Assalom bahor

DO`STLARGA ULASHING:

O’lkamizga fasllar kelinchagi bahor nafasi kirib  keldi. Barcha insonlarni qalbini hursandchilik bilan to’ldirdi.  Bahor faslida hamma insonlar shodu  xurram  bo’lib tabiyat go’zligida bahra olishadi. Bahorda daraxtlar kurtak ochib gulaydi. Bahor fasilarning ichida yangilanish yangi davrning boshlanishi tabiatning yana bir yangi sahifa ochilishi bilan ajralib turadi. Bahor fasli insonlarni ezgu ishlar qilishlikga mehr muhabbat ulashishlikga oshno etadi. Bahor fasli kirishi bilan qiru adir ko’mko’k tusga kiradi. Hamma joyda gullarni hidi tutib ketadi. Bobodehqonlar ham bog’ yaratishga kirishadilar. Men bahorni qushlarning sayrashidan, hid taratib turgan gullarga kapalaklaru asalarilar qo’nishidan, bahor havosi ufurishidan tassavur qilaman. Yana quyoshning nuri muzni ertishidan, adirlarning lolalar ochilishidan tassavur qilaman.
Men bahorni kamalakga o’hshataman chuniki kamalak yetti hil rangda mujassam bo’ladi. Bahor fasli ham turli hil ranglarda namoish bo’ladi. Kamalak ham yomg’irdan so’ng paydo bo’ladi. Bahor ham yomg’irdan so’ng o’z chiroyini yanada ochad. Sababi yomg’idan keyin ochiladigan gullar bor. Kamalak ranglari shu daraja jilvakorki har qanday insonni o’ziga maftun eta oladi.Kamalak ham tabiatni bir qonuni hisoblanadi.Menga kamalak juda yoqadi.Shuning uchun bahorni men kamalakga o’xshataman.O’zida rangorang ranglarni aks etgan.
Bahor fasli faslarning boshlanishi hisoblanadi ,va bahor fasli o’zgacha ko’tarinki ruh bilan kirib keladi, va u bizning ko’nglimizdan joy oladi. Bahor fasli kelganda daraxtlar kurtak chiqaradi, gular ochiladi, va bizning milliy bayramiz navro’z bayrami bo’ladi. Shular bilan fasilardan ajralib turadi .Yana bahor fasli bir birimizga quvonch shodlik va bayram kayfiyatin bahsh etadi.
Bahor fasli go’zalik nafosat yanglanish ligi uchun  kelinchaklarga qiyoslashadi.  Sababi bahor kelganda  atrofga o’zgacha hid keladi.Bu juda ajib hid bo’lib asallarilarni ham o’ziga mast qilib qo’yadi.Bu albatta gullardan daraxtlardan keladi. Bamisolli kelinchak. Bahor kelganda qut baraka ,rizq ro’zi yog’iladi. Kelinchak kabi nafosatga limolim bir dunyo orzular olib keladi.Bahor insonlarga baxt omad yaxshilliklar, go’zallik , nafislikni o’zida aks etgan.Shuning uchun uni kelinchakga o’xshatishadi.                                       
Uyg’onguvchi bog’larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog’ingdan rang olgan dedim —
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o’zingni,
— Sen bahorni sog’inmadingmi?

O’ngirlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
— Sen bahorni sog’inmadingmi?

Mana, bugun navro’zi olam,
Do’stlarimga gullar tutarman.
Umrim bo’yi chorlab o’tarman,
— Sen bahorni sog’inmadingmi?

Оставьте комментарий