Sa’va bilan kaptar

DO`STLARGA ULASHING:

Sa’va tushib qoldi yovuz tuzoqqa,
Bechora o‘zini urar har yoqqa.
Yoshgina Kaptarcha oldi mazaqqa:
“Uyatmasmi,- dedi,- kuppa-kunduzi
Ilinib qolibsan, ko‘z bormi o‘zi ?
Meni aldayolmas hech kimsa bu xil,
Aytgan gaplarimga o‘zimman kafil”.
Qarangki, shu on —
O‘zi ham tuzoqqa ilinib qoldi.
Xo‘p, ajab bo‘ldi!
Sen bundan buyon —
Birovning g’amidan kulma, Kaptarxon.

Krilov I.A

Оставьте комментарий