Zakovat savollari javoblari bilan

DO`STLARGA ULASHING:

Zakovat savollari javoblari bilan – Aqlni charxlovchi, zehinni yanada o‘tkir qiluvchi, qolaversa inson dunyo qarashini o‘zgartruvchi savollar javoblari bilan.
1-savol: Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.
2-savol: Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?
Javob: Benzin.
3-savol: Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Beysbol.
4-savol: Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
Javob: Guvoh.
5-savol: Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan.
Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Benedikt XVI va Ioan Pavel II.
Izoh: Rim papalari haqida gap ketmoqda.
6-savol: AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini.
7-savol: 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?
Javob: Xristofor Kolumb.
8-savol: Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?
Javob: Choy.
9-savol: II jahon urushi davrida nemislar Leningradni bosib olganlarida bir itlar fermasiga duch keladi. Undagi barcha itlarni o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin nemislar bu fikridan qaytadi. Agarda bunda hech qanday harbiy maqsadlar ko’zlanmagan bo’lsa, unda ularning bunday qarorga kelishining sababi nimada edi?
Javob: Bu itlar mashhur olim Pavlov tajribalar o’tkazgan itlar edi. Shuning uchun ilm-fan yo’lida ularni o’ldirmaganlar.
10-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan?
Javob: futbol bo‘yicha JCh.
11-savol: Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil
bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
Javob: Soat.
12-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.
13-savol: Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon
go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?
Javob: Oqqush.
14-savol: U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?
Javob: Lui Paster.
15-savol: Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar
o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik.
16-savol: 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.
Javob: Neft.
17-savol: Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng
baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak chalish.
18-savol: U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Javob: Ko‘zgu.
19-savol: Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari
maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan.
Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi?
Javob: Kartoshka.
20-savol: Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?
Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.
21-savol: Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.
22-savol: Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?
Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.
23-savol: Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
Javob: Konservatoriyalar.
24-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob 9: Mashhur masalchi Krilov.
25-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Koreya.
26-savol: G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?
Javob: Turnir.
27-savol: Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?
Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.
28-savol: Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?
Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.
29-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining
foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.
Javob: Miya.
Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.
30-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan
ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?
Javob: Maosh.
31-savol: 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?
Javob: Leonardo da Vinchi.
Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi
32-savol: Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?
Javob: Saksofon (Saksa (1814-1894) sharafiga).
33-savol: Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.
34-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.
35-savol: Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
36-savol: Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Javob: Made in China.
37-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.
38-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir
qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.
39-savol: 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari
unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.
Javob: “Spice Girls”.
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi.
40-savol: U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?
Javob: Viktoriya sharsharasi.
41-savol: Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating.
Javob: Ishlamadi.
42-savol: XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism qanday
nomlangan?
Javob: Sarbonna.
43-savol: 1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?
Javob: K. Jilleti.
44-savol: Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.
45-savol: Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi
dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda).
46-savol: Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern.
47-savol: Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, qayerga borganda ular bronjelt kiyib olishadi?
Javob: Futbol matchlariga.
48-savol: Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?
Javob: Konki.
49-savol: Qaysi hasharot to’g’risida ma’lumotni shotland radiosi har kunlik ob-havo ma’lumotida aytib o’tadi?
Javob: Chivinlar to’g’risida.
50-savol: Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Javob: Tabaka.
51-savol: Angliya milliy balet teatrida boshqa barcha teatrlar kabi ta’til vaqti ham bor. Ular
ta’tildan keyin mavsumning boshlanishini “Otello”, ”Spartak” kabi asarlar bilan boshlashadi. Lekin ingliz aktyorlari hazillashib mavsumni ana shu balet bilan boshlab bo’lmaydi deyishadi. Qaysi sahna asari?
Javob: “Oqqush ko’li” baleti.
Izoh: Sababi barcha aktyorlar ta’tildan quyoshda qorayib qaytgan bo’ladi.
52-savol: Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Javob: Kreml.
53-savol: Birinchi marta BU 2001 yilda AQShning harbiy flotida, avia tashuvchi “Enterprayz” da yaratilgan. U 400 odamga mo‘ljallangan, uning birinchi qo‘shtirnoq ichidagi boshlig‘i AQSh harbiy kuchlari floti leytenanti, asli kelib chiqishi Arabistonlik Moxi-ed-Din bo‘ldi. Gap nima haqidaligini qisman bo‘lsa xam ayting.
Javob: Ko‘chma Masjid.
Izoh: Masjid javobi xam qabul qilinadi.
54-savol: Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan. Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlari bu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shved qo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy?
Javob: Kreml.
55-savol: Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon.
56-savol: Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.
57-savol: Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha
Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
58-savol: U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima?
Javob: Ipak.
59-savol: AQShda har bir shtatning o’z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles Tayms” va h.k. Unda aytingchi Alyaskada chiqadigan “Tayms” gazetasining nomi qanday?
Javob: “Tundra Tayms”.
60-savol: Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat.
61-savol: Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim).
62-savol: Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklar qiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchada musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?
Javob: Kurash.
63-savol: U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozma manbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqtgina Jyulen Lui Joffruning ihtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan. U nima?
Javob: Sovun.
64-savol: Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.
Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan
65-savol: Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.
66-savol: Uni bugungi kunda xam Djon Kennedi, Geydar Aliev, Leonardo Da Vinchi, Sharl de Goll qabul qilib kelmoqda. U bevosita 747, 757, 767, 777 sonlari bilan bog‘liq bo‘lsa, menga 1 daqiqadan keyin uni bir ingliz so‘zi bilan ta’riflab bering.
Javob: Boing.
67-savol: Sigir – 4, cho’chqa – 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu
ko’rsatkich insonda nechaga teng?
Javob: 7-8 soat.
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.
68-savol: Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Sambo (rus.«Samozaùita bez orujiya»).
69-savol: Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?
Javob: Sut haqi.
70-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh).
71-savol: 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?
Javob: Zvonok (eshik qo‘ng‘irog‘i).
72-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni
jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan. Bu qanaqa rekord?
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan.
73-savol: Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi.
Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z
bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Javob: Ermitaj.
74-savol: Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi.
Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodir bo‘ldi?
Javob: 1977 yilning 6 noyabrida.
Izoh: Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida
bormoqda.
75-savol: Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan.
Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar).
76-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.
77-savol: U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol.
78-savol: Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi:
«Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli Qahraboning zarrin tomchisi». Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Litva.
79-savol: Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy.
80-savol: Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan.
81-savol: XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda boshqacha tarzda qo‘llaniladi. Bu nima?
Javob: ARAB raqamlari.
82-savol: Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar.
83-savol: Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengiz.
Izoh: Sargossa dengizining chegarasi yo’q. Beruniy asarlarida ko’plab dengiz nomlari keltirilgan.
84-savol: Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?
Javob: Sulaymon.
85-savol: 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk bor angliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bu kashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximik Ernst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima?
Javob: Penitsillin.
86-savol: Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.
87-savol: 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh “G’arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh “Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: “Buyuk Britaniya”
Izoh: O’sha yili Buyuk Britaniyaning 4 jamoasi ham chiqqan edi: Angliya, Shotlandiya, Uels,
Irlandiya
88-savol: AQSHlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort,
Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni bir umumiylik bog’lab turibdi. Bu qanday bog’liqlik?
Javob: Bu insonlar katta dubulg’ani qo’lga kiritganlar. Bularning barchasi tennischilar.
89-savol: Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi mumkinligini ayting.
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.
90-savol: Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi. Qaysi filmga?
Javob: “Drakula”.
91-savol: Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
92-savol: Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Ulan Bator.
93-savol: Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarishmaydi. U nima?
Javob: Eshik.
94-savol: «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik
dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerda joylashgan?
Javob: Oyda.
95-savol: O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadni kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kema molga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva?
Javob: Seyshel yong‘og‘i.
96-savol: Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi.
97-savol: Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga.
Kutilmagan bashorat: 11 yoshli qizning 1969 yilda yozgan xati topildi
98-savol: U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?
Javob: Petr I.
99-savol: Qo’l yozmadan na’muna keltiraman: “Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.” Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot.
100-savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.
101-savol: “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.
102-savol: Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni” topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib berishingizni so‘rayman.
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun.
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.
103-savol: Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, goh to‘g‘irlanib harakat qiladi?
Javob: Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi.
104-savol: Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi, u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven.
105-savol: Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?
Javob: Pingvinlarni.
106-savol: Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosa oladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar va olimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ular hozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qanday material edi?
Javob: Plastmassa.
107-savol: Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi).
108-savol: Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi.
109-savol: U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir
plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa.
110-savol: Rossiyada chop etiladigan “Xalqaro huquq” jurnalining birinchi betida 1998 yil
yo‘lbars, 2000 yilda baliq, 2001 ilon rasmi chop etilgan. Lekin 1999 yildagi xar bir jurnalda quyonning rasmi bilan bir insonning rasmi chop etilgan. Savol, bu kim?
Javob: Pushkin.
Izoh: Shu yili Pushkinning 200 yillik yubileyi bo‘lgan.
111-savol: Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.
112-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun.
Izoh: “Islom dinini qabul qilish” javobi qabul qilinmaydi.
113-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi.
114-savol: 1997 yilning 4 avgustidan keyin NASA ning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ular u yerda nimani ko’rmoqchi bo’lishgan?
Javob: Mars sayyorasi rasmlarini (Mars Pathfinder sun’iy yo’ldoshi tomonidan uzatilgan).
115-savol: Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar
gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari. Bu odam kim?
Javob: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari.
116-savol: Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.
117-savol: Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda
g’alabaga erishiladi).
118-savol: 1993 yilda mashhur “Kristi” auktsion firmasi Xalqaro Astronomik Uyushma bilan kelishgan holda sotuvga bir necha lot(sotiladigan buyum) qo’ydi. Bu firma sotuvga boylar o’rtasida juda mashhur bo’lgan nima qo’ydi?
Javob: Bir necha nomsiz yulduz. Lotni sotib olganga yulduzga o’z nomini berish imkoni beriladi.
119-savol: Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan.
120-savol: Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.
121-savol: A, K, Q, J, ….. qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, …..(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet
(Jack)).
122-savol: Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.
123-savol: Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki,
daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kanada.
124-savol: Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalaridan biri bu “Uch barg” hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
Javob: Bu uch barg uch qit’ani anglatadi.
125-savol: 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: “2,5 oyimizni qaytaring”.
Izoh: O’sha vaqti Angliyada kalendar o’zgargan. Natijada 2,5 oy keyinga surilgan.
126-savol: Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan?
Javob: Mongoliya.
127-savol: Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning
Florentsiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu qaysi san’at?
Javob: Opera.
128-savol: Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang?
Javob: Yashil rang.
Yerga o‘xshash sayyoralar haqida nimalarni bilasiz?
129-savol: Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U nimani nazarda tutgan?
Javob: Misr.
130-savol: Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan.
131-savol: XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgan korxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u ham taxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proq qiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi. U rus kishisi kim edi?
Javob: Petr I.
132-savol: Latifa. Er turistik sayoxatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko‘rsatibdi. “Bu Venetsiya, bu Neapol, bu Rim”. Xotini rasmlar ichidan birini olib: “Juda yaxshi mast bo‘lgan ekansan” – deb rasmni ko‘rsatibdi. Savol rasmda nima tushirilgan edi.
Javob: Piza minorasi.
133-savol: Ularni birinchi bo’lib 1947 yilda tog’larda amerikalik tadbirkor Arnold ko’rgan. O’sha paytlardan beri ularni AQShning o’zida 80000 ga yaqin odam ko’rgan. Ular nima?
Javob: Uchar likopchalar.
134-savol: Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir». U nima?
Javob: Ichkilik.
135-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin.
136-savol: U gollivud, ko’zoynakli, tuxumli, gurunchli va hatto mono bo’lishi mumkin! U nima?
Javob: Dieta.
137-savol: Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birini
tashkil etadi» degan edi. U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Yaxshi yopilgan bug‘doy noni.
138-savol: Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.
Izoh: Chunki ularning tushunchalari bo‘yicha, parranda uchadi va uning go‘shti bayram dasturxoniga qo‘yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.
139-savol: U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi?
Javob: «Kurash».
140-savol: 1 ta Yaguar, 2 ta it, 1 ta qunduz, 4 ta ayiq, 1 ta burgut, 4 ta boyqush, 1 ta o‘rdak, 1 ta o‘rdakburun, 1 ta yexidna, 1 ta yenot, bir bola va bir qiz, 1 ta quyon, 1 ta koyot, 1 ta bo‘ri hamda 2 ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?
Javob: Olimpiada talismanlari.
141-savol: Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreyada axolining 5%
armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004 yilga kelib eng internatsional armiya xosil bo‘ldi. 7622 askar 136 ta turli millatga mansubdir. Savol, bu qaysi mamlakat?
Javob: Frantsiya.
142-savol: AQSh stamotologi Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga uning oldingi tishlari sabab bo‘lgan. Bu ayol kim?
Javob: Mona Liza – Djakonda.
143-savol: Germaniyada “Unsicht” nomli restoran mavjud bo‘lib, uning nomi “ko‘rinmas” deb tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo‘yilishiga 2 ta sabab mavjud. 1-si barcha xizmatlar qorong‘ulikda amalga oshiriladi. 2-sini siz bizga yozib berasiz.
Javob: U yerda ko‘rlarga xizmat qilinadi.
144-savol: Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar
o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning 1000 yilligini.
145-savol: «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
Javob: Muz.
146-savol: U inson haqida H. No‘‘mon va A. Shorahmedov «Ota» romanini yozishgan,
«O’zbekfilm» kinostudiyasida «Mazmunli qisqa hayot» nomli badiiy film yaratilgan. U inson kim edi?
Javob: Yo‘ldosh Ohunboboev.
147-savol: Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting.
Javob: Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.
148-savol: Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning
boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason.
149-savol: Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi bir sport turidagi jihozlar turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula-1.
150-savol: Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.
151-savol: Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?
Javob: Egizaklar haqida.
Izoh: Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o‘z uyidan tashqari qo‘shnisining uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo‘shnilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
152-savol: Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?
Javob: Muso Toshmuhammad Oybek.
153-savol: Xitoyliklarda shunday bir ibora mavjud. “Jen do – di shao” Bunda “do” va “shao” “ko‘p” va “kam” ma’nolarini beradi. Siz esa menga to‘liq iborani yozib bering.
Javob: “Insonlar ko‘p – yer kam”.
154-savol: Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, …… Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.
155-savol: Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?
Javob: Ninachi.
156-savol: O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?
Javob: Estafeta.
157-savol: Avstraliya aboregenlari xo’rozni “azonlab …… qush” deyishadi. Bir millat u ishni qo’rqmay qiladiganlarni jasur, mard hisoblashgan. Siz menga bu qanday ish ekanligini emas, o’zbeklardagi uning eng kamida 3 turini ayting.
Javob: Kulish, tirjayish, jilmayish.
Izoh: Abarogenlar xo’rozni “azonlab kulayotgan qush” deyishadi.
158-savol: Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning
ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: Jillet (Gillet).
159-savol: Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Vilyam Shekspir.
160-savol: U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.
Javob: Bo’g’irsoq va Tulki.
161-savol: Amerikada o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, “siz kim bo‘lmoqchisiz?” degan savolga 40% bog‘cha yoshidagi qizlar aynan shunday javob beradilar. 1999 yilda ekranlarga chiqqan filmning bosh qaxramoni xam shu jaraynni yaxshi ko‘rsa kerakki, u ishni boshlab oxiriga yetkazmasdan ketib qolar edi. Diqqat savol, bu “kasb”ni yozib bering.
Javob: kelin.
162-savol: Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol» degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?
Javob: Jazoir.
163-savol: 18 aprel tunidayoq minglab insonlar kema to‘xtash joyiga keldilar. Ertalabki soat 8 da 11-avenyudan o‘tib bo‘lmasdi. Barcha insonlar o‘zlari uchun eng qimmatli “Yuk”ni kutayotgan edilar. Maksimal aniqlik bilan ushbu insonlar kimlarni kutayotganliklarini yozib bering.
Javob: Titanik xalokatidan tirik qolgan insonlarni.
Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot
164-savol: M.Gerasimov “Arablar va dengiz” asarida bir ma’lumotni keltiradi. Uning aytishicha, XX asr boshlarida yo’lovchi kemalarga ayollar chiqarilmagan. Kapitanlar ayollarni kemada bo’lishini xohlamagan. Chiqarsa ham, 2-3 baravar haq evaziga chiqarishgan ekan. Buning sababi nimada?
Javob: Ular ayollar fakolat olib keladi deb o’ylashgan.
165-savol: Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.
166-savol:Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Utopiya.
167-savol: Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi.
168-savol: Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?
Javob: Kuba.
169-savol: Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?
Javob: Kosmonavtika.
170-savol: 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: “A”, “Á” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: Oxirgisi “Ë” xarfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. “A” – yanvar, “Á” – fevral va h.k. Rus alifbosida 12 xarf bu “Ë”
171-savol: 85 yoshdagi Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: “Sevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning to’yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto.
172-savol: Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo’yishadi. Bu nimani bildiradi?
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo’lmagan taqdirda ilib qo’yishadi.
173-savol: Gollandiyadagi xaydovchilikka o‘rgatish maktabidagi yo‘llar atayin juda yomon. Buni aniq sababini ayting?
Javob: xaydovchilar xayotda sekinroq yurishlari uchun.
174-savol: Agar amerikalik Floridada tug’ilgan bo’lsayu, uning tug’ilganlik xaqidagi
guvohnomasida «New York J161TH» deb yozilgan bo’lsa, u aynan Floridaning qayerida
tug’ilgan?
Javob: Bu raqamli avtomobilda. Tug’ilish vaqtida avtomobil Florida hududida bo’lgan.
175-savol: An’anaviy ispan korridasi uzog’i bilan 20 daqiqa davom etadi xolos, lekin
tomoshabinlar uni soatlab tomosha qilishi mimkin. Nima uchun bitta korridaning vaqti 20 daqiqa bilan chegaralangan?
Javob: 20 daqiqaga yaqin vaqtdan so’ng buqa qizil matoni emas odamga hujum qilish kerakligini tushunadi, bu esa torreador hayoti uchun xavflidir.
176-savol: Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar
yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq qanday yangilikni o‘ylab topishgan?
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi.
177-savol: AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima
haqida ketmoqda?
Javob: Bu sananing ifodalanishi edi.
Izoh: AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng
kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 17.03.1977.
178-savol: 1967 yili Parijda bir fotoatelye ochiladi. Uning mijozlari tobora ko’plab topila
boshlaydi. Bu fotoatelye har doim gavjum va shovqin-suronli edi. Aytingchi, bu fotoatelye
boshqalaridan qanday farq qilgan?
Javob: Bu fotoatelyeda itlar suratga olingan.
179-savol: Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir,
ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”).
180-savol: Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kampuchiya (Komboja).
181-savol: Shaxar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas… ularni nima birlashtirib turganligini yozib bering.
Javob: Buyuk Xitoy Devori.
182-savol: U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday
daraxt?
Javob: Tut daraxti.
183-savol: Yaponlarda “be” o’tirmoq degani. Xo’sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor oldida o’tirmoq.
184-savol: Amerikalik olimlar aholining televizor ko’rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq bir bog’liqlikni aniqlashdi. Reklama qo’yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat?
Javob: Kanalizatsiya.
185-savol: Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa … Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ham ayrilasan.
186-savol: O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.
187-savol: Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima?
Javob: Karp.
188-savol: Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni (pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo…ni emas. Xo’sh Xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan.
189-savol: 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o’qiyman: “Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.” Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir.
190-savol: Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?
Javob: Shakarqamish.
191-savol: Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular
orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa
sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U birinchi bo’lib yugurishda tizzalab start olishni boshlab bergan.
192-savol: Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining boisi ham shundadir. U nima?
Javob: Bahaybat toshbaqalar.

Оставьте комментарий