o‘yinlar» harbiy maqsadiga qarshi chiqdi, keyin uning urush e’lon qilishini ma’qulladi, lekin 1918 yili uning o‘n to‘rt moddalan iborat dasturini ehtiros bilan tanqid qildi va buning o‘rniga Markaziy Yevropa mamlakatlarining so‘zsiz taslim bo‘lishlariga qadar urushni davom ettirishni talab qildi.
Uning prezident V. Vilsonga qarshi kampaniyasi tobora ko‘proq chegarasiz haqoratga aylanib borardi. Shunga qaramasdan, bu paytga kelib yana birlashgan respublikachilar partiyasining progressiv qanoti uni yetakchi sifatida qo‘llab-quvvatlardi va hatto x. Taft ham u bilan yarashdi. 1918 yili u 1920 yilgi prezidentlik saylovlarida uncha katta bo‘lmagan imkoniyatlari bilan nomzod hisoblandi. Biroq uning sog‘ligi bu rejalarni barbod qildi. Braziliya changalzorlarida lat yeyishlarining oqibatida uni operatsiya qildilar, u operatsiyadan zo‘rg‘a chiqdi. Fransuz frontida kichik o‘gli Kventinning o‘limi uning hayotga bo‘lgan ishtiyoqini yanada zaiflashtirdi. T. Ruzvelt Nyu-York yaqinidagi o‘zining Sagemor Xill manzilgohida 1919 yil 6 yanvarda 60 yoshida vafot etdi. O‘limiga qadar u namuna bo‘larli tarzda «amerikanizm» haqidagi, ya’ni butun umri davomida hamma narsadan ko‘proq o‘zini qiziqtirgan mavzudagi ma’ruzasi ustida ishladi.
Kim iloji boricha ko‘proq va iloji boricha qattiqroq ko‘pchilik kishilar o‘ylab turgan narsalarni aytsa, o‘sha eng muvaffaqiyatli siyosatchi bo‘ladi. (Teodor Ruzvelt)

Оставьте комментарий