Standartlashtirish usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Standartlashtirish usullari
              Reja:
  • Standartlashtirish usullari.
  • Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Mahsulotlar haqidagi malumotlarni standartlashtirish va kodlash;
 
Tayanch iboralar: birxillashtirish, turlash usuli, agregatlashtirish, shtrix kod, parametrik standartlashtirish.
 
9.1. Standartlashtirish usullari
Standartlashtirishning keng tarqalagan usullari sifatida birxillashtirishni, agregatlashtirishni va turlashni olishimiz mumkin (9.1 – rasm). Aynan shu usullar yordamida o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash mumkin.
9.1 – rasm. Standatlashtirish usullari.
 
Birxillashtirish usuli. O‘zDST 1.0 – 92 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha izoh berilgan:
Birxillashtirish – muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlash. Buni unifikatsiya deb ham yuritadilar. Bu so‘z lotincha uni – bir, unio – birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi.
Birxillashtirish eng katta texnikaviy iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi yaratilmalar hisobiga yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Birxillashtirishni asosan 3 ta darajada o‘tkaziladi:
 –  korxona darajasi;
 –  tarmoq darajasida;
 –  tarmoqlararo darajada.
Keyingi paytlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda.
Birxillashtirish muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo‘nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So‘ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig‘iladi va bu chizmalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra tabaqalanadi. Shundan so‘ng, yo yangi konstruktsiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo‘lganlari ichidan boshqalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgani tanlanadi.
Birxillashtirish darajasi to‘rt o‘lchamlar miqyosidagi qo‘llanish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin:
Kt=100(n – n0)/n
Bu yerda: n – to‘rt o‘lchamli buyumlarning umumiy soni; n0 – tanlangan to‘rt o‘lchamlar soni.
Turlash usuli. Standartlashtirishning turlash usuli – funksional vazifalari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgan turli ob‘yektlarni yaratishda asosiy (baza) sifatida qabul qilingan majmua uchun ob’yekt turlarini belgilashga qaratilgan usul hisoblanadi.
Turlashni ba’zan «bazaviy konstruktsiyalash» deb ham ataladi. Chunki turlash jarayonida optimal xossalari bo‘yicha olingan majmuaga xos bo‘lgan ob’yekt tanlanadi, aniq bir ob’yekt – buyum yoki texnologik jarayon qabul qilinganda esa, tanlangan ob’yekt faqat qisman o‘zgarishi mumkin. Shunday qilib, turlash kam sonli ob’yektlarga ko‘p sonli funktsiyalarni tadbiq etish hisoblanib, bunda berilgan majmuadagi alohida tur ob’yektlarining saqlanishini ta’minlaydi.
Turlashning samaradorligi yangi buyum ishlab chiqarilayotganda oldin tekshirilgan, sinashda bo‘lgan yechimlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni tayyorlashni tezlatish va tan narxini pasaytirish, alohida tur ob’yektlarini ishlatish sharoitlarini yengillatish va ularni modifikatsiyalash asosida amalga oshiriladi.
Turlash standartlashtirishning samarali usullari qatorida uchta asosiy yo‘nalishda rivojlanadi.
 –  alohida tur texnologik jarayonlarni standartlashtirish;
 –  umumiy ahamiyatdagi buyumlarni standartlashtirish;
 –  muayyan bir ishlarni, amallarni, sinovlarni yoki hisoblarni bajarish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni yaratish.
Ko‘pgina ishlab chiqarish tizimlarida, buyum konstruktsiyalarini tezda almashtirish lozim bo‘lgan hollarda, texnologik jarayonlarni alohida bir tur detallarini, bo‘laklarini tayyorlashda ishlatish imkonini beradigan bo‘lishini mo‘ljallab yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Agregatlashtirish usuli. Agregatlashtirish – geometrik va funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va ishlatish usuli hisoblanadi.
Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan  biri – asosiy turlarini modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.
Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
 
9.2. Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Buyumlarning, parametrlarning va o‘lchamlarning turli tumanligi parametrik standartlar bilan reglamentlanadi (cheklanadi).
Parametrik standartlashtirishni qo‘llash natijasida buyumlarning tartibsiz ravishdagi va ko‘p sonli nomenklaturasining oldi olinadi. Bundan tashqari buyumlarni o‘zaro moslash, birxillashtirish uchun imkon yaratiladi, ehtiyot qismlar ta’minotidagi muammolar bartaraf etiladi.
Parametrik standartlashtirishning mohiyati shundaki, bunda yalpi ishlab chiqariluvchi buyumlarning parametr va o‘lchamlari erkin va o‘z holicha emas, balki, maxsus tanlangan (muloqat) sonlar qatori ya’ni, boshqa sonlarga nisbatan ko‘proq muloqatda bo‘linadigan sonlar qatoriga muvofiq belgilanadi.
Parametrik standartlashtirish keng tadbiq etilgan. Buni oyoq, bosh va boshqa kiyimlarining o‘lchamlarida, boltlarning, gaykalarning o‘lchamlarida va shu kabilarda ko‘rishimiz mumkin.
Tanlangan sonlarga muayyan matematik qonunlar xos hisoblanadi. Masalan, eng oddiy muloqat sonlar qatori arifmetik progressiya asosida tanlanadi. Bunda qatordagi bir sonning oldingi va keyingi sonlarga nisbatan bo‘lgan farqi doimo o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan:
  1. a) farqi 1 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 2 – 3 – 4 – 5 – ….;
  2. b) farqi 2 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 3 – 5 – 6 – 7 – …;
  3. v) farqi 0,1 bo‘lgan kamayib boruvchi: 1 – 0,9 – 0,8 – 0,7 – …
Arifmetik progressiyaning ixtiyoriy hadini quyidagi ifodadan topishimiz mumkin:
an=ai+d(n – 1),
bunda, ai –  progressiyaning birinchi hadi, d – progressifning farqi, n – tanlangan sonning (hadning) tartibi.
Arifmetik progressiyaga asoslangan sonlar qatori parametrik standartlarda nisbatan kamroq qo‘llaniladi, lekin bunday standartlar bor. Masalan, ba’zi turdagi podshipniklar diametrlarining o‘lchamlari, poyafzallarning o‘lchamlari va shu kabilar.
Arifmetik progressiyaga asoslangan parametrik standartlarning asosiy afzalligi uning sodda va oddiyligidadir. Kamchiligi esa, nisbatan notekisligidadir. Ya’ni, farqi 1 bo‘lgan ortib boruvchi arifmetik progressiyaning 2 soni 1 dan 100% ga ortiq, 10 – son 9 – dan 11 % ga ortiq, 100 – son esa 99 dan 1% ga ortiq. Natijada katta sonlar kichik sonlarga nisbatan ko‘proq uchraydi va talablarni to‘la qondirmaydi.
Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun ko‘pincha arifmetik progressiyaga asoslangan kesma bo‘laklar ishlatiladi. Masalan shu asosda tanga pullarning qatori tuzilgan:
1 – 2 – 3 – 5 – 10 – 15 – 20
Qadim zamonlardan beri tanlangan sonlar qatorini tuzishda geometrik progressiyadan foydalanganlar. Geometrik progressiyada, agar yodingizda bo‘lsa, keyingi sonning oldingi songa bo‘lgan nisbati o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Masalan:
  1. a) bo‘luvchisi 1,1 bo‘lgan ortib boruvchi: 1 – 1,1 – 1,21 – 1,33…;
  2. b) bo‘luvchisi 0,1 bo‘lgan kamayib boruvchi: 1 – 0,1 – 0,01 – 0,001 – …;
Geometrik progressiyaning istalgan hadini quyidagi ifodadan hisoblab topishimiz mumkin:
an=a1qn – 1,
Bu yerda: a1 –birinchi son (had), q – geometrik progressiyaning bo‘luvchisi.
Geometrik progressiyaning birmuncha afzalliklari mavjud:
  1. Ixtiyoriy olingan ikki qo‘shni hadlarning nisbiy farqi o‘zgarmasdir, masalan 1 – 2 – 4 – 8 – 16 – 32 – 64.., bunda ixtiyoriy had o‘zining oldingisidan 100% ga katta.
  2. Geometrik progressiyaning ixtiyoriy hadlarining ko‘paytmasi yoki bo‘linmasi ham shu progressiyaning hadi hisoblanadi.
Geometrik progressiya faqat chiziqli bog‘langan parametrlarnigina emas, balki kvadratik va kubik va boshqacha bog‘langan parametrlarni ham o‘zaro bog‘lash imkoniyatiga ega sanaladi.
Tanlangan sonlar qatori quyidagi talablarga javob bera olishi kerak:
  1. Ishlab chiqarish va foydalanish talablariga javob beruvchi ratsional qatorlar tizimini tavsiya etishi lozim;
  2. Katta sonlar yo‘nalishida ham, kichik sonlar yo‘nalishida ham cheksiz bo‘lishi lozim;
  3. Birning va ixtiyoriy sonning o‘nga karrali qiymatlariga ega bo‘lishi lozim;
  4. Oddiy va oson eslab qolinadigan bo‘lishi kerak.
9.1 –  jadval
Sоn
Sоn
Sоn
Sоn
Son
0
1
2
3
4
5
6
7
8
1,00
1,06
1.12
1,18
1,25
1,32
1,40
1,50
1,60
9
10
11
12
13
14
15
16
1.70
1.80
1,90
2,00
2.12
2,24
2,36
2,50
17
18
19
20
21
22
23
24
2,65
2,80
3,00
3.15
3,35
3,55
3,75
4,00
25
26
27
28
29
30
31
32
4,25
4,50
4,75
5,00
5,30
5,60
6,00
6,30
33
34
35
36
37
38
39
40
6,70
7,10
7,50
8,00
8,50
9,00
9,50
10,00
Maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi barcha talablarga ko‘proq javob beradigan qator – har bir n  –  hadini o‘nga karrali ko‘paytirib boruvchi geometrik progressiya qatori ekan. Shartga ko‘ra
an=10a
U holda,
aqn=10a
bundan,
q =
GOST 8032 – 84 davlatlararo standartda to‘rtta asosiy va ikkita qo‘shimcha tanlangan qatorlar tavsiya etilgan bo‘lib, qo‘shimcha qatorlardan faqat alohida holatlarda, texnikaviy jihatdan asoslangan hollardagina foydalanish mumkin. 8.1. – jadvalda asosiy qatorlardan biri R40 ning 1 dan 10 gacha o‘nlik intervaldagi tanlangan sonlarning yaxlitlangan qiymatlari keltirilgan.
 
9.3. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish
va kodlash
Mahsulotlarni xarid qilganimizda ularning upokovkasida (qutisida) yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni –m shtrix kodlarni ko‘ramiz. Shtrix – kodlar nimani bildiradi va qachon paydo bo‘lganligi haqidagi ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Shtrix – kodlarni mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30 – yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib undan amalda  foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni 60 – yillardan boshlangan. Shtrix – kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining jadal rivojlanishi 70 – yillardan boshlab shtrix kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi  –  EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda. Shtrix – kod ketma – ket almanishib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix – kodlar maxsus optik qurilmalar – skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar  orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida (upakovkasida) shtrix – kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85%dan ko‘pi yuklashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish – ketishini hisob qilib borish, mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.
9.2. –  jadval
Mahsulotni  shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi
Davlat kodi
Davlat nomi
Davlat kodi
Davlat nomi
Davlat kodi
Davlat nomi
93
Avstraliya
539
Irlandiya
621
Suriya
90 – 91
Avstriya
569
Islandiya
00 – 13
AQSH va Kanada
779
Argentina
84
Ispaniya
869
Turkiya
476
Azorboyjon
80 – 83
Italiya
471
Tayvan
54
Belgiya va Lyuksemburg
529
Kipr
482
Ukraina
481
Belorussiya
850
Kuba
64
Finlyandiya
380
Bolgariya
477
Litva
30 – 37
Fransiya
789
Braziliya
750
Meksika
859
Chexiya
50
Buyuk Britaniya
622
Misr
780
Chili
599
Vengriya
87
Niderlandiya
73
Shvetsiya
759
Venesuela
94
Yangi – Zelandiya
76
Shvetsariya
40-44
Germaniya
70
Norvegiya
860
Yugoslaviya
489
Gonkong
590
Polsha
880
Janubiy Koreya
486
Gruziya
560
Portugaliya
600 – 601
Janubiy Afrika
520
Gretsiya
460 – 469
Rossiya
45 – 49
Yaponiya
57
Daniya
88
Singapur
478
O‘zbekiston
729
Isroil
383
Sloveniya
487
Qozog‘iston
 
Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 – razryadli va 8 – razryadli raqamli kodlar . Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi (9.2 –  va 9.3 – rasmlar).
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30 – 37. Italiya uchun 80 – 87 oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gretsiya – 520, Rossiya – 460, Braziliya – 789.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo‘lgan muayyan xususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. Lekin buni ixtiyoriy bermaslik maqsadida shtrixli kodlarni belgilash markazlashtirilgan tarzda olib boriladi.
Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
9.2  –  rasm. Shtrix kod: EAN – 13 kodi.
 
9.3– rasm. Shtrix kod: EAN – 8 kodi.
EAN – 8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar (upakovkalar) uchun mo‘ljallangan.
Ba‘zan, shtrix kodlar tarkibida tayyorlovchi korxona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat  kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To‘liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo ob’yektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida shtrix – kodlar tobora keng tadbiq  etilib bormoqda. 1999 yili O‘zstandart Agentligi qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix kodlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad – mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ‘ib etishdir. O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» nomli qonunning 4 – moddasida ko‘rsatilgan. Iste’molchining xarid qilinayogan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.

Оставьте комментарий