Ukam (sherlar)

DO`STLARGA ULASHING:

UKAM

Qadri qimmat g‘amxo‘rim,
Sen uchun uyim to‘rim,
Hammadan ham eng zo‘rim,
Ishonganim, sen ukam.

Tomirda oqqan qonim,
Mehribonim sen jonim,
Sog‘inaman har onim,
Ishonganim, sen ukam.

Ko‘tarasan, kayfiyat,
Qilasan yaxshi niyat,
Bolamga ham, sen ibrat,
Ishonganim, sen ukam.

Jigarim, mehribonim,
So‘rab turar ahvolim,
O‘ylagan nomus orim,
Ishonganim, sen ukam.

Shirin so‘zlari bisyor,
Ko‘nglim oladi hushyor,
Shodon kulgin baxtiyor,
Ishonganim, sen ukam.

Borin berib topganim,
Bizni o‘ylab chopganim,
Poyim olib o‘pganim,
Ishonganim, sen ukam.

Asrasin seni Alloh,
Duolar qilsin panoh,
Biz senga doim hamroh,
Ishonganim, sen ukam.

Ota-onam shod mana,
Xursand kulib sen qara,
Rostin aytay bir yana,
Ishonganim, sen ukam.

Mehribonim, shirinim,
Ishonganim, sen ukam.

👉 @Salomatlik_uz 💊‌‌

Оставьте комментарий