Tadbirkorlik bilan tegishli ruxsatnomasiz shug‘illanganlik uchun javobgarlik.

DO`STLARGA ULASHING:

❗️Tadbirkorlik bilan tegishli ruxsatnomasiz shug‘illanganlik uchun javobgarlik.

⚡️Savol; Bir tanishim o‘zini uyida ikki oy oldin do‘kon ochib tadbirkorlik bilan shug‘illanar edi. Endi uni uyiga tegishli organlardan tekshiruvchilar kelib uni javobgarlikka tortishmoqchi. Eshitishimiz bo‘yicha unga 50 million jarima qo‘llanar emish shu to‘g‘rimi ?

⚡️Javob; MJtK ning 165-moddasiga ko‘ra, faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravari (2 700 000 so‘m) gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Agar shaxs bir marta ma’muriy jarimaga tortilganidan keyin bir yil davomida yana o‘sha xatosini takrorlasa —unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravari (5 400 000 so‘m) gacha, jarima solinadi.

➖Tanishingizni holatida agar u bu huquqbuzarlik bilan birinchi marta javobgarlikka tortilayotgan bo‘lsa unga nisbatan 50 million so‘m emas ko‘pi bilan 2 700 000 so‘m ma’muriy jarima solinishi mumkin.

Оставьте комментарий