KIMLAR SINF RAHBARLIGIGA TAYINLANADI?

DO`STLARGA ULASHING:

KIMLAR SINF RAHBARLIGIGA TAYINLANADI?

Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i ga ko‘ra sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

— kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
— maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatidla faoliyat olib borayotgan;
— odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
— ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
— o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.

❗️Xuddi shunday tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qo‘llaniladi.

Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

Оставьте комментарий