Sinf rahbarlik hisoboti. Namuna

DO`STLARGA ULASHING:

  9-“A” sinfida  jami  32 nafar  o`quvchi  ta’lim oladi.    Shundan  11  nafari  qizlarni  21  nafari  yigitlarni  tashkil  qiladi.   Sinf  o`quvchilari  bilan  2015-2016- o`quv  yilining  I yarim  yilligida  bir  qancha  ishlarni  amalga  oshirdik.  Jumladan,  sentyabr  oyida  yurtimiz  mustaqilligining  23  yilligiga  bag`ishlab  “ Ulug`imsan  Vatanim  ” mavzusida  tarbiyaviy  soat  darsi tashkil  qilindi.   Sinf  o`quvchilari  va  ota onalar  yig`ilishilarining  yillik  rejalari  tuzilib,  sinf  faollari  ham  saylab  olindi. 
                  Sinfda  “Orasta  qizlar”  to`garagiga  rais qilib  namunali  xulq, a’lo  o`qishlari  bilan  namuna  bo`la  oladigan  o`quvchi  Umarova  Nigina  saylandi.  Ushbu  to`garakning  ishlarini  tartibga  solish  maqsadida   yillik  reja   ham  tuzildi.    Sinfda har  bir o`quvchining  ota – onalari  uchun  muloqot  daftarlari  tashkil qilindi. 
                 O`quv  yilining  oktyabr  oyida  sinf  o`quvchilari  bilan  birgalikda  1-oktyabr “O`qituvchi  va  murabbiylar kuni”  hamda o`zbek  tiliga  Davlat  tili  maqomi  berilganligining  21 yilligini  nishonlash  maqasadida  sinfda  tarbiyaviy  soatlar  o`tkazildi.  Ushbu  bayramlar   munosabati  bilan  o`quvchilar  o`rtasida “O`qituvchi — qalb  me’mori” , “ So`z  sehri” mavzularida  insholar  va  rasmlar  tanlovlari  uyushtirildi. 
                 Bundan tashqari  noyabr  oyida   sinf  o`quvchilari  bilan diniy  ekstrimizm  va  ommaviy  madaniyat  mavzularida  suhbat  o`tkazilib, suhbat  ma’ro`zasi  hamda  bayonnomasi MMIBDO`  Raxmonova D.A ga topshirildi.
                 Bundan  tashqari  noyabr  oyida  sinfda  18-noyabr  O`zbekiston  Respublikasi  davlat  bayrog`i  qabul  qilinganligi  munasabati  bilan  rangli  rasmlar  tanlovi  tashkil  qilindi.  Bu  tanlovda  o`quvchilardan  Olimova Zulfina va Ro’zimurodova Muxlisalarning  chizgan  rasmlari  g`olib  deb topildi. 
                O`quvchilar  bilan  20-noyabrdan  20-dekabrgacha  “Yong`in  xavfsizlik oyligi”  haqida  tarbiyaviy  suhbat o`tkazildi.
                      Dekabr  oyida  1-dekabr  Xalqaro   giyohvandlikka  qarshi  kurashish  kuni  munosabati  bilan  sinfda  “ Giyohvandlik – asr vabosi”, “OITS siz – hayot sari” mavzularida  insholar  va  rasmlar  tanlovlari  tashkil  qilindi.   Sinf  o`quvchilari   Vatanimizning  yana  bir  shonli  bayramlaridan  biri  8-dekabr O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  kiniga  bag`ishlab  “ Vatan qomusida  inson  huquqi”  mavzusida  tadbir  tashkil  qilishdi.  ShXTMFMTTEB ning  286-sonli buyrug`i  asosida  sinfda tarbiyasi og`ir  o`quvchilarni  aniqlab  ularning  ota-onalari  bilan  suhbat  daftari  tashkil  qilinib, haftaning  har  juma  kuni  ular  bilan suhbat  olib  borilmoqda. Sinf o`quvchiaridan  Nurmamatov N, Uroqov N, Ergashev B lar  tartib  intizomi  va  sababsiz  dars  qoldirganliklari  uchun  ushbu  ro`yxatga  olindi.   Bundan  tashqari  qolgan o`quvchilardan  yangi  yil  munosabati  oldidan  turli  pirotexnik  vositalardan foydalanmasliklari  va  bayram  kunlari  ko`chaga  oila  a’zolari  bilan  birga chiqishi  lozimligi  o`qtirilgan  tilxat  ham  olindi.
Navoiy  shahar
 3- umumiy  o`rta ta’lim  maktab 
9-“A” sinf  rahbari 
Suvonova Nasibaning
I yarim  yillik  bo`yicha
sinf  rahbarlik
 
 
 

Оставьте комментарий