DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu: Sher va sichqon Maqsad
Mavzu: Sher va sichqon
Maqsad: O’quvchilarni mustaqil kitob o’qishga o’rgatish. Tushungan holda o’qish ko’nikmasini oshirib boorish.
Ta’limiy: To’g’ri, ongli, ravon tushungan holda o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz singari komil insonga xos ijobiy sifatlarni yomon holatlardan ajrata bilishga, yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 — o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; TK3 — o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. TK4- o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. FK1— ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Rivojlantiruvchi: O’qigan matnini hikoya qila olishga o’rgatish.
Darsning turi:
Yangi bilim berish.
Darsning metodi: Ifodali o’qish
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
T/R | Bo’limlar | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 daqiqa |
2 | Uy ishini tekshirish | 4 daqiqa |
3 | Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish | 2 daqiqa |
4 | Yangi mavzuni yoritish | 18 daqiqa |
5 | Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni | 14 daqiqa |
7 | Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash | 4 daqiqa |
8 | Uyga vazifa | 1 daqiqa |
9 | Jami | 45 daqiqa |
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism:
Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
Manaviyat daqiqasini o’tkazish
Kun yangiligi.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi. Savol va topshiriqlar:
- Kitobni qanday asrash kerak?
- Kompyuter qanday vazifalarni bajara olar ekan?
- Bilim olish haqidagi maqollardan ayting.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
k | o | m | p | y | u | t | e | r | ||||||
t | e | l | e | v | i | z | o | r | ||||||
s | o | a | t | |||||||||||
t | e | l | e | f | o | n | ||||||||
a | v | t | o | b | u | s |
2.
4.
1.
2.
4.
5.
Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, ilm manbayiga oid so’z kelib chiqadi:
III Y angi mavzu bayoni
Sher va sichqon
Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kun o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.
Lug’at ustida ishlash: juftini top o’yini
yaxshilik
tasodifan
tuzoq
najotkor
Yaxshi xislat, xulq-atvor kabilarga egalik
Kutilmagan holda, birdan, qo’qqisdan
Qush yoki boshqa hayvonlarni tutish uchun yasaladigan moslama
Qutqaruvchi, xalos etuvchi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar:
- Sichqon sherni nima uchun qutqardi?
- Yaxshilikning oqibati haqida so’zlab bering?
- Siz ham boshqalarga yaxshilik qilgan paytlaringiz bo’lganmi?
Hikmatli so’zni o’qing va mazmunini so’zlab bering.
- Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda,
- Yomonning yomonligi tegar har yerda.
Yashilik bizga nima beradi?
Uning salbiy va ijobiy tomonlarini sanang.
-
Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa:
Mavzuni o’qib gapirishga tayyorlanish.
http://fayllar.org