Kolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Kolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin?

✓ Kolbasa hidi kuchli bo‘lmasligi kerak. Kuchli hushbo‘y hidning mavjudligi mahsulotga ko‘p miqdorda aromatizator qo‘shilganidan dalolat beradi. Agar ziravorlarni hidi juda o‘tkir bo‘lsa eskirgan go‘shtni hidini yashirish uchun qilingan bo‘lishi mumkin.

✓ Agar kolbasa tarkibida yog‘li qo‘shimchalar mavjud bo‘lsa, unda ular oq bo‘lishi kerak. Sariq yoki pushti bo‘lmasligi kerak. Aks holda, yoki kolbasa eskirgan, yoki juda ko‘p bo‘yoqlardan foydalanilgan.

✓ Agar tarkibida soya ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda mahsulotdagi go‘sht miqdori juda kam bo‘ladi. Bunda odatda go‘shtning o‘rniga parranda terisidan foydalanadi. Tarkibdagi kraxmal zararsiz qo‘shimcha bo‘lib, u qiyma go‘sht uchun quyuqlashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

✓ Agar bir necha bo‘lak kolbasa iste’mol qilganingizdan so‘ng, sizda yana yeyish hissi davom etsa, demak, ko‘p miqdorda kuchli lazzat kuchaytiruvchi — natriy glutamat (https://t.me/taomlanish_ilmi/2030) qo‘shilgan. Bu kolbasaga ajoyib ta’m va xushbo‘ylik beradi, lekin, extiborlisi, u past sifatli qiyma go‘shtlarni yoqimsiz hidini va ta’mini yashirishi ham mumkin.

Sifatli kolbasani puli ham qimmat bo‘ladi. Olganga yarasha qimmatrog‘idan olish kerak yoki tinchgina uyda tayyorlab iste’mol qilish kerak!
Uyda kolbasa tayyorlash👇
https://t.me/parhezbook/23

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий