Nota haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nota haqida qisqacha ma’lumot
 
Siz bilan biz gapirayotgan har bir so’zimiz harflar bilan yozilib o’qilgani kabi  har bir musiqa tovushi ham notalar bilan yoziladi va ijro etiladi.
Musiqa tovushlarini yozishda maxsus nota  belgilaridan  foydalaniladi.
Musiqa yozuvida asosan yettita tovush bo’lib , ular
DO, RE, MI, FA, SOL, LYA, SI deb ataladi. Musiqada  asosiy tovushlarning  nomi  bir necha  marta  qaytariladi. Bir xil nomdagi tovushlar oralig‘idagi  eng yaqin masofaga Oktava  deyiladi.
Nota yozuvi, notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va b. xususiyatlarini ifodalovchi belgi (nota)lardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv ifodasi. N.yo. qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy izlanishlarning mah-suli sifatida yuzaga kelgan (Qad. Misr, Bobil, Qad. Xitoy va b.). N.yo.ning bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari mil. av. 3-a.da Yunonistonda paydo boʻlib, harflar bilan ifodalanganligi uchun harfli N.yo. deyilgan. Bunday N.yo. ning maʼlum turini Oʻrta Osiyoda Forobiy ishlab chiqqan. Harfli N.yo. tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini aniqlashga yordam bergan. N.yo.ning mukammalashishida koʻp mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-a.) tomonidan ud cholgʻu asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan. Ular jadval shak-lida boʻlib, tovushlar balandligi turli harflar b-n, davomiyligi esa ra-qamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 19a. oxirida Xorazmda «tanbur chizigʻi» deb nomlangan tabulatura shaklidagi N.yo. joriy etilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa cherkov vokal musiqasida nevma (matn soʻzlari ustiga koʻyilgan ohang yoʻnalishini koʻrsatuvchi maxsus belgi)larga asoslangan N.yo. keng tarqaldi. Tovush balandligini aniqroq koʻrsatish uchun bu belgilar gorizontal chiziqlarga yozila boshlagan. 11-a.da Gvido d’Aretsso mazkur N. yo. turini takomillashtirib 4 chizikli N.yo. ni kashf qilgan. 16-a. oxiridan gomofoniya uslubida generalbas usuli joriy etilgan. Unda bas ovozi tovushlari tagida yozilgan raqamlar muayyan akkordlarni ifodalagan. Hoz. N.yo. 5 ta gorizontal chiziklar (nota yoʻli)ga (ularning orasiga, yuqorisi yoki pastiga) yoziladigan notalardan tashkil topgan. Notalar to-vushlarning uzun-qisqaligiga qarab oval shaklidagi boʻsh va qora doiracha (boshcha)lardan iborat boʻlib, ulardan dumli yoki dumsiz (yuqoriga yoki past-ga) chiziqchalar tortilib yoziladi. Notalar nomi 7 ta boʻlib, ular muayyan kalitlaritsa turlicha yoziladi.
 
 

Оставьте комментарий