DO`STLARGA ULASHING:
❓Nima uchun tishlar sarg‘ayadi?
?Ba’zi kishilarda tish emali sarg‘ish yoki kulrang bo‘ladi. Bu irsiyatdir. Shuningdek, emal rangiga xil oziq-ovqat mahsulotlari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sabzi, ismaloq, pomidor tarkibida to‘q sariq rangli karotin pigmenti mavjud.
?Ushbu pigment tish emali teshiklariga kiradi. Uzum, ko‘kat, gilos va anor tarkibida xromogenlar bor, ular emal yuzasiga yaxshi yopishadi.
?Choy, qahva tarkibidagi tanin moddasi tish emali yemirilishiga olib keladi, tabiiyki, rangi sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, chekuvchilarning tishlari ham sarg‘ayadi, chunki tamaki tarkibida tishni sarg‘aytiruvchi smola moddasi mavjud.