Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich

DO`STLARGA ULASHING:

“Mimoza” salati – pazandalik klassikasi sanaladi. Maydalangan tuxum sarig’i bilan bezatilgan ushbu salat gullarni eslatib, dasturxonga bayramona qiyofa bag’ishlaydi, shuning uchun Mimoza salati bayram marosimlarida tez-tez tayyorlanadi. Salat juda yumshoq va to’yimli sanaladi, quyida uning klassik retsepti sizga havola etiladi.

MIMOZA SALATI TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 25 daqiqa | Portsiyalar soni: 7
Kerakli masalliqlar:

Yog’da konservalangan baliq – 200 g (1 banka);
Kartoshka – 300 g;
Sabzi – 200 g;
Piyoz – 100 g;
Qattiq pishloq – 150 g;
Mayonez – 250 g;
Tuxum – 4 dona;
Ko’katlar (kashnish, shivit) – 50 g;
Tayyorlash jarayoni

Ishni sabzi, kartoshka va tuxumni qaynatib olishdan boshlash kerak. Qaynatilgan mahsulotlar sovutilib, po’stlog’idan tozalanadi.
Qirg’ichning kichik tishidan sabzi, kartoshka, tuxumning sarig’i va oqi, pishloq chiqariladi. Barcha masalliqlar hozircha alohida idishchalarga solinadi.
Salat tayyorlanadigan likopchaga baliq yog’i bilan birgalikda solinib, sanchqi yordamida ezib, tekislanadi. Ustidan biroz mayonez surtiladi.
Baliq ustidan tuxumning oqi yoyiladi, yana bir qavat mayonez surtiladi. Tuxum oqidan so’ng navbat qirg’ichdan chiqarilgan sabziga keladi, u ham tekis qilib yoyiladi va ustidan mayonez surtiladi.

Mimoza salati tayyorlash - retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich jarayoni
Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich jarayoni
Piyoz mayda qilib to’g’raladi, idishga solinadi va ustidan qaynoq suv quyiladi. Shu tariqa achchig’i ketishi uchun 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
Sabzi ustidan piyoz, piyoz ustidan esa kartoshka qo’yiladi. Tuz va mayonez qo’shiladi.
Keyingi navbatda pishloq teriladi, ustidan mayonez quyiladi va tekislanadi.
Va nihoyat salatning so’ngi qavatini tuxumning sarig’i va ko’katlardan tayyorlangan bezak egallaydi. Salat 2 soatga sovutgicha qo’yiladi, shundan so’ng u tayyor! Yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Qatlamlar orasiga mayonezni iloji boricha kamroq va bir tekis qilib yoyishga harakat qiling.
Eng avvalo piyozni issiq suvga solib qo’ysangiz, qolgan ishlarni bajarguncha u tayyor bo’lib turadi.
Xohishga ko’ra baliq va kartoshkaning o’rnini almashtirish mumkin, bu uning ta’miga ta’sir qilmaydi, biroq likopchani yuvish osonroq bo’lishi mumkin.
Sovutgichga qoldirishga befarq bo’lmang, aks holda salatning qattiqligi yo’qoladi va u “uvalanib” keta boshlaydi.
Konserva tanlashda uning sifatiga alohida urg’u bering, chunki salatga asosiy ta’mni aynan baliq beradi.
Pishloq juda yumshoq bo’lsa, uni qirg’ichdan chiqarishdan oldini 10 daqiqa muzlatgichga qo’yish kifoya, shunda u yaxshi o’tadi.

15 комментариев к “Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: DevOps companies

  3. Уведомление: ฝาก-ถอน ไม่มีขั้นต่ำ

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: ASC AR 15 7.62X39 30rd Mag SS Black

  6. Уведомление: follower instagram

  7. Уведомление: pour les détails

  8. Уведомление: Alexa Nikolas Zoey 101

  9. Уведомление: visit

  10. Уведомление: discover this info here

  11. Уведомление: Order DMT online Brisbane

  12. Уведомление: where to buy shrooms Australia.

  13. Уведомление: briansclub

  14. Уведомление: superkaya88 login

  15. Уведомление: why not try here

Комментарии закрыты.