Kompyuteringiz virus bilan zararlanganini qayerdan bilishingiz mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Kompyuteringiz virus bilan zararlanganini qayerdan bilishingiz mumkin?
#foydali

Viruslar shunday aqlli bo’lib ketmoqdaki, ko’p hollarda antivirus o’rnatib ham, ulardan himoyalanaolmay qolmoqdamiz. Shunday ekan, to’liq antivirusga ishonmasdan, o’zingiz ham kompyuterni his qilib, hol-ahvolidan xabardor bo’lib borishingiz lozim.

Inson organizmiga qandaydir virus tushsa, uning ahvoli o’zgarishni boshlaydi(yo’tal, og’riqlar, isitma va hokazo.), kompyuterda ham shunday, virus tushdimi, kompyuter boshqacha ishlashni boshlaydi.

Demak, kompyuterga virus tushganini quyidagi holatlar orqali bilib olishimiz mumkin:

? Antivirus dasturlar o’zidan-o’zi ishlamay qoladi, ya’ni bloklanib qolishi mumkin;
? kompyuter ishlashi sezilarli darajada sekinlashadi;
? protsessor(CPU) yoki tezkor xotira(RAM) maksimal darajada ishlashga harakat qiladi;
? har xil reklamali banerlar, video roliklar o’zidan-o’zi paydo bo’lishni boshlaydi;
? doimiy ishlab turiladigan fayllar ochilmay qoladi;
? fayl tiplari o’zgarib qolishi mumkin;
? siz o’rnatmagan dasturlar o’rnatib qolinadi;
? fayllar yo’q bo’lib qoladi;
? internetga ulanishda muammolar paydo bo’ladi yoki internet ishlashi ancha sekinlashadi;
? kompyuter o’zidan-o’zi o’chib qolishi, qayta yuklanishi yoki o’chirish buyrug’ini bersangiz, o’chmasligi ham mumkin;
? fayl va papkalar shiflranib qoladi;
? siz hosil qilmagan fayllar paydo bo’lib qolishi mumkin;

Yuqoridagi sabablar asosiylari va ko’p uchraydigan holatlar, shunday ekan, kompyuter holatidan xabardor bo’lib boring.

☝️Ushbu sabablarning 70% qismi o’zim bilan ham sodir bo’lgan.

O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: ? https://t.me/planetait

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek